# Oqqand ishlab chiqarish liniyasi AF-L33
> Oqqand xalqimiz va boshqa xalqlar tomonidan uzoq yillardan beri iste'mol qilinib keladigan Mahsulotlar sirasiga kiradi.
Katalog: Oziq-ovqat
Yangilangan: 2026-07-14

Oqqand xalqimiz va boshqa xalqlar tomonidan uzoq yillardan beri iste'mol qilinib keladigan Mahsulotlar sirasiga kiradi. Har bir yo'nalishga kirgani kabi oqqand ishlab chiqarish biznesiga ham zamonaviylik kirib keldi. Endilikda siz bolalar uchun sevimli bo'lgan oqqandli boshqa shakllarda va hatto rangli qilib chiqarish imkoniga ega bo'lasiz. Shuningdek ushbu uskuna yordamida siz presslangan kofe tabletkasi, tabletka shaklida osh tuzi va boshqa mahsulotlar ham ishlab chiqarishingiz mumkin bo'ladi. Shuni alohida aytish joizki ushbu uskuna ishlab chiqarish tezligining yuqori ekanligi va kam joy talab qilishi bilan ajralib turadi. Siz an'anaviy uskunalarda e'tibor bersangiz uzun quritish tunneliga ko'zingiz tushgan va endi bizning liniyada oqqandni quritishga xojat yo'q, chunki unga suv qo'shilmaydi va yuqori bosim ostida shaklga keltiriladi. Shu sababdan ishlab chiqarish xarajatlari elektr tejamkorligi evaziga bir muncha past.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Kuchlanish:** 380 V
- **O'lchami:** 600\*600\*900mm
- **Sig'imi:** 60L
- **Elektr energiya sarfi:** 1,5Kw/soat
- **Maksimal diametr:** 16-20mm
- **Elektrodvigatel:** 1,5 kw 1500rpm

## Texnik xususiyatlar

### SHAKAR MAYDALASH UCHUN DROBILKA

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
| Sig'imi | 60L |
| Energiya turi | Elektr |
| Kuchlanish | 380 V |
| Elektr energiya sarfi | 1,5Kw/soat |
| O'lchami | 600*600*900mm |

### OQQAND FORMALASH USKUNASI

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
| Presslash tezligi | 9600-18000 dona/soat |
| Energiya turi | Elektr |
| Kuchlanish | 380 V |
| Elektr energiya sarfi | 2,2Kw/soat |
| Bosim | 40 / 60KN |
| Maksimal qalinligi | 6mm |
| Maksimal diametr | 16-20mm |
| O'lchami | 640*480*1100mm |
| Material | Zanglamas metal 304 |
| Og'irligi | 260kg |

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
| Model | AF-SCM |
| Energiya turi | Elektr |
| Kuchlanish | 380 V |
| Elektr energiya sarfi | 2,5Kw/soat |
| Og'irligi | 500 Kg |
| Xomashyo | Shakar, Oziq ovqat uchun rang, kofe, quruq sut va boshqa kukunli mahsulotlar |
| Material | Zanglamas metal sus304 |
| O'lchami | 1100*800*1600mm |
| Mator turi | Invertor |
| Elektrodvigatel | 1,5 kw 1500rpm |
| Ishlash tezligi | 15000-27000 dona/soat |

## Tavsif

Uskuna to'liq zanglamas metalldan ishlangan bo'lib, oziq ovqat talablariga to'liq javob beradi. Uskuna ishlash jarayoni juda sodda ishlangan bo'lib, bu sizdan ortiqcha maxsus bilim talab etilmaydi. Uskuna ichidagi to'rli plastinkani almashtirish orqali chiquvchi mahsulot o'lchamini o'zgartirish mumkin.

### SHAKAR KUKUNI UCHUN MIKSER

Agar siz shakar kukuniga hech nima qo'shish niyatingiz bo'lmasa u holda sizga mikserning keragi yo'q. Mikser asosan oqqandga Kofe, quruq sut, rang yoki boshqa qo'shimchalar qo'shish uchun kerak bo'ladi. Mikser sig'imi 60L bo'lganligi sababli uni doimiy ishlatish zarurati bo'lmaydi. Uskuna to'liq gigienik talablarga mos keladi va zanglamas metalldan ishlangan. Metal qalinligi uning ishlash davomida tebranmasligini ta'minlab beradi. Formalash uskunasiga kukun holiga keltirlgan shakarni yoki unga aralashtirilgan boshqa kukunsimon qo'shimcha qo'shilgan aralashmani kerakli shaklda presslab beradi. Uskunani buyurtma berish jarayonida AFEX-GROUP kompaniya xodimlari bilan qoliplar ko'rinishini kelishib olishingiz lozim. Uskunaga mijoz so'ragan ko'rinishdagi bir komplekt qolip bepul beriladi va qo'shimcha qoliplar pullik. Uskuna servo motor bilan jihozlangan va tezlik regulyatori sifatida invertordan foydalanilgan.

## Video

- https://www.youtube.com/watch?v=BR0mpHkhx6c
- https://www.youtube.com/watch?v=cz8SCG5fvVc

Teglar: konfet, oq, oqqand, oqqand shirinlik, yangilik

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/oqqand-ishlab-chiqarish-uskunasi/
uz · [en](https://afex.uz/en/product/sugar-production-line-af-l33.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/fang-tang-shengchan-xian-af-l33.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/proizvodstvennaya-liniya-af-l33.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-qandi-rafinad-af-l33.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/kesek-qant-rafinad-ondiru-jelisi-af-l33.md)
