, ,

Kompyuterli naqshli ko’rpa qavish uskunasi AF-L027

(2 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Omborda 3 dona mavjud


Vaqt o’tishi bilan qo’l mehnatini o’rnini robotlar va aqlli uskunalar egallamoqda. Hozirgi kunda hayotimizga shiddat bilan kirib kelgan yangiliklardan yana biri avtomatik qavish uskunasidir. Uskuna keng turdagi dizaynlardan foydalana oladi. Uskuna xotirasida 250 dan ortiq dizaynlar joylangan bo’lib, tayyor dizaynlardan ham bemalol foydalanishingiz mumkin. Uskunaga kompyuter orqali o’zingiz xoxlagan boshqa turdagi dizaynlarni ham flesh xotira yordamida kiritish ham mumkin. Uskuna yordamida yozgi va qishki ko’rpalar qavishingiz mumkin. Siz ushbu biznesni boshlashingiz uchun qo’shimcha 2 xil uskuna lozim bo’ladi. Eng qizig’i uskuna ishlab chiqargan ko’rpalar mavsum tanlamaydigan bizneslar sirasiga kiradi. Sababi qishda sovuq ob havo sababli talab yuqori bo’ladi, yoz mavsumi hammamizga ma’lum yurtimizda to’ylar mavsumi hamdir. Shu sababli to’y uchun sarpoga eng yaxshi sovg’alardan biri hisoblanadi. Shunday ekan ushbu biznes sizning daromadlaringiz uchun yaxshi xizmat qilishiga ishonamiz.

11,850$

Omborda 3 dona mavjud

SINTEPON, PAXTA TITISH VA O’RAB BERISH USKUNASI

Ushbu uskuna ikki xil xomashyo bilan ham ishlay olganligi tufayli talab yuqori. Uskuna nisbatan ixcham ishlangan bo’lib, uni kichik hajmli xonaga ham o’rnatish mumkin. Uskuna ishlash jarayonida havo chiqaruvchi (chang chiqaruvchi) quvurini boshqa xonaga yo’naltirish maqsadga muvofiq sanaladi. Ushbu uskuna ishlatish qulay va sodda bo’lganligi sababli malakali xodimlarni talab qilmaydi. Uskuna korpusi to’liq metalldan ishlangan bo’lib, sizga uzoq vaqtlar xizmat qiladi.

 

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Sichuan
Qayta ishlash quvvati 25-50 kg/soat
Quvvat sarfi 5,5kw/soat
Kuchlanish 380 V 50 hz
Og’irligi 550 Kg
Ishlatilish sohasi

Paxta, Sintepon,Spunbond va boshqa shu turdagi mahsulotlar uchun

KOMPYUTERLI NAQSHLI QAVISH USKUNASI

Naqshli qavishni qo’lda bajarish imkonsiz bo’lganligi uchun biz sizlarga yuqori samaradorlikka ega qavish uskunasini tavsiya qilmoqdamiz. Kompyuter yordamida o’zingiz individual dizaynlar ham yaratib uskuna PLC boshqaruv tizimiga kiritsh mumkin. Buning uchun sizdan kerakli dasturiy ta’minot va Corel Draw bo’yicha yetarlicha ko’nikma zarur bo’ladi.

Uskunaning quyidagi jihatlari qolgan uskunalardan farqlanadi

  • Uskuna keng formatda ishlay olish xususiyatiga ega;
  • Qavish stolini kichraytirish va istalgan o’lchamga qo’yish imkoni bor;
  • LCD monitorga ega PLC bosharuv tizimli boshqaruv paneli
  • Qulay bo’lishi uchun 220v lik kuchlanishda ishlaydi;
  • Sinxron remenli uzatma bilan boyitilgan texnologiya;
  • Ip uzilganda avtomatik to’xtash funksiyasi
  • Elektr tokidan uzilganda oxirgi ishni davom ettirish funksiyasi ya’ni xotirada saqlab qolish;
  • Xatolik yuz berganda ogohlantirish chiroqlarining yonishi;
  • Ko’rpa ichini sintepon, paxta, qo’y juni, tuya juni va boshqa yumshoq mahsulotlar bilan to’ldirilganda ham ishlay olish qobiliyati;
  • Yuqori tezlikda tikish 2200rpm (standart naqsh bilan qavilganda 3-4 daqiqada bir dona ko’rpa qavish imkoniyatiga ega)

 

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Zhengzhou
Qavish maydoni 2200mm*2400mm
Quvvat sarfi 1,5kw/soat
Kuchlanish 220v 50 hz
Og’irligi 2200 Kg
Mator turi Zamonaviy Stepper mator
Qaviq oraliq masofasi 2-7 mm
Igna turi MRS 18-22#
Qavish turi Yakka boshli
Tavsiya etiladigan qalinlik 2-6 sm

KO’RPA CHETINI TIKIB BERISH USKUNASI

Qavilgan ko’rpalarni chet qismini qavish uskunasi tikib berolmaganligi uchun, sizga maxsus tikuv uskunasi kerak bo’ladi. Tikuv uskunasi oddiy ip yordamida yoki chet qismiga maxsus manjet qo’ygan holda tikib berish xususiyatiga ega. Bozorda o’z mahsulotingiz ajralib turishi va yuqori sifatga intiluvchi xaridorlar uchun ushbu tikuv uskunasi juda muhim sanaladi,

 

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Zhengzhou
Ishlash tezligi 5000 r/min
Quvvat sarfi 1.5 kw/soat
Kuchlanish 220v 50 Hz
Og’irligi 45 Kg
Mator turi Servomotor

Siz yuqoridagi uskunalarimiz yordamida 10 soat mobaynida 120 donaga qadar mahsulot ishlab chiqara olasiz. Keyinchalik biznesingizni yanada rivojlantirish uchun sizga yostiq ichini to’ldiruvchi va uni vakuumli presslovchi uskunalarni ham yetqazib berishimiz mumkin.

Narxlar
Sintepon,paxta titish va o’rab berish uskunasi 2200$
Komputerli naqshli qavish uskunasi 8900$
Ko’rpa chetini tikib berish uskunasi 750$
Jami(Toshkent shahridan qabul qilish QQS siz) 11850$

 

 

5.0 umumiy reyting
2
0
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Ogʻabek

    Тошкент

    Ogʻabek

  2. Зебо Шамсутдинова

    Ассалому алейкум,ушбу ишлаб чикариш линиясини урнатиш учун кандай хажмдаги хона,не та ишчи ва куйиладиган талабларни айтиб утсангиз,олдиндан рахмат

    Зебо Шамсутдинова

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish