Oqqand ishlab chiqarish liniyasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Shakar uzoq vaqtdan buyon inson hayotida ishlatilib kelinadi va asosiy ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotga aylandi. Hozirgi kunda shakar deyarli hamma joyda qo’llaniladi va ko’pchilik bu shirin mahsulotsiz hayotini tasavvur qila olmaydi. Shuningdek aynan shakar mahsulotidan tayyorlanadigan ixcham, qo’llanilishi qulay bo’lgan, kubik shaklida presslangan bizning tilimizda oqqand deb ataladigan mahsulot dasturxonlarimizdan keng joy olmoqda va mahalliy oziq-ovqat bozorlarimizda bozori chaqqon mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Oqqand ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

42,500$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Oqqand ishlab chiqarish liniyasi uchun kerak bo’ladigan ishchi maydon: 70 m2

Energiya turlari: Elektr toki

Quvvat sarfi: 16 kw/soat

Ishchilar soni: eng kamida 2 nafar

Ishlab chiqarish uchun bizga quyidagi uskunalar jamlanmasi kerak bo’ladi.

1.Shakar maydalash uchun drobilka

2. Aralashtirish uchun mikser

3. Shnekli konveyor

4. Formalash uskunasi

5. Infraqizil quritish pechi

6. Sovutish uskunasi

Uskunalarning barchasi eng sifatli zanglamas metalldan ishlangan bo’lib, oziq ovqat standartlariga to’liq javob beradi. Bu esa uskunalarning sizga uzoq vaqt mobaynida xizmat qilishini ta’minlaydi.

Oqqand ishlab chiqarish jarayoni dastlab shakarni maxsus drobilka yordamida maydalashdan boshlanadi.

1.SHAKAR MAYDALASH UCHUN DROBILKA

Ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichida drobilkada maydalangan shakarlar mikser yordamida aralashtiriladi. Agar siz shakar kukuniga hech nima qo’shish niyatingiz bo’lmasa u holda sizga mikserning keragi yo’q. Mikser asosan oqqandga Kofe, quruq sut, rang yoki boshqa qo’shimchalar qo’shish uchun kerak bo’ladi. Uskuna to’liq gigienik talablarga mos keladi va zanglamas metalldan ishlangan. Metal qalinligi uning ishlash davomida tebranmasligini ta’minlab beradi.

2.ARALASHTIRISH UCHUN MIKSER

 

Aralashtiruvchi mikserdan so’ng maydalangan mahsulot maxsus yetkazib beruvchi shnekli konveyor orqali maxsus presslash uskunasiga yetkazib beriladi. Shnekli konveyor ham oziq-ovqat standarti asosida zanglamas metalldan yasalgan bo’lib, sizning ishingizni anchagina osonlashtiradi.

3. SHNEKLI KONVEYOR

Keyingi bosqichda ishlab chiqarishning eng asosiy jarayoni sodir bo’ladi. Ya’ni maydalangan shakar kukuni Formalash uskunasi yordamida yuqori bosimli press bilan oqqand shakliga keltiriladi. Uskuna SUS304 zanglamas metall materialidan ishlangan. Uskunaning boshqaruv paneli mikrokompyuterli PLC tizimi bilan jihozlangan. Presslanish davomida maydalangan shakarga 3% miqdorida suv qo’shiladi. Bu esa oqqand yanada mustahkam bo’lishini ta’minlaydi.

4. FORMALASH USKUNASI

Qoliplarni o’zgartirish orqali siz har xil o’lchamdagi oqqandlarni ishlab chiqarishingiz mumkin. Shuningdek qoliplarning shakllarini o’zgartirish orqali boshqa shakldagi oqqandlarni ham ishlab chiqarishingiz mumkin.

QOLIPLAR

Press uskunasidan so’ng maydalangan shakar oqqand shakliga keladi va suv aralashtirilganligini hisobiga biroz nam holatida bo’ladi. Keyingi bosqichda oqqandlar konveyerli quritish uskunasida quritiladi. Quritish uskunasi infraqizil nurlar bilan jihozlangan bo’lib, infraqizil nurlarning bir qator ustunliklari mavjud.

  1. Mahsulotlarni quritishda infraqizil nurlanishdan foydalanish mahsulot tarkibidagi 80-90% biologik faol moddalar va vitaminlarning saqlanib qolish imkonini beradi.
  2. Elektr enegriyasi tejamkorligi
  3. Quritishda yuqori samaradorlik va tezlik
  4. Quritishda yuqori bo’lmagan havo harorati. Havo harorati o’rtacha 40-60 °C
  5. Infraqizil nurlanishli pechda mahsulot quritilgandan so’ng uning tarkibidagi barcha fizik va kimyoviy xususiyatlari qayta tiklanadi.

6. INFRAQIZIL NURLI QURITISH PECHI

Quritish pechidan so’ng oqqandlar ventilyatorli sovutish uskunasida sovutiladi.

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Oqqand ishlab chiqarish liniyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish