,

O’z o’ziga xizmat ko’rsatuvchi avto yuvish shahobchasi (avtomoyka) AF-L029

(8 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Avtomobillarga xizmat ko’rsatish har doim daromadli xizmat ko’rsatish sohalaridan biri
bo’lib kelmoqda. Ayniqsa har bir avtomobil egasi o’z mashinasiga o’zi xizmat ko’rsatsa bu
ajoyib imkoniyatdan boshqa narsa emas.

4,200$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Nega butun dunyoda o’z o’ziga xizmat ko’rsatish sohalari jadal rivojlanmoqda? Chunki
shaharlar va boshqa gavjum joylarda raqobat juda kuchli va shuning uchun narxlar
ko’tarilib ketmasligini ta’minlash lozim.

Keling sizlarga odatdagi avtomobil yuvish joylaridagi noqulayliklar haqida gapirib o’tsak:

  • Avtomobil yuvish uchun navbatni ko’p kutib qolish;
  • Ishchilarni muhim emasligi, buning oqibatida yangi va uquvsiz ishchilarga qimmat avtomobilni topshirishga to’g’ri kelishi;
  • Avto yuvish joy egasi uchun doim ishchilarga zarurat borligi, sababi bu sohada ko’p ishlash ishchilarda revmatizm kasalligiga olib kelishi mumkin, shu sababli o’z sog’lig’iga bepisand bo’lmagan har qanday kishi avtomoyka ishidan tezroq ketishga harakat qiladi;
  • Belgilangan vaqt rejimida ishlaydilar, asosan hamma ishdan chiqish paytida ular yopiq bo’ladilar;
  • 90% avto yuvish joylarida suv filtrlanmaydi va oqibatda mashinada iz qoladi;
  • Ko’pchilik joylarda to’lov terminallari yo’qligi sabab faqat naqd pullardan foydalanishga to’g’ri keladi;
  • Ishchilar sizni aldab ketmasliklari uchun doimiy nazorat zarur bo’ladi va bu sizni avtomoyka biznesidan boshqa ishlar bilan ishlashizga yo’l qo’ymaydi.
  • Har xil avtomobillarga har xil vaqt va suv talab etiladi, odatda tajribasiz ishchilar ko’p suv sarflab yuborishadi, bu esa iqtisodiy zararga olib keladi.

Mana yuqorida ko’rib turganingizdek an’anaviy avtomobil yuvish shahobchalarining kamchiliklari bisyor va aynan siz bu sohaga birinchilar qatorida yangilik olib kirishingiz mumkin. Xo’sh, biz sizga taklif qiladigan zamonaviy avto yuvish uskunamiz qolganlardan qanday afzalliklarga ega?

  • Sizda hech qachon ishchilar bilan muammolar bo’lmaydi, chunki ularning o’zi yo’q;
  • Siz foydalanuvchiga alternativ to’lov usullarni taklif eta olasiz (plastik, naqd, doimiy mijozlar uchun kontaktsiz to’lov maxsus kartalar orqali);
  • Siz ofisda o’z ishingizni qilasiz va kelgan pullarni mobil telefoningiz orqali nazorat qilasiz, har bir tranzaksiya mobil telefoningizga kelib tushadi;
  • Yuqori unumdorlik endi siz har bir avtomobil egasidan sarflagan suv vaqti uchun pul ola olasiz, bu esa sizning daromadlaringiz ko’payishiga xizmat qiladi;
  • Erkin holda har bir haydovchi o’z avtomobiliga bor mehrini berib yuvish imkoniyati paydo bo’ladi;
  • Siz endi faqat ish vaqtida emas 24 soat pul topishingiz mumkin, mijozlar o’ziga qulay paytda sizning xizmatingizdan foydalanadi;
  • Sizga 4 bosqichli filtrlangan suv yetkazib berilishi oqibatida avtomobilda umuman dog’lar qolmaydi;
  • Ichki suv hisoblagich yordamida xarajatlarni doim nazoratda ushlab tura olasiz;
  • Joylangan reklamalar uchun joydan unumli foydalanib undan ham qo’shimcha daromad olishingiz mumkin.

Keling sizlar bilan oddiy avto yuvish shahobchasi ochishingiz uchun sotib olishingiz kerak bo’lgan jihatlarni ko’rib chiqamiz va keyin sizga yaxshi yechim taklif etamiz.

Yuqoridagi rasmda sizga an’anaviy avtomoyka ochish uchun kerakli jihozlarni birma bir sanab o’tamiz:

1) Yuqori bosimda yuvish uchun uskuna

2) Avtomobil ichki qismi uchun vakuum tozalash uskunasi

3) Pena sepish uchun maxsus purkovchi uskunasi

4) Pena sepishda ishlatish uchun maxsus kompressor

5) Aktiv pena uchun maxsus purkash yordamchi jihozi

6) Suvni tozalash uchun maxsus filtr

7) Plastik kartalar uchun terminal

8) Suv va Elektr toki uchun hisoblagichlar

9) Elektr uchun maxsus shit

10) Avtomobilni yuvish uchun ishchilar

Agar siz yuqoridagi uskunalarni hammasini sotib olsangiz, biz taklif qiladigan yuqori qulayliklarga ega kompakt ko’rinishga ega bo’lmaydi va siz an’anaviy biznesda bir umr qolishga majbur bo’lasiz.

Xo’sh AFEX-GROUP kompaniyasi sizga nima taklif qiladi? Biz sizga hammasini bittada bajaruvchi zamonaviy yuvish uskunasini taklif qilamiz. Siz uyda dam olgan paytda mashina egalari sizga pul keltirishadi. Juda kuchli taklif shunday emasmi? Biz taklif etadigan qulayliklar uchun quyidagi rasmdan boshqa yaxshiroq ta’rif topa olmadik.

Agar sizda ushbu biznesga qiziqish uyg’ongan bo’lsa keling unda ushbu uskuna bilan kengroq tanishtirishga harakat qilamiz. Xo’sh uskunamiz ko’rinishi va texnik ko’rsatkichlari bilan bo’lishamiz.

Zamonaviy avto yuvish uskunasi
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Shanghai
Kuchlanish 220v 50hz
Quvvat sarfi 3kw/soat
Xususiyatlari Suv bilan yuvish,Aktiv pena,ko’pik,vacuum tozalash
To’lov turlari Naqd pul va IC karta orqali
Shlang uzunligi 10M
Ko’pik saqlash tanker 90L
Boshqaruv tizimi Mikrokompyuter aqlli boshqaruv
LED displeyli reclama Mavjud
Suvni filtrlash Mavjud
Suv sarfi 20L har bir mashina uchun
O’lchamlari 780*660*1900mm

Agar sizlarni ushbu avto yuvish uskunasi qiziqtirsa hoziroq buyurtma bering. Uskuna e’lon qilingan kundan e’tiboran 30 kun ichida buyurtma bergan mijozlarimiz uchun Mikrofibrali sochiq hamda filtr uchun 1 yilga yetadigan katrijlarni BEPUL sovg’a qilamiz. Uskunani maxsus dastur yordamida internet orqali online monitoring qilish uchun alohida 400$ qo’shimcha haq olinadi.

Ishlash jarayonidan lavha

 

4.5 umumiy reyting
6
0
2
0
0

Izoh qoldiring

  1. obidjon sharipov

    salom xammaga bu uskunalarni sotib olganlarni fikri juda kerakli ,sotib olib ishlatganlar bulsa yozila fikrlarizni .raxmat.

    obidjon sharipov

  2. Nosirjon

    Juda qiziqtim yaqinda Xudo xoxlasa olaman

    Nosirjon

  3. Rasulbek saydullayev

    Assalom alekum yaxshimisiz men xozirda rasiada yashiman men ham shu uskunani xarid qilmoqchiman AF-L029 rasiagaxam yetqazib berasizlarmi

    Rasulbek saydullayev

  4. Abduxamid

    xamasi zòr tòri lekn endi bu oddiy mòykadan qancha arzon tushishi mumkn klentlaga.etmoqchi bo’ganim 1ta moyka 40.000min bolsa bu sama absluga moykada 20.000minga ishi bitarmikn.sezilarli darajada arzon boladmi klent yana qaytib kelishi uchun.yòki 5000 min 10.000min somga farq qladimi oddiy moykalardan

    Abduxamid

    • sale manager

      ha 70% gacha arzonga tushadi

      sale manager

  5. Abduxamid

    i yana savolm buni zakaz qldikde masalan oyiga qancha rasxodi bor.filtr beramz dipsila kegingi filtrlani nechpuldan sotvose boladi klent òzi ishlatgan elektr energiyasi i suviga qarap pul tolap ketvuradi torimi kak bankamatdeakande.

    Abduxamid

  6. Hudoyberdi

    Menga yoqdi qilsa boladi chunki har tomonlama mukamal zor

    Hudoyberdi

  7. Azizbek

    Juddayam zor narsa ishlatib kordim:)
    Arzon va oson

    Azizbek

  8. Asror

    Bu aparatni ustanovkasi ichida 4200$ mi

    Asror

    • admin

      O’rnatish harajatlari alohida

      admin

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish