,

PE / PP chiqindi mahsulotlarini qayta ishlash liniyasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Zamonaviy dunyoda ishlab chiqarish sohasi rivojlanib borar ekan, undan ortgan chiqindilarni qayta ishlash sohasiga ham e`tibor tobora kuchayib bormoqda. Hozirda barcha rivojlangan mamlakatlarda qayta ishlash sohasi mamlakat ekologik iqtisodiyotida salmoqli o`rin egallaydi va xalqaro hamjamiyatlar ham shuni ta`lab qilmoqda.

Shu o`rinda yurtimizda ham so`nggi yillarda ushbu sohaga investitsiyalar miqdori oshib bormoqda. Shu sababli ham AFEX-GROUP kompaniyasi a`zolari tadbirkorlarga yurtimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga o`z hissasini qo`shishga yordam berish maqsadida, turli xil qayta ishlab chiqarish uskunalarini taklif qilishda favom etamiz. Navbat esa polietilen va polipropilen selofan mahsulotlarni qayta ishlashga mo`ljallangan uskunalarimizga.

155,800$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Umumiy ma`lumotlar

Xom-ashyolar: PE va PP selofan, paket va plastik mahsulotlar

Qayta ishlab chiqarish hajmi: 400-500 kg/soat

Umumiy quvvati: 210 kw/soat

Suv iste`moli: 5 tonna/soat

Ishchilar soni: 4-5 ta

Umumiy kerakli maydon: 150 metr/kvadrat

Yakuniy mahsulot holati: granula

Uskunalar ro`yxati

Keling endi qayta ishlash liniyasidagi barcha uskunalar ro`yxati bilan tanishib chiqsak. Liniya umumiy ikki qismdan iborat: maydalash-yuvish, granula holatiga keltirish.

Maydalash-yuvish

  1. Konveyor
  2. Maydalash uskunasi
  3. Yuvish uskunalari
  4. Yuvish hovuzlari
  5. Maxsus cho`kindi konveyor
  6. Yetkazuvchi uskuna
  7. Qurituvchi uskuna
  8. Boshqaruv punkti

Granulaga maydalash

9. Konveyor

10. Ekstruder

11. Quritish uskunasi

12. Vibrator

13. Boshqaruv punkti

Qayta ishlash jarayoni

Yuvish-maydalash

Keling endi barcha bosqichlarni yaqindan ko`rib chiqsak.

Birinchi bosqich

Demak, barcha chiqindi va xom-ashyolarni maxsus konveyorga solamiz. Bu konveyor o`z yo`nalishida keyingi maydalash uskunasiga yetkazib beradi. Uskunada 1,5 kwlik motor joylashtirilgan bo`lib, ishlash uzunligi umumiy hisobda 6m ga teng.

Ikkinchi bosqich

Bu qismdagi asosiy uskunalardan biri bu drobilka uskunasidir. U barcha xom-ashyolarni kerakli o`lchamda maydalab beradi.

  1. Yangi pichoqlar dizayni, ishlab chiqarishni ko’paytiradi.
  2. Yuqori tezlikdagi dinamik muvozanat. Shovqin eski avlod uskunalariga nisbatan kam tovush hosil qiladi va maydalagichning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarbni yutish tizimi bilan jihozlangan.
    Drobilka uskunasi
    Motor quvvati 37kw
    Statsionar pichoqlar soni 4 ta
    Aylanuvchi pichoqlar soni 6 ta
    Pichoq materiali SKD 11
    Shpindel tezligi 650rpm
    Umumiy o’lchamlari 2300*1250*1400mm
    Uskuna og’irligi 1,75T

 

Uchinchi bosqich

Navbatdagi uskunada maydalangan paketlar, selofanlar qattiq moddalardan tozalanadi. Uskunaning vazifasi ularni ushlab qolib, keyingi yuvish uskunasiga yetqazib berishdan iborat.

Drobilka uskunasi
Motor quvvati 11kw
Aylanish tezligi 500r/min
Ishlash o’lchamlari 380*3500mm
Material Carbon metal
Og’irligi 1,1T

 

To`rtinchi bosqich

Ushbu yuvish uskunasida esa faqatgina suv orqali eriydigan mahsulotlarni chiqindidan tozalaymiz. Qum, tosh va pvx ga o`xshash qattiq moddalar esa yuvish tankerining ostki qismiga cho`kadi. Cho`kindilar sa maxsus shnekli transportyor orqali chiqarib tashlanadi.

Beshinchi bosqich

Qayta ishlash jarayonining eng oxirgi bosqichida paketlar yana bir bor yuvib olinadi.

Yuvish uskunasi
Motor quvvati 1,5kw
O’lchamlari 4000*1000*400mm
Og’irligi 380kg

 

 

Oltinchi bosqich

Birinchi yuvish-maydalash qismining eng so`nggi bosqichida maydalangan mahsulotlar quritib olinadi. Barcha jarayonlar boshqaruv punkti orqali tartibga solinib turadi.

Quritish uskunasi
Motor quvvati 30kw
Shpindel aylanish tezligi 1400rpm
Umumiy o’lchamlari 2,25*1,5*1,6m
Sig’imi 500kg
Material Carbon(ichki qismi SS304)
Og’irligi 1000kg

 

 

Granula holatiga keltirish

Birinchi bosqich

Quritilgan-maydalangan chiqindilar bu bosqichda yana bir bor maydalanib granula holatiga keltiriladi. Buning uchun bizga yuqorida rasmdagi barcha uskunalar kerak bo`ladi. Uskunalar to`plamidan 2 ta ekstruder ham o`rin olgan.

Asosiy ekstruder
Shnek diametric 250mm
Shnek uzunligi 3.6metr
Shnek materiali 40Cr
Motor quvvati 90kw(inverter)
Elektromagnit isitish quvvati 240kw(80kw*3)

 

 

 

Qo’shimcha ekstruder
Shnek diametric 200mm
Shnek uzunligi 1,6metr
Shnek materiali 40Cr
Motor quvvati 45kw
Isitish quvvati 20kw

Ikkinchi bosqich

Bu uskuna yordamida granulalar kesib olinadi. Kesish jarayonida ham suv bilan yuvilib-sovutiladi.

Kesuvchi uskuna
Motor quvvati 1,5kw
Ishlash quvvati 10kw
Sovutish tanker o’lchamlari 2500*350mm

 

Uchinchi bosqich

Eng so`nggi bosqichda yuvilgan granulalarimizni quritib olamiz. Quritib olganimizdan keyin esa ular sotuvga tayyor holatda bo`ladi.

Quritish uskunasi
Motor quvvati 5,5kw
Shpindel aylanish tezligi 1450r/min
Uskuna o’lchamlari 1200*1150*1800mm
Material Zanglamas metall

 

So`ngida esa tayyor mahsulotlarni saqolash uchun vibratsiyali silo kerak bo`ladi.

Vibratsiyali silo
Motor quvvati 3 kw
Material Zanglamas metal
Hajmi 3 metr/kub

Uskunalarni boshqarish uchun boshqaruv punkti orqali boshqarilib turiladi.

Ishalsh jarayonidan video lavha

 

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “PE / PP chiqindi mahsulotlarini qayta ishlash liniyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish