Makaron ishlab chiqarish liniyasi 40kg soat AF-L010

Mavjudligi:

Buyurtma bo'yicha mavjud


Yevropa xalqlarida spagetti sevib iste’mol qilinsa Osiyo xalqlari makaron mahsulotlarini ko’proq xush ko’rishadi. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz siz aziz tadbirkorlar uchun qiziq bo’lgan ixcham makaron liniyasini tavsiya etmoqdamiz. Ushbu liniya oilaviy korxonalar va kichik biznes vakillari uchun mo’ljallangan bo’lib, ishlab chiqarish hajmi katta liniyalar singari ko’p emas, ammo sifatli mahsulot chiqarib berishga qodir. Yosh tadbirkorlar va biznesga endi qadam qo’yganlar uchun kompaniyamiz tomonidan uskuna bo’yicha to’liq konsultatsiya beriladi. Biz sizlarni ortiqcha ovoragarchiliklardan holi qilish maqsadida to’liq ixcham liniyani tavsiya etishni joiz deb topdik.

 

8,600$

EKSTRUDER

Ushbu uskuna o’zida xamir tayyorlash qismi hamda makaron mahsulotini siqib chiqarish qismlarini o’zida jamlagan bo’lib, quvvati 40 kg soatgacha yetadi. Ko’p hollarda chiqargan mahsulotingiz unumdorligi siz ishlab chiqarishda tanlagan qolip shakliga ko’proq bog’liq sanaladi, chunki hamma makaron mahsulotlari ham bir xil vaznga va hajmga ega emas. Ushbu uskunaga siz xoxlagan 2 xil ko’rinishdagi makaron qoliplarini qo’shib beramiz. Qo’shimcha qoliplarni buyurtma orqali olib kelib beramiz.

KONVEYER LENTASI

Konveyer lentasi ekstruderdan chiqqan mahsulotni par berish orqali yuza qismini silliqlashtirib berish uchun xizmat qiladi. Konveyer lentaga bug’ generatori orqali chiqadigan qismdan o’tgach sovutiladi. Shundan so’ng u quritish shkafi sari yo’l oladi.

BUG’ GENERATORI

Ushbu qism konveyer lentasi bilan birga ishlaydi va makaronga bug’ berish orqali uning yuzasini silliq bo’lishini ta’minlaydi. Ushbu jarayonda par berish tezligi va lenta harakati bir biriga mutanosib bo’lishi juda muhim, aks holda makaronga kam yoki ko’p bug’ berilishi mumkin. Bu esa mahsulotingiz sifatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

QURITISH SHKAFI

Quritish jarayoni tayyor mahsulot uchun muhim qismlardan biri sanalib aynan ushbu qism sizga mahsulotingizning asl holatini ko’rsatib beradi. Quritish vaqti makaronning namlik darajasiga bevosita bog’liq hisoblanadi. Issiqlikni oshirib yuborish ham mahsulotingiz ko’rinishiga salbiy tasir qiladi. Bu jarayonda kam issiqlikni havo orqali berib, uni ventilyatsion usulda biutun shkaf bo’ylab harakatlantiradi. Oqibatda makaronning hamma qavatlari bir xilda qurishi ta’minlanadi. Makaronni o’rtacha namlik holatida 1 soat atrofida quritish maqsadga muvofiq.

Quritish shkafidan olingan makaronlar yaxshilab sovutilgach ularni idishlarga qadoqlash va mijozlarga yetqazish qoladi xolos. Biz uskuna narxi oshib ketishini oldini olish maqsadida sizga yarim avtomat qadoqlash uskunasini tavsiya qilmoqdamiz.

Yuqoridagi liniya uchun quyidagi talablarni xaridor bajarishi lozim bo’ladi:

  • 50 m2 dan kam bo’lmagan sanitariya gigiyena talablariga mos keluvchi xona
  • 2 nafar ishchi
  • 380 v 50 hz kuchlanishli xona ichida joylashga tarmoq shiti
  • Agar imkon bo’lsa sovuq suv tarmog’i, imkon bo’lmagan taqdirda 200L li plastik idish
  • Injener texnolog talab qilgan boshqa kichik talablar

 

SKU: AF-L010 Bo'lim: Tag: , , ,

Baholash

0.0 overall
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib baho bering “Makaron ishlab chiqarish liniyasi 40kg soat AF-L010”

Hozircha sharhlar yo'q.