# Metall gubka ishlab chiqarish uskunasi AF-B006
> Uy bekalarimizning xo'jalik ishlarida asqotadigan asosiy vositalaridan biri bu metall gubkalar hisoblanadi.
Katalog: Metallga ishlov berish
SKU: 60a352f60bd70c035030a617
Yangilangan: 2026-07-15

Uy bekalarimizning xo'jalik ishlarida asqotadigan asosiy vositalaridan biri bu metall gubkalar hisoblanadi. Chunki mochalkali gubkalar ketkaza olmagan idishlarimizdagi kirlarni tozalashda metall gubkalar bizga yordamga keladi va idishlarimizning toza yuvilishida bunday turdagi gubkalarning xizmati beqiyosdir. Metall gubkalar yordamida qozonlar, choynaklar, tova (skovorodka)lar, metall kastryullar, gaz plitalar, elektr plitalar, rakovinalar, grill, steyk pishiradigan uskunalar, sixlar va boshqa shu turdagi metalldan yasalgan idishlardagi ketishi qiyin bo'lgan kirlarni osonlik bilan ketkazish mumkin. Zamonaviy davrimizning eng foydali ixtirolaridan biri hisoblangan bunday gubkalar metalldan yasalgan bo'lib, juda ham mustahkam hisoblanadi. Bu esa yuqorida aytib o'tganimizdek, tozalash qiyin bo'lgan idishlarni chinnidek qilib tozalashda bizga yaqindan yordam beradi.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Quvvati:** 1,5kw/soat
- **Model:** AF-130C
- **Kuchlanish:** 380/220V50/60Hz
- **Silindrlar diametric:** 130mm
- **Uskuna o’lchami:** 1700x900x1500mm
- **Og’irligi:** 450kg

## Texnik xususiyatlar

### Metall gubka ishlab chiqarish uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Ishlab chiqarilgan yil | 2019 |
| Model | AF-130C |
| Kuchlanish | 380/220V50/60Hz |
| Quvvati | 1,5kw/soat |
| Silindrlar soni | 2ta |
| Silindrlar diametric | 130mm |
| Ishla chiqarish hajmi | 8 kg/soat |
| Uskuna o’lchami | 1700x900x1500mm |
| Og’irligi | 450kg |

## Tavsif

"AFEX-GROUP" jamoasi sizlarga xuddi shunday metall gubkalarni ishlab chiqarish uskunasini taqdim etadi. Metall gubka ishlab chiqarish biznesini yo'lga qo'yib siz yaxshigina daromad olishingiz mumkin.

Uskunani joylashtirish uchun sizga eng kamida 3x3 m o'lchamdagi, 380 V elektr kuchlanishli xona kifoya qiladi.

- Mahsulot uchun xomashyo sifatida SS 410 simi ishlatilib, biz sizga ushbu simni topishda yordam beramiz
- Uskunaning asosiy qismlariga 1 yil kafolat beriladi.
- Siz uskunani kun davomida 20 soatgacha, 10 yil davomida bemalol ishlatishingiz mumkin.
- Uskuna xomashyoni mahsulotga aylatirishda eng minimal darajada (deyarli umuman yo'q) chiqim (otxod) chiqaradi. Bu esa sizga ko'proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
- Uskunaga avtomatik sanash va elektron tarozi o\`rnatilgan bo'lib bu sizga o'ta aniqlikni ta'minlab beradi.

Keling endi barchamiz uchun eng qiziqarli bo'lgan qismga o'tamiz, ya'ni ushbu bizni yo'lga qo'yib qancha daromad ko\`rish mumkinligini taxminiy hisob-kitob qilib ko'ramiz.

Mahsulot uchun ishlatiladigan xomashyo SS 410 simlarining bir kilosi 20 ming so'm (narx o'zgarishi mumkin) atrofida turadi. Agar sizning metal gubkangiz 10 gramm bo'lgan taqdirda bir kilogram xomashyodan siz taxminan 100 dona metal gubka ishlab chiqarasiz. Uskuna bir soatda 8 kggacha mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Demak siz bir soatda 800 dona metal gubka ishlab chiqarishingiz mumkin. Agar uskunani 8 soat davomida ishlatsangiz bir kunda 6400 tagacha metall gubka ishlab chiqarishingiz mumkin.

Demak 8 soat davomida siz 64 kg xomashyo ishlatasiz.

Uskuna 1 soatda 1,5 kilovatt elektr energiya sarflaydi. Bino yoritish uchun va boshqa maqsadlarda soatiga 2 kilovatt elektr energiya sarflagan taqdirda 10 soat davomida 20 kilovatt elektr energiya sarflanadi.

Hozirda do'konlardan bunday metall gubkalarning bir donasini 500 dan 1000 so'mgacha harid qilishingiz mumkin. Siz do'konlarga o'z mahsulotingizni ulgurji narxda ya'ni 300 (bu narxdan qimmat ham bo'lishi mumkin) so'mdan sotgan taqdiringizda bir kunda 400 000 so'mni atrofida sof foyda olishingiz mumkin.

Buning uchun siz faqatgina tadbirkorlik qobiliyatingizni ishga solib ishlab chiqargan mahsulotlaringizni sotsangiz kifoya.

Teglar: ishlab chiqarish, metall gubka, xitoy, xitoydan

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/metall-gubka-ishlab-chiqarish-uskunasi-af-b006/
uz · [en](https://afex.uz/en/product/metal-sponge-production-equipment-af-b006.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/gangsi-qiu-ji-af-b006.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/tajhizoti-istehsoli-isfanji-metalli-af-b006.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/metall-gubka-ondiru-jabdygy-af-b006.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/oborudovaniye-dlya-proizvodstva-metallicheskoy-gubki-af-b006.md)
