# Metallga naqshinkor ishlov berish uskunalari AF-L025
> Metallga turli xil naqshinkor bezakli qilib ishlov berish san'ati bir necha asrlardan beri rivojlanib kelayotgan sohalardan sanaladi.
Katalog: Metallga ishlov berish
SKU: 617ce03a23e41002114665a2
Yangilangan: 2026-07-15

Metallga turli xil naqshinkor bezakli qilib ishlov berish san'ati bir necha asrlardan beri rivojlanib kelayotgan sohalardan sanaladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, bizning AFEX-GROUP kompaniyasi tomonidan tavsiya etilayotgan uskunalar yordamida o'z ishingizni yengillatib, mijozlaringizga betakror mahsulotlar qilib berishingizga ishonamiz. Metallga naqshinkor ishlov berish asosan panjalar, darvozalar va hovli uchun zarur bo'lgan boshqa ko'plab buyumlarda ishlatladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki biz sizlarga eng ko'p foydalaniladigan asosiy uskunalarni tavsiya etishga harakat qildik, sizning buyurtmangizga ko'ra boshqa turdagi uskunalarni ham olib kelishimiz mumkin.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Motor quvvati:** 5,5kw
- **Kuchlanish:** 380v
- **Truba diametr o’lchami:** 60mm
- **Og’irligi:** 1050kg
- **O’lchami:** 1980x710x1500mm
- **Quvvat sarfi:** 5-20kw

## Texnik xususiyatlar

### Profil va tekis yuzali metallga naqsh bosish uskunasi(AX-M1)

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380v |
| Motor quvvati | 5,5kw |
| Ishlash tezligi | 380metr/soat |
| Tavsiya etiladigan profil | 60x60mm |
| Truba diametr o’lchami | 60mm |
| Og’irligi | 1050kg |
| O’lchami | 1980x710x1500mm |

### Metall induksion qizdirish uchun pech(AX-M2)

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 5-20kw |
| Ishlash tezligi | Mahsulot uchun 5-7 sekund |
| Tavsiya etiladigan prut | 35mm gacha |
| Yumaloq prut | <F16mm |
| Tekis temir | <10x50mm |
| Og’irligi | 230kg |
| O’lchami | 1250x620X1100mm |

### Metall induksion qizdirish uchun pech(AX-M2)

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 5-20kw |
| Ishlash tezligi | Mahsulot uchun 5-7 sekund |
| Tavsiya etiladigan prut | 35mm gacha |
| Yumaloq prut | <F16mm |
| Tekis temir | <10x50mm |
| Og’irligi | 230kg |
| O’lchami | 1250x620X1100mm |

### Metallni dekorativ bukish uskunasi(AX-M5)

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 2,2kw |
| Ishlash tezligi | Mahsulot uchun 5-9 sekund |
| Tavsiya etiladigan prut | 35mm gacha |
| Yumaloq prut | <F16mm |
| Tekis temir | <8x50mm |
| Og’irligi | 550 kg |
| O’lchami | 1000x700x1200mm |

### Qizdirilgan metal bosh qismiga pressli iz tushirish uskunasi(AX-M6)

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 2,2kw |
| Ishlash tezligi | Mahsulot uchun 5-7 sekund |
| Tavsiya etiladigan prut | 35mm gacha |
| Yumaloq prut | <F16mm |
| Tekis temir | <8x50mm |
| Og’irligi | 380kg |
| O’lchami | 1250x620x1100m |

### Profil hamda metal trubalarni arkali bukib berish uskunasi(AX-M7)

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 1,1kw |
| Ishlash tezligi | Mahsulot uchun 10-18 sekund |
| Tavsiya etiladigan prut | 15mm 70mm gacha |
| Yumaloq prut | <76mm |
| Og’irligi | 400kg |
| O’lchami | 1000x700x1200mm |

### PRESSLI SHTAMPLASH ORQALI DEKORATIV BEZAKLI MAHSULOTLAR CHIQARISH USKUNASI (AX-M8)

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380v50hz |
| Quvvat sarfi | 3 kw |
| Ishlash tezligi | 3-5 sekundda bir mahsulot |
| Presslash kuchi | 25T |
| List qalinligi | <2mm gacha |
| Og’irligi | 950kg |
| O’lchami | 1100*750*2050mm |

## Tavsif

Ushbu uskuna yordamida hosil qilingan narqshlar xuddi quyilgan naqshlar kabi ko'rinishga ega bo'ladi, ya'ni detaldan bo'rtib chiqib turishi bilan odamni o'ziga jalb etadi.

Siz mahsulot ko'rinishiuni o'zgartirish uchun undagi rolikli qolipni oz'zgartirishingiz kerak bo'ladi. Sizga kompaniyamiz tomonidan 15 xildagi qoliplar uskuna bepul qo'shib beriladi. Bu uskuna yordamida siz ko'plab mahsulotlarni bejirim ko'rinishda qilib ishlashingiz mumkin. Ayniqsa dabdabali darvozalar qilishda ushbu uskunadan qilingan ihslar anchagina foyda keltiradi.

Ushbu uskuna birmuncha qulay ishlangan bo'lib, o'zining oldingi avlodlaridan tezkorligi, tabiiy gaz o'rniga elektr tokidan foydalanishi bilan ajralib turadi. Qizdirib turib metallga shakl berish uchun yana qo'shimcha uskuna kerak bo'ladi, lekin eng muhimi siz ushbu uskuna bilan yuqori sifatli va juda tezkor holatda mahsulot chiqara olasiz. Ishlash jarayonida qizdirish temperaturasini nazorat qilishingiz. uskunani pedal yordamida boshqarishingiz mumkin.

### METALLGA EGIB AYLANA ISHLOV BERISH USKUNASI (AX-M4)

Ushbu uskunamiz sizga asosan bezakli mahsulotlar yasashda qo'l keladi. Unda yasalgan bezaklarni siz asosan zinalar uchun va birir bir qismlarni o'rashda ishlatiladigan panjaralarda ishlatganingiz maqsadga muvofiq va bu sizning fantaziyangizga ko'proq bog'liq. Uskuna uchun 4 xil turdagi mahsulotlar uchun mo'njallangan qoliplar taqdim etiladi. Ushbu qoliplar bilan ham aylana ham to'rtburchak shaklli mahsulotlarni ishlatgan holda bejirim bezaklar ishlab chiqarish mumkin.

Dekorativ bukish uskunasi ham asosiy uskunalardan hisoblanadi. Sababi siz gorizontal gidravlik bukish uskunasida qilingan mahsulotlarni o'rta qismlariga ya'ni ularni o'zaro birlashtirish uchun ushbu uskunada qilingan mahsulotlar sizga qo'l keladi. Bundan tashqari ushbu uskunaning o'zida chiqarilgan va bukilish burchaklari turlicha bo'lgan qismlarni birlashtirish orqali ham ajoyib naqshinkor bezaklar hosil qilishingiz mumkin. Sizga har xil diametrli bukishlarni amalga oshira olishingiz uchun uskunaga 4 xil qolip bepul qo'shib beriladi.

Qizdirilgan metallga hozirgi kunda eng mashhur bo'lgan baliqning dum qismi ko'rinishiga o'xshash iz tushirib berish uchun ushbu uskuna sizga zarur bo'ladi. Uskuna o'ziga o'rnatilgan mustahkam reduktor yordamida markazdan qochma kuch orqali bir biriga qarab harakatlanuvchi ikkita mustahkam val yordamida iz tushiriladi. Ishlash jarayon videosini kuzatish orqali siz ko'proq ma'lumotga ega bo'lasiz.

Hozirgi kunda turli xildagi murakkab bezaklar uchun har xil arkali shakllar kerak bo'lmoqda. Arkali shakllarni hosil qilish uchun biz sizga quyidagi ixcham uskunani tavsiya etamiz. Ishlash uslubi yarim avtomatik bo'lgan ushbu uskunaga 9 xildagi qoliplar qo'shib beriladi. Ushbu uskuna yordamida truba hamda profillar uchun ishlatish mumkin bo'ladi.

Turli xildagi gullar va barglarni metalldan hosil qilish uchun shtampli presslash uskunasi ishlatiladi. Shtampli presslashda har bir detal uchun alohida qolip yasaladi. Qoliplar narxlari uning murakkabligidan kelib chiqqan holatda 400$ dan 1500$ gacha bo'lishi mumkin.

Biz sizlarga yuqorida tavsiya etgan uskunalar yordamida o'z biznesingizni bemalol boshlashingiz mumkin. Imkon qadar sizlarga uskunalarni to'liq holda tavsiya etishga harakat qildik. Agar sizda boshqa qo'shimcha mahsulotlar uchun uskunalar zarur bo'lsa, biz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin.

## Video

- https://youtu.be/Vs21AV1DDuc
- https://youtu.be/1i5Cz01Va5g
- https://youtu.be/N166sNyCI1c
- https://youtu.be/ylwfxbxzVpA

Teglar: ishlab chiqarish, metallga ishlov berish, xitoy, xitoydan

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/metallga-naqshinkor-ishlov-berish-uskunalari-af-l024/
uz · [ru](https://afex.uz/ru/product/oborudovaniye-dlya-gravirovki-metalla-af-l025.md) · [en](https://afex.uz/en/product/metal-engraving-equipment-af-l025.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/metaldy-ornektep-ondeu-jabdyqtary-af-l025.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/tajhizoti-korkardi-naqshini-metall-af-l025.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/tie-yi-jiagong-shebei-af-l025.md)
