# Oshxona gubkalari ishlab chiqarish liniyasi
> Har bir xonadon uchun ma\`lum bir turdagi doimiy mahsulotlar kerak bo\`ladi.
Katalog: Tayyor liniyalar
SKU: 60dc631f0bd70c6658039fc7
Yangilangan: 2026-07-15

Har bir xonadon uchun ma\`lum bir turdagi doimiy mahsulotlar kerak bo\`ladi. Ularni ishlab chiqarish orqali birinchidan yuqori sifatli mahsulotlar yetkazib berish orqali xalqimizning og\`irini yengil qilasiz va o\`zingiz uchun yaxshigina daromad topa olasiz. Keling, gapni uzoq cho\`zmasdan ushbu ishlab chiqarish liniyasi haqida batafsil ma\`lumot berishga o\`ta qolsak.

## Tavsif

### Umumiy ma\`lumotlar:

Bizga kerakli uskunalar to\`plamiga quyidagilar kerak bo\`ladi:

- Yopishtiruvchi uskuna
- Press uskuna
- Vertikal kesish uskunasi
- Gidravlik qolipli kesish uskunasi(ixtiyoriy)
- Chet qismlarni kesib beruvchi uskuna

Ishlash maydoni: 60 metr kvadrat Ishchilar soni: 5ta Quvvati: 55kw Ishlash samaradorligi: 2000-3000ta kuniga Bizga kerak bo\`ladigan xom-ashyolarga quyidagilar kiradi:

- Sponj qism(sariq) va tozalovchi qism(yashil)
- Maxsus PU kley

Demak, ishlab chiqarish jarayoniga o\`ta qolsak.

### Birinchi bosqichda ikkita qism bir biriga PU kley yordamida yopishtiriladi

Bu bosqichni amalga oshirishimiz uchun bizga ishlab chiqarish liniyasidagi eng katta uskunalardan biri bo\`lgan yopishtiruvchi uskuna kerak bo\`ladi. Uskunaning boshlang\`ich qismiga(rasmda o\`ngda) ikkita alohida qismlarning orasiga kley quygan holda kiritib yuboramiz. Ikki aylana orasidan o\`tgandan so\`ng esa katta aylanaga o\`tadi. Bu yerda yuqori bosim ostida issiqlik ta\`siri ostida ikkita alohida qism sifatli birlashtiriladi. Bu jarayonda qismlar ajralib-surilib ketmasligi katta ahamiyat kasb etadi. Uskunaning texnik parametrlarini quyidagi jadval yordamida bilib olishingiz mumkin.

### Ikkinchi bosqichda esa yopishtirib olingan qismlar presslanadi

Buni amalga oshirishdan asosiy maqsad faqat va faqatgina mahsulotimizning sifatini oshirishdir. Ularni ushbu uskuna bilan ma\`lum vaqt davomida presslash orqali kley yanada mustahkamroq joylashadi va mahsulot sifati oshadi. Quyida ushbu press uskunamizning rasmi keltirilgan. Uskunaning texnik xususiyatlari bilan tanishib chiqsak

### Uchinchi bosqichda gubkalar kesiladi

O\`ylaymizki bu bosqichni tushuntirishga hech qanday zaruriyat yo\`q. Bizga faqatgina bir dona kesuvchi uskunaning o\`zi yetarli.

### To\`rtinchi bosqichda qoliplar yordamida shakl beriladi (ixtiyoriy)

Sotuv miqdorini va mahsulotlar rang-barangligini oshirish maqsadida gubkalarga turli xil shakldagi qoliplar bilan ishlov berish mumkin. Buning uchun turli xil shakldagi pichoqlar kerak bo\`ladi.

### Eng so\`nggi bosqichda gubkaning yon tomoni kesiladi

Ushbu jarayonni eng afzal tomonlaridan biri bu- gubkalarni ushlashni osonlashtiradi. Bu jarayon issiqlik yordamida amalga oshiriladi. Mana shunday qilib hamma jarayonlar o\`z nihoyasiga yetdi. Faqatgina ularni qadoqlash qoldi xolos. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kelishib selofan paketchalarni kelishib olasiz va gubkalarni paketchalarga solasiz. Ana endi ular sotuvga tayyor. Keling endi hisob kitoblarga o\`tadigan bo\`lsak. Uskunalarning jami narxlarini quyidagi jadvalda ko\`rishingiz mumkin. Bu narx ichiga uskunalarni o\`rnatib berish va yetkazib berish xizmati kiritilmagan.

Teglar: gubka, ishlab chiqarish, xitotdan, xitoy, оборудование

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/oshxona-gubkalari-ishlab-chiqarish-liniyasi/
uz · [en](https://afex.uz/en/product/kitchen-sponge-production-line.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-kukhonnykh-gubok.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/chufang-haimian-ca-shengchan-xian.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/as-ui-gubkalaryn-ondiru-jelisi.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-isfanjhoi-oshkhona.md)
