, ,

8-avlod Paypoq to`qish uskunasi robotli texnologiya AFX-8FTP

(3 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Paypoq ishlab chiqarish uskunalarini tanlab olish ishlab chiqarish jarayonida futboldagi birinchi pasga o’xshaydi. Futbolchining trayektoriyasiga va ishonchiga qarab, qolgan barcha natijalar yakuniy hisobga olib boradi. Sizga paypoq ishlab chiqarish uchun uskunalarni ikki xil versiyasini taklif etadi: 7-avlod va 8-avlod to’qish uskunalari.

14,900$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

AFEX-GROUP kompaniyasi ko’p yillar davomida ishlab chiqaruvchilar bozoriga yangi kirib kelgan tadbirkorlar bilan ishlaydi. Tajribali yetkazib beruvchi sifatida aytishimiz mumkin: to’quv uskunalarini noto’g’ri tanlanganligi sababli ko’pchilik fabrikalar tez orada yopiladi.

Masalan, biz uzoq vaqtdan beri potentsial xaridorga paypoq ishlab chiqarish nima ekanligini, bunday ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qanday uskunalar kerakligini, paypoq ishlab chiqarish uchun qanday uskunalar mavjudligini, ushbu uskunani kim ishlab chiqarayotganini, qanday nuanslar paydo bo’lishi mumkinligini aytib beradigan holatlar bilan batafsil tanishitirib o’tmoqdamiz.

Bizning kompaniyamiz eng avvalo sizni boshqa sotuvchilarning chiroyli so’zlariga aldanib qolmaslikka o’rgatadi. Bo’lajak tadbirkor sotib olayotgan tovarini original tovar va ko’rinishi shunga o’xshash bo’lgan tovardan farqlay olishi zarur deb hisoblaymiz. Masalan ishlab chiqarishni boshlash niyatida bo’lgan tadbirkorlar bozorda bizning 7-avlod uskunalarimizga o’xshash uskunalar 8-avlod; 9-avlod hatto 10-avlod deb sotilayotganligiga ham guvoh bo’lishingiz mumkin. Aslida esa biz sizni bugun 8-avlod uskunasining funksiyalari bilan tanishtiramiz va uning boshqa uskunalar bilan almashtirib bo’lmaydigan farqlari haqida ma’lumotlar berishga harakat qilamiz.

Paypoq mashinalarining eng taniqli ishlab chiqaruvchilari Italiya va Chexiyadan ekanligi ko’pchilikka sir emas. Bular LONATI, MATEC, IRMAC, RUMI, SANGIACOMO, COLOSIO, UNIPLET, BUSI GIOVANNI kabi kompaniyalar hisoblanadi. Yuqoridagi barcha ishlab chiqaruvchilar ilm-fan, yangi texnologiyalar, ko’p yillik tajriba va yuqori sifatning kombinatsiyasidir.

Ammo ular orasida biz o’z segmentida eng yaxshi ko’rsatkichlarga erishgan bir nechta kompaniyalarni aytib o’tmoqchimiz:

Bular, avvalambor, ayollar uchun to’qish mashinalari ishlab chiqarish bo’yicha so’zsiz yetakchi LONATI va paypoq assortimenti uchun to’qish mashinalari ishlab chiqaruvchisi BUSI GIOVANNI.

Bizning uskunamiz komplektida To’qish uskunasi (avtomatik uchki qismini tikish funksiyasi bilan), shovqinsiz havo kompressori va havo tortish moslamasi (uskunaga o’rnatilgan) hamda dazmol mavjud.

Uskuna yuqori texnologik yechim bilan ishlab chiqarilgan bo’lib, ba’zi qo’shimcha funksiyalar hatto Italiya uskunasida ham mavjud emas.

Paypoq to’qish uskunasi AFX-8FTP(8-avlod)
Ishlab chiqarilgan Taiwan
Kuchlanish 380v50hz(220v50hz buyurtma asosida)
Quvvat sarfi 4,5 kw/soat
Funksiyalari Yozgi,qishki,ayollar,erkaklar,bolalar,kalta paypoq,uzun paypoq,kalgotki
Silindr dyumi 3,75
Ignalar soni 96;120;144;156;168;200 dona(xaridor talabiga binoan tanlanadi)
Motor Servo Turbo(3,0 generation)with brake sustem
Avtomatik yog’lash tizimi Mavjud
Uchki qismini avtomatik tikish Mavjud
Tanlangan qismni o’zgartirish Mavjud
Ranglar tanlash Erkin holda 16 tagcag tanlash mumkin

 

Uskunamizning asosiy afzalliklari haqida to’xtaladigan bo’lsak sizga ko’plab yangi qirralari ochiladi:

  • To’liq avtomatik ishlab chiqarish jarayoni (dizayn tanlash, ranglar tanlash, paypoqni to’qish);
  • Ichki o’zgaruvchan silindr- bu tizim sizga mahsulotingiz zichligini nazorat qilish imkonini beradi. Standart 3,75 dyumli silindrlar yordamida siz keng assortimentli paypoqlar ishlab chiqara olasiz.
  • Rangli touch screen paneli display real time funksiyasi bilan siz ushbu tizimda paypoq to’qish qaysi bosqichda ekanligini kuzatib turasiz.
  • 16 xil rang va turdagi iplardan foydalana olish imkoniyati.
  • Bir vaqtda o’ng va chap oyoqlar uchun paypoq to’qish imkoniyati.
  • Import pnevmatik klapanlar va silindrlardan foydalanilgan (Airtag)
  • Density changer funksiyasi zichlikni o’z nazoratida ushlab motorga qadamma qadam buyruq bera oladi. Bu paypoqlaringiz sifatini oshirishga xizmat qiladi.
  • Uchki qismini avtomatik tikish (bunda paypoq zichligini hisobga olgan holatda har bir chokni alohida o’tkazish funksiyasi).
  • Paypoq dazmollashga qulay bo’lishi uchun o’ng holatda chiqarish (boshqa uskunalar teskari chiqarganligi sababli ishchi kuchi talab qiladi).
  • Ip uzilganda, havo bosimi pasayganda, havo tortish susayganda, ignalar singanda, yog’lash tizimi ishlamaganda yoki yog’ tugaganda, uskunaga mos kelmaydigan ip o’rnatilganda va boshqa 45 turdagi xatoliklarni avtomatik aniqlaydi va sizning ekraningizda xatolikni ko’rsatib beradi.
  • Uskuna 24 soatda 300 juftdan 350 juftgacha paypoq ishlab chiqarish quvvatiga ega,

Ushbu kompaniyalarning uskunalar ishlab chiqarishda joriy etadigan texnologik ishlab chiqarishdagi yangiliklari va texnik yechimlari ularni barcha taniqli silindrli to’qish mashinalari ishlab chiqaruvchilari orasida birinchi o’ringa qo’yishga imkon beradi.

Paypoq ishlab chiqarish uchun ushbu mashinalarning narxi past bo’lishi mumkin emasligi va 17000 yevrodan 25000 gacha, ba’zi hollarda (ixtiyoriy qurilmalar bilan) 35000 yevrogacha bo’lishi aniq. Ammo bu narxlar ko’pchilikni qo’rqitadi, ayniqsa, yangi boshlanuvchilar, 5000 dan 15000 dollargacha bo’lgan paypoq mashinalarini sotib olishni istagan tadbirkorlar. Bunday holatlarda quyidagilarni tanlash mumkin: yoki ishlatilgan uskunalar, yoki Xitoydan (narxlarning past chegarasi) yoki Tayvan va Koreyadan mashinalar.

Ikkinchi qo’l uskunalar asosan lotereya hisoblanadi. Ular yana 50 yil davomida juda ko’p muammosiz ishlashlari mumkin, ammo ishga tushirilgandan keyingi ikkinchi kuni ham muvaffaqiyatsiz bo’lishi mumkin, bu esa sizga syurpriz bo’lishi mumkin.

Agar xaridorda ma’lum modeldagi mashinalarda ishlash bo’yicha yetarli tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar bo’lsa, ular sizga avvalo yangi uskunalarni xarid qilishni maslahat bergan bo’lar edi.

Agar tadbirkor “nol” dan ishlab chiqarishni yaratmoqchi bo’lsa va u sotib olgan foydalanilgan mashinalarga xizmat ko’rsatish tajribasiga ega mutaxassislarga ega bo’lmasa, bu juda jiddiy muammo bo’lishi mumkin. Bunday tadbirkorlar eng avvalo yangi va kafolatga ega ishlab chiqarish uskunasini sotib olganliklari ma’qul.

Bunday hollarda Taiwan kompaniyasining Xitoyda yig’ilgan uskunalarini AFEX-GROUP kompaniyasi O’zbekistonga yetkazib beruvchi eksklyuziv dilleri hisoblanadi.

Ushbu yangi turdagi 8-avlod paypoq ishlab chiqarish uskunamizni Italiyaning LONATI uskunasining alternativ varianti sifatida ko’rishingizni tavsiya qilamiz. Uskuna o’zining tezligi va to’qish sifati bo’yicha Xitoyda mijozlarga tayyor mahsulotlar taqdim qilinganda ular qaysi biri LONATI uskunasida qaysi biri 8-avlod AFX-8FTP uskunasida to’qilganliklarini farqlay olishmagan.

Ushbu misolda ko’rishimiz mumkin bo’ladiki, paypoqning uchki qismini uskuna avtomatik ravishda tayyor holatda chiqaradi. Bunda ignalar har bir to’qilgan qatorlar orasidan ipni o’tqizib chiqadi va natijada paypoq uchun xuddi bir butun mahsulotdek bo’lib ketadi.

Paypoq ishlab chiqarish uskunasi sizga yuqori sifatli paypoqni nafaqat paxtadan, balki bambuk iplardan ham ishlab chiqara oladi. Quyida siz paypoqlarning e’tiborli qismlari bilan tanishasiz.

Ishlash jarayonidan video lavha

Na’munalar

 

5.0 umumiy reyting
3
0
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Xudoyberdi

    Zur

    Xudoyberdi

  2. MuhammadAli

    Umumiy hulosa, sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun yangi uskuna olish kerak. Men 8 – avlod uskunasini olish niyyatim bor

    MuhammadAli

  3. Maʼruf

    Juda ham zoʻr

    Maʼruf

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish