# o'simlik yog'i ishlab chiqarish liniyasi (sutkasiga 6-8T xomashyo) AF-L026
> Yurtimizda bo'layotgan ijobiy o'zgarishlardan ruhlangan holda siz tadbirkorlarga AFEX-GROUP kompaniyasi navbatdagi paxta chigitidan ixcham…
Katalog: Yog‘-moy uskunalari
SKU: 60b1dfbb0bd70c2ed7369c5d
Yangilangan: 2026-07-15

Yurtimizda bo'layotgan ijobiy o'zgarishlardan ruhlangan holda siz tadbirkorlarga AFEX-GROUP kompaniyasi navbatdagi paxta chigitidan ixcham o'simlik yog'i shlab chiqarish liniyasini tavsiya etmoqda. Shu kungacha paxta yog'i ishlab chiqarish "O‘zpaxtayog‘" AJ ga tegishli bo'lib, xususiy tadbirkorlarga paxta yog'i ishlab chiqarishga ruxsat yo'q edi. Prezidentimizning 2018 yil 17 yanvardagi qaroriga ko‘ra, endilikda monopolist korxonalar tomonidan 27 nomdagi yuqori likvidli mahsulotlar bozor tamoyillari asosida faqat birja savdosi orqali sotiladi. Bu mahsulotlar orasida chigit mahsulotining ham borligi kishini quvontiradi. Biz bugun sizlar uchun yurtimizda eng xaridorgir mahsulotlardan biri salangan paxta yog'i ishlab chiqarish liniyasi haqida ma'lumot berishga harakat qilamiz. Sizlarga quyida tavsiya etadigan liniyamizda siz iste'mol uchun yaroqli bo'lgan paxta yog'i ishlab chiqarishingiz mumkin bo'ladi. Xaridorlar talabiga ko'ra qo'shimcha haq evaziga Ekstraksiya va Deporafinatsiya qismlarini ham qo'shishimiz mumkin. Ushbu tavsiya etiladigan liniyamiz orqali siz boshqa turdagi xomashyolardan ham jumladan: kungaboqar pistasi, bodom. kunjut va boshqalardan sifatli yog' olishingiz mumkin bo'ladi.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Quvvat sarfi:** 1,1kw
- **Kuchlanish:** 220V50hz
- **Truba diametric:** 110mm
- **Og’irligi:** 190kg
- **Ishlab chiqarish hajmi:** 300kg/soat
- **Modeli:** HLX-500L

## Texnik xususiyatlar

### Chigitni pressga ko’tarib beruvchi maxsus shnekli transportyor

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 220V50hz |
| Quvvat sarfi | 1,1kw |
| Material | SS208 zanglamas metal |
| Truba diametric | 110mm |
| Og’irligi | 190kg |
| Ko’tarib berish balandligi | 2,5m |

### Semechka qovurish uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarish hajmi | 300kg/soat |
| Quvvati | 1.5Kv |
| Elektr isitish | 30*1300w |
| Og’irligi | 410kg |
| O’lchami | 2420*1200*1300mm |

### Chigitdan yog’ olish uchun maxsus press(110 model)

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqargan | Xitoy |
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 15kw |
| Material | Carbon metal va SS208 zanglamas metal |
| Modeli | 110 |
| Og’irligi | 680kg |
| Ishlab chiqarish hajmi | 250-300kg/soat |

### Vertikal bosim ostida filtrlash uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 3kw |
| Material | Carbon metal |
| Modeli | CPF-10 |
| Og’irligi | 320kg |
| Ishlab chiqarish hajmi | 300-400L/soat |
| Ishlash temperaturasi | 0-150C |

### Rafinatsiyalash uskunasi parogenerator bilan birga(bir martada 500L)

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 59,55kw/soat |
| Material | SS zanglamas metal |
| Modeli | HLX-500L |
| Og’irligi | 2320kg |
| Ishlab chiqarish hajmi | 500L/bir martada(8-10 soat) |
| Ishlash temperaturasi | 0-150C |
| O’lchami | 5200mm*1300*1450mm |

### Yog’ni UF sterillash uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 220v50hz |
| Quvvat sarfi | 500w/soat |
| Material | 304 SS zanglamas metal |
| Og’irligi | 30kg |
| Ishlab chiqarish hajmi | 500L/soat |
| Ishlash temperaturasi | 5-60C |

### Havo kompressori

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 4kw/soat |
| Material | Carbonmetall |
| Og’irligi | 140kg |
| Havo chiqarish hajmi | 826L/min |
| Ishlash temperaturasi | 5-60C |
| O’lchami | 159*59*98cm |

### Yog’ uchun maxsus sentrafugali nasos

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 2kw/soat |
| Material | Carbon metal va zanglamas metal |
| Og’irligi | 70kg |
| Yog’ chiqarish hajmi | 1-800m3 |
| Ishlash temperaturasi | 20-320C |
| O’lchami | 159*59*98cm |
| Ko’tarish balandligi | 10-130m |

### Yog’ uchun mini laboratoriya uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 0,2kw/soat |
| Material | ABS plastic |
| Og’irligi | 12kg |
| Aniqlash tezligi | Max 2,4 kg/min |
| Ishlash temperaturasi | 20-320C |
| O’lchami | 320*240*180mm |
| Ko’rsatgichlar | 10 1mg suv,±0.2%;1mg suv,<±0.3% |

### Deparafinizatsiyalash (vimorozka) uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarish hajmi | 1000kg/24soat |
| Quvvati | 3.75 kw |
| Ichki hajmi | 500L |
| Idish diameteri | 800mm |
| Material | SS 304 |
| Kuchlanish | 380 V 50Hz |
| O’g’irligi | 1250kg |
| O’lchami | 5000*1200*2550mm |

### Pet idishlar ishlab chiqarish uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 14kw/soat |
| Material | Carbon metal |
| Og’irligi | 1100kg |
| PET idish o’lchami | Max 2 L MIN 0,33L |
| Ishlash tezligi | 800-1000 dona/soat |
| O’lchami | 1630*620*1590mm/750kg |
| Kapsula qizdirish uskunasi | 1780*570*1380mm/350kg |
| Qo’shimcha qismlar | Havo kompressori,1 dona qolip,havo filtri |

### Yog’ idishga to’ldirish va qopqoq yopish uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 220v50hz |
| Quvvat sarfi | 500kw/soat |
| Material | SS304 zanglamas metal |
| Og’irligi | 280kg |
| Quyish o’lchami | 1L-5L |
| Ishlash tezligi | 100-300 dona/soat |
| O’lchami | 600*598*1300mm |
| Kapsula qizdirish uskunasi | 1780*570*1380mm |
| Qo’shimcha qismlar | Havo kompressori |

### PET idishlarga yorliq yopishtirish uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 220v50hz |
| Quvvat sarfi | 1500w/soat |
| Material | SS304 zanglamas metal |
| Og’irligi | 120kg |
| Diametr | 30-120mm |
| Ishlash tezligi | 20-200 dona/soat |
| O’lchami | 600*598*1300mm |
| Balandligi | 15-200mm |

## Tavsif

Loyiha uchun kerak bo'ladigan ishchi maydon: 150 m2

Ombor uchun tavsiya etilagigan maydon: 200 m2 va undan kattaroq

Energiya turlari: Suv va elektr toki

Umumiy quvvat sarfi: 92kw/soat

Ishchilar soni: 4 nafar

Kanalizatsiya tizimi: zarur

Keling dastavval sizlarga uskunalar ketma ketligi bilan tanishtirib chiqsak: Chigitni pressga ko'tarib beruvchi maxsus shnekli tansportyor Semechka qovurish uskunasi Chigitdan yog' olish uchun maxsus press (110 model) Vertikal bosim ostida filtrlash uskunasi Rafinatsiyalash uskunasi par berish uskunasi bilan birga (komplekt holatda sutkasiga 2,5T gacha) Yog'ni UF sterillash uskunasi Yog'ni transportatsiya qilish uchun maxsus zanglamas nasoslar 3 dona Mahsulot uchun PET idishlar shishirib berish uskunasi Yog' sifatini aniqlash uchun mini kompyuterli labaratoriya Deparafinizatsiyalash (vimorozka) uskunasi PET idishga quyib berish uskunasi PET idishga qopqoq yopish uskunasi PET idishga yarim avtomatik yopishqoq yorliq yopishtirish uskunasi Rafinatsiyalash jarayoni uchun paragenerator Havo kompressori 2 dona

Endi sizlar uchun yuqoridagi uskunalar bilan batafsil tanishtirib o'tamiz.

Ushbu uskuna chigitni maxsus pressga chiqarib berish uchun xizmat qiladi. Uskuna ishlash jarayonida tiqilib qolmasligi uchun unga maxsus vibrator ham o'rnatilgan bo'lib, kukunli mahsulotlarda ham ishlatish mumkin.

Sovuq press rejimida yog' olish uchun mo'njallangan presimiz yordamida siz chigitdagi yog'ni 90-94% gacha olish imkoniga ega bo'lasiz. Uskuna CR13 mustahkam metalldan ishlangan bo'lib, ish jarayonida uzoq vaqt xizmat qiladi. Ushbu press yordamida kunjut, kungaboqar pistasi, yeryong'oq, bodom va boshqa mahsulotlardan ham yog' olish mumkin.

Vertikal yuqori bosimda filtrlash uskunasinign ichki qismi ko'p bosqichli filtrlardan iborat bo'lib, sanoat sohasida ishlatiladigan yog' filtr hisoblanadi. Ushbu filtr yordamida siz yuqori sifatli mahsulot va yuqori unumdorlikka ega bo'lasiz. Uskuna mustahkam metalldan ishlangan bo'lib ichki qism yuqori bosimga chidamli qilib ishlangan. Shuningdek uskunaning ichki qismidagi filtrlarni almashtirish ham birmumcha qulay ishlangan. Mahsulot sifati va gigiyenik jihatdan talablarga javob berad, sababi barchasi inson omilisiz yopiq holatda amalga oshiriladi.

### Rafinatsiyalash uskunasi parogenerator bilan birga (bir martada 500L)

Rafinatsiyalash va dezodoratsiyalash jarayonlari bu yog'ning sifatini belgilab beruvchi asosiy jarayonlardan biri hisoblanadi. quyida sizlaga uskuna qanday qismlardan tashkil topganligi va vazifasini qisqacha tushuntirib o'tamiz.

- Rafinatsiyalash tankeri- issiq suv yordamida yog'ni degumminizatsiya qilish uchun
- Dioksidlash tankeri- Ishqor yordamida neytrallashtirish uchun
- Oqartirish tankeri- qum yordamida chokindilardan tozalash, rangini oqartirish
- Vibratorli filter- yog'dagi cho'kindi mahsulotlarni o'zida ushlab qoladi
- Dezodoratsiya tankeri- Yog'dagi noxush hidni yo'qotadi
- Parogenerator- dezodoratsiya jarayoni uchun tankerni qizdirish uchun
- Filtr- istemolga chiqishdan oldingi so'nggi filtratsiya uchun
- Katcher- zararli moddalarni tutib qolish uchun
- Issiq suv va ishqor uchun tanker
- Oqartirish xomashyosi va qoldiq mahsulot uchun tanker
- Nasos-filtrdan oqartirish tankeriga o'tkazish uchun
- Vakuumli nasos- Tankerda vakuum holatini hosil qilish uchun
- Boshqaruv paneli

Qadoqlashdan oldin yog'ni sterillash maqsadga muvofiq. Sovutilgan holatda qadoqlashdan oldin sterillash qismdan o'tgan holatda qadoqlash uskunasiga yo'naltiriladi.

Uskunaning bexato ishlashi uchun yuqori bosimli havo zaruriy qismlar uchun havo kompressori lozim bo'ladi.

Yog'ni quvurlar orqali transportatsiya qilish uchun bizga maxsus zanglamas nasoslar lozim bo'ladi.

Har kunlik mahsulotni qadoqlashga qadar uni sifat nazoratidan o'tkazish talab etiladi. Bunday holatda tadbirkorlarimizning yuqori sifatli mahsulot chiqarish ehtimoli yuqori bo'ladi.

PET idishlar paxta yog'i va kungaboqar yog'i uchun asosiy qadoqlash mahsuloti bo'lib qolmoqda. PET idishlarni ishlab chiqarish uchun sizga PET kapsula kerak bo'ladi, uni esa yurtimizning turli hududlaridan topish mumkin.

Baklashkalar tayyor bo'lgach ularni yog' bilan to'dirib, qapqoq yopilib tayyor mahsulot ko'rinishiga keltiriladi. Uskuna 1l-dan 5L gacha idishlarga quyib bera oladi.

Qadoqlash jarayoninign ajralmas qismlaridan biri bo'lgan ushbu uskuna mahsulotga o'zi yopishqoq yorliqni yopishtirib beradi. Uskuna 500ml dan 1,5l gacha hajmdagi idishlarga yorliq yopishtira oladi.

## Video

- https://youtu.be/LuCh0JWJbIc

Teglar: chigit, ishlab chiqarish, xitoy, xitoydan, Yog'

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/paxta-yogi-ishlab-chiqarish-liniyasi-sutkasiga-6-8t-xomashyo/
uz · [en](https://afex.uz/en/product/vegetable-oil-production-line-6-8t-raw-material-per-day-af-l026.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-rastitelnogo-masla-6-8-t-syrya-v-den-af-l026.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/osimdik-maiyn-ondiru-jelisi-tauligine-6-8-t-shikizat-af-l026.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-ravghani-rastani-6-8-t-ashyoi-khom-dar-yak-shabonaruz-af-l026.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/zhiwuyou-shengchan-xian-ri-chuli-yuanliao-6-8t-af-l026.md)
