# Ketchup ishlab chiqarish liniyasi (kuniga 3T xomashyodan) AF-L024
> Muzlatgichni ochganimizda ko'zimiz birinchi tushadigan mahsulot bu - Ketchupdir.
Katalog: Oziq-ovqat
SKU: 60b1e7da0bd70c142767ab21
Yangilangan: 2026-07-15

Muzlatgichni ochganimizda ko'zimiz birinchi tushadigan mahsulot bu - Ketchupdir. To'g'rida, axir uni har qanday taom bilan birga iste'mol qilish mumkin. Zamonaviy taomlarning deyarli barchasi ketchup qo'shib tayyorlanadi yoki ketchup qo'shib iste'mol qilinadi. Ayniqsa, Fast Food shahobchalari bu universal qo'shimchadan foydalanishni juda xush ko'rishadi, so'nggi vaqtda mijozlar eng ko'p ishlatadigan ibora ham: "ketchup ham qo'shib bering" dir. Shunday ekan bu mahsulotning xo'randalar orasida bunchalik mashhur ekanligini hech kim inkor qilmaydi. "AFEX-Group" kompaniyasi esa doimgidek siz aziz tadbirkorlarning biznesini gullab yashnashi tarafdori va shu sababli ham Sizlarga ushbu talabgir mahsulot, ya'ni KETCHUP ISHLAB CHIQARISH LINIYASIni taqdim etadi.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Quvvat sarfi:** 0.75kvt
- **Kuchlanish:** 380 V
- **Quvvat:** 0,75Kwt
- **Quvvati:** 4 Kwt
- **Maksimal quvvat:** 300V
- **Tegirmon diametric:** 80 mm

## Texnik xususiyatlar

### Konveyer

| | |
|---|---|
| Material | SUS 304 |
| Kuchlanish | 380 V |
| Quvvat sarfi | 0.75kvt |

### Ozon bilan tozalash uskunasi

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380V |
| Quvvat sarfi | 5.2Kvt |
| Ish hajmi | 1000-1500Kg/soat |
| Og’irligi | 400 Kg |
| O’lchami | 3300*1160*1290mm |

### Tozalash uskunasi

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380V |
| Quvvat | 0,75Kwt |
| Ish hajmi | 500-1500 kg/soat |
| O’lchami | 2000*720*890mm |

### Konveyer2

| | |
|---|---|
| Material | SUS304 |
| Kuchlanish | 380V |
| Quvvat sarfi | 1.1Kvt |
| Vazifasi | Tozalangan pomidorlarni Mixerga yetkazib berish |

### Sabzavot urug’ini ajratuvchi uskuna

| | |
|---|---|
| Ish hajmi | 300kg/soat |
| Material | Zanglamas metal SS304L |

### Maydalovchi vertical kolloid uskunasi

| | |
|---|---|
| Quvvat | 4 Kwt |
| Ishlash qalinligi | 2-44 mikron |
| Tegirmon diametric | 80 mm |
| Sovutish trubkasi | 12 mm |
| Tashqi diametr | 25mm |
| Kirish diametric | 48mm |
| Motor tezligi | 2900r/min |

### Gomogenizator

| | |
|---|---|
| Ishlash hajmi | 500 L |
| Isitish turi | Elektr toki |
| 3 qatlamli ko’tarma qopqoq | Mavjud |
| Aralashtirish/maydalash usuli | Statsionar mikser+ichki yon mikser+PTFE pichoqlari(4Kwt) |
| Aralashtirish tezligi(o’zgaruvchan) | 0-3000 rpm |
| Quvvat | 7,5 Kwt |
| Boshqaruv paneli | Tugmali boshqaruv,namlik o’tkazmaydigan |
| Kuchlanish | 380V/60Hz |
| Haroratni sozlash | Raqamli termometr(<140C) |

### Maxsus saqlovchi Bak

| | |
|---|---|
| Ishlash hajmi | 500L |
| Qalinligi | 4mm |
| Diametri | F900mm |
| Ustki germetik qopqoq | Mavjud |

### Rotor nasos(uzatmali)

| | |
|---|---|
| Quvvati | 4 Kwt |
| Ulanish hajmi | F51x1.5 |
| Egiluvchanligi | 1-2000000cP |
| Iste’mol chiqimi(L/soat) | 3000-5000 |

### Gorizontal quyib berish uskunasi

| | |
|---|---|
| To’ldirish hajmi | 100-1000 ml |
| Quyish tezligi | 20-30 dona/minut |
| Ish bosimi | 0,2-0,5 Mpa |
| Gaz iste’moli | 0,05 kubometr M/minut |
| Boshqarish usuli | Pnevmatik to’ldirish pedali |
| Umumiy og’irligi | 45 kg |

### Qopqoq yopib berish uskunasi

| | |
|---|---|
| Qopqoq yopish tezligi | 25-35 dona/minut |
| Qadoq balandligi | 50-300 mm |
| Qopqoq diametri | 20-50mm |
| Havo bosimi | 0,4-0,6 Mpa |
| Maksimal quvvat | 300V |
| Kuchlanish | 220V/50/60Hz |
| Og’irligi | 65 kg |

## Tavsif

Ishlab chiqarish jarayoni 3 bosqichdan iborat bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:

### I . POMIDORLARNI TOZALASH VA SARALASH BOSQICHI

Ushbu ko'taruvchi uskuna sabzavot va mevalarni kerakli uskunaga yetqazib berish vazifasini bajarib, boshqa asosiy uskunalarga qo'shimcha sifatida foydalaniladi. Ishchi kuchini va vaqtni tejashga yordam beradi.

Ko'plab meva va sabzavotlar tarkibida (asosan po'stida) organizm uchun zararli bo'lgan pestisid va nitrat kabi moddalar bo'ladi. Sabzavotlar odatiy suv bilan yuvilganda ularning faqatgina 10-30% qismi tozalanadi. Ozonlash uskunasi esa meva va sabzavotlarni (pomidorlarni ham albatta) barcha zararli moddalar va mikroblardan to'liq tozalaydi hamda mahsulotni uzoqroq vaqt saqlanishiga xizmat qiladi. Bu uskunadan meva va sabzavotlarni saqlash uchun ham foydalanish mumkin.

Ushbu konveyer tozalangan pomidorlarni keyingi uskunaga uzatish uchun foydalaniladi.

### II. KETCHUP TAYYORLASH BOSQICHI

Bu uskunada yarim tayyor maydalangan pomidorlar elektr isitish yordamida gomogenizatsiya jarayonidan o'tadi, ya'ni, ular bir xil massaga yetguncha aralashtiriladi. Bir so'z bilan buni "ulkan mikser" deb atasa ham bo'ladi. Mahsulot katta tezlikda sentrafugali maydalash orqali bir xilda tarqaladi va qorishadi. Ikki tomonlama, ichki va tashqi aylantirish natijasida hech qanday mayda ko'piklarsiz, silliq, bir xil ko'rinishdagi ketchup tayyor bo'ladi.

Ushbu germetik, yani havo o'tqazmaydigan Tsisterna zanglamas metalldan yasalgan bo'lib, tayyor bo'lgan mahsulotni saqlash uchun foydalaniladi. To'liq germetik xususiyati tufayli saqlanayotgan mahsulotga hech qanday tashqi moddalarning tushmasligini ta'minlaydi va suyuqlik toza holda saqlanadi. Tsisterna, maxsus ilmiy dizayn asosida ishlangan bo'lib, suyuqlik ostidagi cho'kmalarni tutib turadi va yuqoriga ko'tarmaydi. Bu esa mahsulotingiz sifatini yana ham oshiradi.

### III. QADOQLASH BOSQICHI

Uskuna suyuq mahsulotlarni quyib berish uchun mo'ljallangan. Quyish hajmi va tezligini o'zgartirish imkoniyati mavjud.

### YARIMAVTOMAT YORLIQLASH USUNASI

### Vaqtni boy bermang, bu yerda sizning mahsulotingiz bo'lishi mumkin.

Teglar: ishlab chiqarish, Ketchup, xitoy, xitoydan

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/ketchup-ishlab-chiqarish-liniyasi-kuniga-3t-xomashyodan-af-l024/
uz · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-proizvodstva-ketchupa-ot-3t-syrya-v-sutki-af-l024.md) · [en](https://afex.uz/en/product/ketchup-production-line-from-3t-of-raw-materials-per-day-af-l024.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-ketchup-az-3-t-ashyoi-khom-dar-yak-ruz-af-l024.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/ketchup-ondiru-jelisi-tauligine-3-t-shikizattan-af-l024.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/fanqie-jiang-shengchan-xian-ri-chuli-yuanliao-3-dun-af-l024.md)
