Jo’xori qalamchalari (kukuruz) ishlab chiqarish liniyasi AF-L005

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Bolajonlar sevib isteʼmol qiluvchi Joʻxori qalamchalari bozori chaqqon mahsulotlardan biri ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Bor yoʻgʻi 4ta uskuna va xomashyo yordamida biznesingiz gullab ketishi hech gap emas. Xaridorgir mahsulotlarimizdan biri boʻlgan Joʻxori qalamchalari (kukuruz) ishlab chiqarish liniyasini sizlarga taqdim qilamiz.

Bu liniyaning afzalliklaridan biri shundaki, har bir hududda isteʼmolchilari topilishi, uzoq masofalarga yetkazishdagi noqulayliklar tufayli har bir hududning oʻzida ishlab chiqarishni tashkil etgan maqsadga muvofiq. Sababi hududlarga yetkazilishi jarayonida yengil ammo hajmi katta boʻlgan Shirin Makkajoʻxori qalamchalari transportda koʻp joy egallashi va buning natijasida mahsulot narxining ishlab chiqarishdan uzoq hududlarda keskin farq qilishiga olib keladi.

Mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan uskunalarimiz yuqori texnologik bosqichlar asosida ishlab chiqarilgan boʻlib – avtomatlashgan boshqaruv tizimi, barcha qismlarda zanglamas metalldan foydalanilganligi uni tadbirkorlarimizga koʻp yillar xizmat qilishini kafolatlaydi.

Bu biznesni boshlashga undashimizga asosiy sabab – mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyolarning barchasini mahalliy bozorlarimizdan topish imkoniyati mavjudligidadir. Oʻrta hisobda 1kg joʻxoridan oʻrtacha 20 qadoq atrofida mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Shuning oʻzi ham bu soha naqadar serdaromad ekanligini isbotlab turibdi.

19,300$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Ushbu liniyaning umumiy narxi qariyb 17 300$ (Maydalash uskunasi: 1400$ + Ekstruder: 13 800$ + Baraban: 1400$ + Qadoqlash uskunasi: 700$) ni tashkil qiladi.

Eslatma! Tepada keltirilgan narxlar 06.11.2018 sanadagi narxlarga muvofiq ko’rsatilgan va ular o’zgarishi mumkin.

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkentdagi “Afex-Group” LLC omboridan qabul qilib oladi va kompaniyamiz uskuna va xomashyolaringizni Oʻzbekistonning istalgan hududiga bepul yetkazib berishni oʻz zimmasiga oladi.

(Oʻrnatib berish xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

 

SKU: AF-L005 Bo'lim: Tag: , , ,

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Jo’xori qalamchalari (kukuruz) ishlab chiqarish liniyasi AF-L005”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish