Metallga naqshinkor ishlov berish uskunalari AF-L025

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Metallga turli xil naqshinkor bezakli qilib ishlov berish san’ati bir necha asrlardan beri rivojlanib kelayotgan sohalardan sanaladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bizning AFEX-GROUP kompaniyasi tomonidan tavsiya etilayotgan uskunalar yordamida o’z ishingizni yengillatib, mijozlaringizga betakror mahsulotlar qilib berishingizga ishonamiz. Metallga naqshinkor ishlov berish asosan panjalar, darvozalar va hovli uchun zarur bo’lgan boshqa ko’plab buyumlarda ishlatladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki biz sizlarga eng ko’p foydalaniladigan asosiy uskunalarni tavsiya etishga harakat qildik, sizning buyurtmangizga ko’ra boshqa turdagi uskunalarni ham olib kelishimiz mumkin.

31,750$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

PROFIL VA TEKIS YUZALI METALLGA NAQSH BOSISH USKUNASI (AX-M1)

Ushbu uskuna yordamida hosil qilingan narqshlar xuddi quyilgan naqshlar kabi ko’rinishga ega bo’ladi, ya’ni detaldan bo’rtib chiqib turishi bilan odamni o’ziga jalb etadi.

Profil va tekis yuzali metallga naqsh bosish uskunasi(AX-M1)
Kuchlanish 380v
Motor quvvati 5,5kw
Ishlash tezligi 380metr/soat
Tavsiya etiladigan profil 60x60mm
Truba diametr o’lchami 60mm
Og’irligi 1050kg
O’lchami 1980x710x1500mm

Siz mahsulot ko’rinishiuni o’zgartirish uchun undagi rolikli qolipni oz’zgartirishingiz kerak bo’ladi. Sizga kompaniyamiz tomonidan 15 xildagi qoliplar uskuna bepul qo’shib beriladi. Bu uskuna yordamida siz ko’plab mahsulotlarni bejirim ko’rinishda qilib ishlashingiz mumkin. Ayniqsa dabdabali darvozalar qilishda ushbu uskunadan qilingan ihslar anchagina foyda keltiradi.

METALL PRUTLAR QIZDIRISH UCHUN PECH (AX-M2)

Ushbu uskuna birmuncha qulay ishlangan bo’lib, o’zining oldingi avlodlaridan tezkorligi, tabiiy gaz o’rniga elektr tokidan foydalanishi bilan ajralib turadi. Qizdirib turib metallga shakl berish uchun yana qo’shimcha uskuna kerak bo’ladi, lekin eng muhimi siz ushbu uskuna bilan yuqori sifatli va juda tezkor holatda mahsulot chiqara olasiz. Ishlash jarayonida qizdirish temperaturasini nazorat qilishingiz. uskunani pedal yordamida boshqarishingiz mumkin.

Metall induksion qizdirish uchun pech(AX-M2)
Kuchlanish 380v50hz
Quvvat sarfi 5-20kw
Ishlash tezligi Mahsulot uchun 5-7 sekund
Tavsiya etiladigan prut 35mm gacha
Yumaloq prut <F16mm
Tekis temir <10x50mm
Og’irligi 230kg
O’lchami 1250x620X1100mm

METALLGA GIDRAVLIK GORIZONTAL PRESS YORDAMIDA ISHLOV BERISH USKUNASI (AX-M3)

Metall induksion qizdirish uchun pech(AX-M2)
Kuchlanish 380v50hz
Quvvat sarfi 5-20kw
Ishlash tezligi Mahsulot uchun 5-7 sekund
Tavsiya etiladigan prut 35mm gacha
Yumaloq prut <F16mm
Tekis temir <10x50mm
Og’irligi 230kg
O’lchami 1250x620X1100mm

METALLGA EGIB AYLANA ISHLOV BERISH USKUNASI (AX-M4)

Ushbu uskunamiz sizga asosan bezakli mahsulotlar yasashda qo’l keladi. Unda yasalgan bezaklarni siz asosan zinalar uchun va birir bir qismlarni o’rashda ishlatiladigan panjaralarda ishlatganingiz maqsadga muvofiq va bu sizning fantaziyangizga ko’proq bog’liq. Uskuna uchun 4 xil turdagi mahsulotlar uchun mo’njallangan qoliplar taqdim etiladi. Ushbu qoliplar bilan ham aylana ham to’rtburchak shaklli mahsulotlarni ishlatgan holda bejirim bezaklar ishlab chiqarish mumkin.

METALLNI DEKORATIV BUKISH USKUNASI (AX-M5)

Dekorativ bukish uskunasi ham asosiy uskunalardan hisoblanadi. Sababi siz gorizontal gidravlik bukish uskunasida qilingan mahsulotlarni o’rta qismlariga ya’ni ularni o’zaro birlashtirish uchun ushbu uskunada qilingan mahsulotlar sizga qo’l keladi. Bundan tashqari ushbu uskunaning o’zida chiqarilgan va bukilish burchaklari turlicha bo’lgan qismlarni birlashtirish orqali ham ajoyib naqshinkor bezaklar hosil qilishingiz mumkin. Sizga har xil diametrli bukishlarni amalga oshira olishingiz uchun uskunaga 4 xil qolip bepul qo’shib beriladi.

Metallni dekorativ bukish uskunasi(AX-M5)
Kuchlanish 380v50hz
Quvvat sarfi 2,2kw
Ishlash tezligi Mahsulot uchun 5-9 sekund
Tavsiya etiladigan prut 35mm gacha
Yumaloq prut <F16mm
Tekis temir <8x50mm
Og’irligi 550 kg
O’lchami 1000x700x1200mm

QIZDIRILGAN METALL BOSH QISMIGA PRESSLI IZ TUSHIRISH USKUNASI (AX-M6)

Qizdirilgan metallga hozirgi kunda eng mashhur bo’lgan baliqning dum qismi ko’rinishiga o’xshash iz tushirib berish uchun ushbu uskuna sizga zarur bo’ladi. Uskuna o’ziga o’rnatilgan mustahkam reduktor yordamida markazdan qochma kuch orqali bir biriga qarab harakatlanuvchi ikkita mustahkam val yordamida iz tushiriladi. Ishlash jarayon videosini kuzatish orqali siz ko’proq ma’lumotga ega bo’lasiz.

Qizdirilgan metal bosh qismiga pressli iz tushirish uskunasi(AX-M6)
Kuchlanish 380v50hz
Quvvat sarfi 2,2kw
Ishlash tezligi Mahsulot uchun 5-7 sekund
Tavsiya etiladigan prut 35mm gacha
Yumaloq prut <F16mm
Tekis temir <8x50mm
Og’irligi 380kg
O’lchami 1250x620x1100m

 

 

 

 

PROFIL HAMDA METALL TRUBALARNI ARKALI BUKIB BERISH USKUNASI (AX-M7)

Hozirgi kunda turli xildagi murakkab bezaklar uchun har xil arkali shakllar kerak bo’lmoqda. Arkali shakllarni hosil qilish uchun biz sizga quyidagi ixcham uskunani tavsiya etamiz. Ishlash uslubi yarim avtomatik bo’lgan ushbu uskunaga 9 xildagi qoliplar qo’shib beriladi. Ushbu uskuna yordamida truba hamda profillar uchun ishlatish mumkin bo’ladi.

 

Profil hamda metal trubalarni arkali bukib berish uskunasi(AX-M7)
Kuchlanish 380v50hz
Quvvat sarfi 1,1kw
Ishlash tezligi Mahsulot uchun 10-18 sekund
Tavsiya etiladigan prut 15mm 70mm gacha
Yumaloq prut <76mm
Og’irligi 400kg
O’lchami 1000x700x1200mm

 

PRESSLI SHTAMPLASH ORQALI DEKORATIV BEZAKLI MAHSULOTLAR CHIQARISH USKUNASI (AX-M8)

Turli xildagi gullar va barglarni metalldan hosil qilish uchun shtampli presslash uskunasi ishlatiladi. Shtampli presslashda har bir detal uchun alohida qolip yasaladi. Qoliplar narxlari uning murakkabligidan kelib chiqqan holatda 400$ dan 1500$ gacha bo’lishi mumkin.

Pressli shtamplash orqali dekorativ bezakli mahsulotlar chiqarish uskunasi(AX-M8)
Kuchlanish 380v50hz
Quvvat sarfi 3 kw
Ishlash tezligi 3-5 sekundda bir mahsulot
Presslash kuchi 25T
List qalinligi <2mm gacha
Og’irligi 950kg
O’lchami 1100*750*2050mm

Biz sizlarga yuqorida tavsiya etgan uskunalar yordamida o’z biznesingizni bemalol boshlashingiz mumkin. Imkon qadar sizlarga uskunalarni to’liq holda tavsiya etishga harakat qildik. Agar sizda boshqa qo’shimcha mahsulotlar uchun uskunalar zarur bo’lsa, biz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin.

 

Narxlar
Profil va tekis yuzali metallga naqsh bosish uskunasi(AX-M1) 9300$
Metall prutlar qizdirish uchun pech(AX-M2) 3300$
Metallga gidravlik gorizontal press yordamida ishlov berish uskunasi(AX-M3) 3700$
Metallga egib aylana ishlov berish uskunasi(AX-M4) 3700$
Metallni dekorativ bukish uskunasi(AX-M5) 2900$
Qizdirilgan metal bosh qismiga pressli iz tushirish uskunasi(AX-M6) 1700$
Profil hamda metal trubalarniu arkali bukib berish uskunasi(AX-M7) 1450$
Pressli shtamplash orqali dekorativ bezakli mahsulotlar chiqarish uskunasi 25T(AX-M8) 5700$
Umumiy narxi(QQS narxga qo’shilmagan Toshkentgacha yetkazib beriladi) 31750$

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Metallga naqshinkor ishlov berish uskunalari AF-L025”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish