# Non ishlab chiqarish liniyasi
> Xalqimiz azal-azaldan nonni ulug\`lab kelgan.
Katalog: Oziq-ovqat
SKU: 60dc60dc0bd70c3893591850
Yangilangan: 2026-07-15

Xalqimiz azal-azaldan nonni ulug\`lab kelgan. Non o\`zbek xalqining milliy qadriyatlaridan biridir. Shuni ham ta\`kidlab o\`tish lozimki, texnologiyalar va rivojlanishlar har bir sohaga kirib kelgan. Quyidagi uskunalarimiz ham aynan, non ishlab chiqarishni rivojlantirishga hissa qo\`shadi degan umiddamiz.

## Tavsif

### Xamir qorish uskunasi

Demak, bizga eng birinchi navbatda xamir qorish uskunasi kerak bo\`ladi. Biz sizga yuqorida rasmi keltirilgan xamir qorish uskunalari (mishalka)ni taklif qilishimiz mumkin. Uskunaning texnik ko\`rsatkichlari quyidagi rasmda keltirilgan.

### Xamir tindirish shkafi

Yurtimizda, odatda, novvoylar xamirni ochiq sharoitda tindirishadi, ya\`ni hech qanday uskunalardan foydalanishmaydi. Ushbu uskunamiz esa xamirlaringizni oz fursat ichida yuqori sifatda tindirib berishga qodir. Xamir tindirish jarayoni o’rtacha 25-30 daqiqa vaqt oladi va bu vaqt davomida sizda yana xamir tayyorlab olish uchun vaqt topiladi.

### Nonni press-formalash uskunasi

Ishlab chiqarish liniyamizning eng asosiy uskunasiga ham yetib keldik. Uskunaning ishlash prinsipi quyidagicha: uskunaning yuqori qismidan tayyor oshirtirilgan xamir solinadi. Uskunaning o\`zi belgilab qo\`yilgan og\`irlikdagi xamirlarni dumaloq shaklda tashlab beradi. Keyin esa uskunadagi qolipli press xamirlarni yoyib beradi. Shu o\`rinda ba\`zi bir ma\`lumotlarni eslatib o\`tish maqsadga muvofiq. Uskuna yordamida turli xil qalinliklardagi nonlarni ishlab chiqara olasiz. Qolipga esa siz o\`zingizning brendingizni yoki turli xil ma\`lumotlarni (ism, telefon raqam) kiritishingiz mumkin. Bu har bir uskuna individualligini bildiradi. Uskunadagi press qoliplarni o\`zgartirish mumkin. Buning uchun ko\`p kuch talab etilmaydi. Shu o\`rinda uskunaning bir xususiyatini ham sanab o\`tish maqsadga muvofiq: Uskunaga qo\`shimcha to\`lov orqali boshqa qismlar qo\`shsangiz siz non ichiga boshqa mahsulotlarni ham solishingiz mumkin. Misol uchun go\`shtli, yalpizli nonlar tayyorlash mumkin. Yuqorida joylashtirilgan rasmlardagi qismlarning vazifasi shulardan iborat.

## Video

- https://youtu.be/Gny9ikFCoYg

Teglar: afexuz, non ishlab chiqarish, patir, texnalogiya, uskunalar, xitoydan

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/non-ishlab-chiqarish-liniyasi/
uz · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-khleba.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/nan-ondiru-jelisi.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-non.md) · [en](https://afex.uz/en/product/bread-production-line.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/nang-bing-shengchan-xian.md)
