# Metall listga naqsh tushirish uskunasi
> Metallga naqsh tushirish uskunasi — bu turli sohalarda metall yuzasida ko‘tarilgan yoki cho‘kkan naqshlar, bezaklar yoki yozuvlar hosil…
Katalog: Metallga ishlov berish
Yangilangan: 2026-07-14

Metallga naqsh tushirish uskunasi — bu turli sohalarda metall yuzasida ko‘tarilgan yoki cho‘kkan naqshlar, bezaklar yoki yozuvlar hosil qilish uchun ishlatiladigan uskuna hisoblanadi. Metallga naqsh tushirish jarayoni metall list yoki plastinkani bosim orqali deformatsiya qilish orqali amalga oshiriladi, natijada uning yuzasida uch o‘lchamli (3D) relyef hosil bo‘ladi. Bunday naqshli metall bezak uchun, brendlash, yorliqlash yoki funksional maqsadlarda ishlatilishi mumkin.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Elektr quvvati:** 11 kVt
- **Ishlab chiqarish tezligi:** 10–15 m/min
- **Uskuna o’lchami:** 3600x1200x1700 mm
- **Naqsh bosish uchun materiali qalinligi:** 1-4 mm
- **Naqsh bosish uchun material kengligi:** 1200 mm
- **Val o‘qi:** 400 mm massiv o‘q

## Texnik xususiyatlar

### Ishlash jarayoni quyidagicha

| | |
|---|---|
| Naqsh bosish uchun material | Alyuminiy |
| Naqsh bosish uchun materiali qalinligi | 1-4 mm |
| Naqsh bosish uchun material kengligi | 1200 mm |
| Val o‘qi | 400 mm massiv o‘q |
| Val naqshi | chizmaga asosan |
| O‘rta plastina | Archway 80 mm |
| Val materiali | 45 karbonli po‘lat, nozik silliqlash, qizdirib ishlov berish va mustahkamlash, nozik o‘yma jarayoni |
| Val qattiqligi | HRC52–58° |
| Naqsh tushirish usuli | Yuqori va pastki val bosimi orqali |
| Elektr quvvati | 11 kVt |
| Naqsh bosish sozlamasi | vintli bosim |
| Uzatma | tishli uzatkich (gear drive) |
| Ishlab chiqarish tezligi | 10–15 m/min |
| Uskuna o’lchami | 3600x1200x1700 mm |

## Komplektatsiya

### Metall listga naqsh tushirish uskunasining asosiy qismlari

- Oziqlantirish stoli
- Naqsh tushirish uskunasi
- Tekislaydigan qurilma
- Qabul stoli (Runout table)

## Tavsif

Metall list avval oziqlantirish stoliga joylanadi, so‘ngra naqsh tushirish uskunasiga uzatiladi va u yerda sirpanishga qarshi naqsh bosiladi. Naqsh tushirilgach, list tekislikni ta’minlash uchun tekislagichdan o‘tadi va yakunda qabul stoliga tushadi, bu yerda yig‘ib olinadi yoki keyingi ishlovga yuboriladi.

### Taklif etilgan naqsh

### Naqshlar turi

Naqsh turiga qarab uskuna narxi o'zgarishi mumkin.

## Video

- https://youtube.com/shorts/yeJPX8cVwXA

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/metall-listga-naqsh-tushirish-uskunasi/
uz · [ru](https://afex.uz/ru/product/оборудование-для-тиснения-металлического-листа.md) · [en](https://afex.uz/en/product/metal-sheet-embossing-machine.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/tajhizoti-naqshzani-ba-varaqi-metalli.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/metall-tabaqqa-ornek-basu-jabdygy.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/jinshu-ban-yahua-ji.md)
