# Ketchup va suyuq mahsulotlarni to'rt tomonli qadoqlash uskunasi
> AF-31 — ketchup va boshqa suyuq mahsulotlarni 1–25 g lik porsiyali paketlarga qadoqlaydigan vertikal uskuna.
Katalog: Qadoqlash › Vertikal qadoqlash
Yangilangan: 2026-07-14

AF-31 — ketchup va boshqa suyuq mahsulotlarni 1–25 g lik porsiyali paketlarga qadoqlaydigan vertikal uskuna. 7 qatorda ishlaydi, paket to‘rt tomondan muhrlanadi.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Quvvati:** 5 kw
- **Model:** AF-31
- **Kuchlanish:** 380 V yoki 220 V 50/60 Hz
- **Paket o’lchami (Uzunligi\*kengligi):** 45-120mm \* 35-80 mm
- **qator raqami:** 7 ta qator
- **Ishlash tezligi:** 30-35 ta dona

## Texnik xususiyatlar

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Holati | Yangi, foydalanilmagan |
| Model | AF-31 |
| Kuchlanish | 380 V yoki 220 V 50/60 Hz |
| Quvvati | 5 kw |
| qator raqami | 7 ta qator |
| Ishlash tezligi | 30-35 ta dona |
| O'lchami | 1-25 gr/ har bir dona |
| Paket o’lchami (Uzunligi*kengligi) | 45-120mm * 35-80 mm |
| Homashyo plyonka kengligi | Maksimum 560 mm |
| Homashyo plyonka qalinligi | 0.05-0.10 mm |
| Muhrlash turi | 4 tomonni muhrlash / o’rtasini yopishtiruvchi |
| Kesish turi | Tekis kesish yoki zig-zag kesish |
| Chop etish turi | lenta yoki issiq shtamplash sanasi koderi |
| Plyonka materiali | PET/PE, OPP/PE, NY/PE |
| Ishlash havo bosimi | 0,4-0,8 mpa |
| Uskuna o’lchami | 168*130*200 sm |

## Tavsif

Uskuna rulondagi plyonkadan bir vaqtning o‘zida 7 qatorda paket hosil qiladi, mahsulotni dozalab quyadi va paketni to‘rt tomondan muhrlaydi; markaziy chok bilan muhrlash varianti ham bor. Paket uzunligi 45–120 mm, kengligi 35–80 mm, kesish turi — tekis yoki zig-zag. Sana lenta yoki issiq shtamplash koderi bilan bosiladi.

Plyonka kengligi 560 mm gacha, qalinligi 0,05–0,10 mm; PET/PE, OPP/PE va NY/PE plyonkalari mos keladi. Uskuna 380 V yoki 220 V tarmoqqa ulanadi, quvvati 5 kVt, 0,4–0,8 MPa bosimli siqilgan havo talab qiladi, o‘lchamlari 168×130×200 sm. Uskuna yangi, ishlatilmagan. U ketchup va souslarni kafe, fastfud va yetkazib berish xizmatlari uchun porsiyali qadoqlarda chiqaradigan ishlab chiqaruvchilarga mos.

AFEX uskunani yetkazib beradi, o‘rnatadi, ishga tushiradi va kafolat xizmatini ko‘rsatadi. Mahsulot turi va bitta paket og‘irligini yozing — mos sozlamalarni tavsiya qilamiz.

## Video

- https://youtu.be/k7Ozk06NAOQ

Teglar: Ketchup, qadoqlash, to'rt qadoqli

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/pasta-va-suyuq-mahsulotlarni-kop-qatorli-qadoqlash-uskunasi/
uz · [ru](https://afex.uz/ru/product/chetyrekhstoronneye-upakovochnoye-oborudovaniye-dlya-ketchupa-i-zhidkikh-produktov.md) · [en](https://afex.uz/en/product/four-way-packaging-equipment-for-ketchup-and-liquid-products.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/tajhizoti-bastabandii-chortarafai-ketchup-va-mahsuloti-moe.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/ketchup-pen-suiyq-onimderdi-tort-jaqty-qaptau-jabdygy.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/fanqie-jiang-ji-yeti-chanpin-sibian-feng-baozhuang-ji.md)
