# Issiqxona plyonkasini ishlab chiqarish liniyasi
> O\`zbekistonda va butun dunyo bo\`ylab sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo\`lgan talab tobora ortib bormoqda.
Katalog: Tayyor liniyalar
Yangilangan: 2026-07-14

O\`zbekistonda va butun dunyo bo\`ylab sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo\`lgan talab tobora ortib bormoqda. Shu sababli ham yerdan unumli foydalanish texnologiyalaridan foydalanish dolzarbligi ortib bormoqda.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Diametri:** F 135mm
- **Motor quvvati:** 185KW
- **Nitridlash qalinligi:** 0,5-0,75mm
- **Maks rulon diametric:** F 300mm
- **L/D nisbati:** 30:1
- **Material:** 38 CrMoALA

## Texnik xususiyatlar

### Shneklar

| | |
|---|---|
| Diametri | F 135mm |
| L/D nisbati | 30:1 |
| Material | 38 CrMoALA |
| Nitridlash qalinligi | 0,5-0,75mm |

### Shneklar

| | |
|---|---|
| Diametri | F 135mm |
| L/D nisbati | 30:1 |
| Material | 38 CrMoALA |
| Nitridlash qalinligi | 0,5-0,75mm |

### Reduktsion quti

| | |
|---|---|
| Material | Qorishma po’lat 20CrMnTi |
| Sovutish turi | Suv aylantirish orqali |
| Motor quvvati | 185KW |

### Shneklar

| | |
|---|---|
| Diametri | F 120mm |
| L/D nisbat | 30:1 |
| Material | 38CrMoALA |
| Nitridlash turi | HV 700-940 |
| Nitridlash qalinligi | 0,5-0,75mm |

### Barrellar

| | |
|---|---|
| Diametri | F120mm |
| L/D nisbat | 30:1 |
| Materiali | 38:CrMoALA |
| Nitridlash turi | HV 700-940 |
| Nitridlash qalinligi | 0,5-0,75mm |

### Reduktsion quti

| | |
|---|---|
| Material | Qorishma po’lat 20CrMnTi |
| Sovutish turi | Suv aylantirish orqali |
| Motor quvvati | 160kw |

### Uch qavatli qoliplar

| | |
|---|---|
| Qoliplar turi | Uch qavatli spiral |
| Qoliplar oralig’i | 2mm |
| Diametri | 1500mm |
| Metall | 42CrMo qizdirilgan po’lat |
| Harorat boshqaruvi | Boshqaruv punkti orqali |

### O’lchab-kesuvchi rolik

| | |
|---|---|
| Rolik o’lchami | F 260*3500mm |
| Metall | NBR rabber |
| Motor quvvati | 5,5kw |
| Maks tezligi | 35m/min |

### O’rab beruvchi uskuna

| | |
|---|---|
| O’rash turi | 2 markazli o’rash |
| Tezligi | Maks 25m/min |
| Maks rulon diametric | F 300mm |
| Metall | 38CrMoALA |

## Tavsif

AFEX-GROUP kompaniyasi a\`zolari esa qadrli mijozlarimizga navbatdagi katta loyihalardan bo\`lgan issiqxona plyonkasi ishlab chiqarish liniyasini taqdim qiladi. Umumiy liniya yordamida tez va sifatli plyonkalarni ishlab chiqarish quvvatiga ega bo\`lasiz.

### Umumiy ma\`lumotlar

Xom-ashyolar: LDPE, LLDPE, EVA va boshqa aralash materiallar Maks plyonka kengligi: 12000 mm Qavatlar soni: 3 qavat Plyonka qalinligi: 0.08-0,12 mm Ishlab chiqarish sig\`imi: 800 kg/soat Kuchlanish: 380V ±5%—10% Umumiy quvvati: 900 kw Liniya umumiy o\`lchamlari: 18\*11\*22 metr (uzunligi\*kengligi\*balandligi) Suv harorati: 5-10°C Suv hajmi: 150 L/min

### Uskunalar ro\`yxati

Ishlab chiqarish liniyasi quyidagi asosiy 7 ta qismlardan tashkil topgan:

- SJ-135/30 ekstruder tizimi
- SJ-120/30 ekstruder tizimi
- Filtrlash tizimi
- Uch bosqichli qoliplar tizimi
- Sovutish tizimi
- O\`rab berish tizimi
- Elektron boshqaruv tizimi

### Ishlab chiqarish jarayoni

Demak, ishlab chiqarish jarayonida kerak bo\`lgan uskunalarning vazifalarini va texnik ko\`rsatkichlari bilan tanishib chiqsak ham bo\`ladi.

### Ekstruder tizimi

### SJ-135/30 ekstruder

Liniya tarkibidagi eng muhim uskunalar bu, albatta, ekstruder uskunalaridir. Ushbu uskunalarning vazifasi xom-ashyolarni eritib, paket qilib chiqarib berishdan iborat. Jarayonlar ikki bosqichda amalga oshadi, ya\`ni ikki bosqichli ekstruder tizimi. Ekstruder esa o\`z navbatida shneklar, barrellar va reduktsion qutidan iborat bo\`ladi. Bu asosiy qismlar jarayonning stabilligi va davomiyligini ta\`minlab beradi. Reduktsion qutining vazifasi ekstruderlarga kirayotgan xom-ashyo miqdorini nazorat qilib turish va kerakli ekstruder uskunasiga kerak bo\`lgan bosimni ta\`minlab berishdan iborat.

Keyingi jarayonlar ikkinchi bosqich ekstruderda davom etadi.

### Filtr tizimi

Material sifatini va mahsulot chidamliligini oshirish uchun erigan xom-ashyolarni filtrdan o\`tkazib olish kerak bo\`ladi. Bu keyinchalik ishlab chiqarish jarayonida vaqt va energiyani tejashga yordam beradi. Uskunada silindr yoki gidravlik filtr qo\`llash mumkin. Bunday turdagi filtrlarni topish muammo tug\`dirmaydi. Qoliplar asosan plyonka parametrlarini o\`zgartirish uchun kerak bo\`ladi. Qoliplar yordamida plyonka qalinligi va o\`lchamlarini o\`zgartirish mumkin. Qoliplarning uch bosqichda ishlashi esa mahsulotning yuqori sifatini ta\`minlab beradi.

### Sovutish tizimi

Ushbu liniyada ikki xil sovutish tizimidan iborat: ichki va tashqi. Tashqi sovutish tizimi diskli uzukdan iborat. Ichki sovutish tizimi esa liniya tarkibidagi barcha uskunalar bilan tizimli bog\`langan. Uskunalardagi barcha ventilatsiya uskunalari esa umumiy hisobda 30 KW elektr quvvatini ishlatadi. Buni quyidagi videolarda ko\`rib chiqsak bo\`ladi. Navbatdagi bosqichda esa tayyor bo\`lgan mahsulotlarni kerakli uzunlikda o\`lchab va uni kesib olishimiz kerak bo\`ladi. Bu vazifani esa kesuvchi roliklar bajaradi. Ishlab chiqarish jarayoning eng so\`nggi bosqichida esa tayyor mahsulotlarni o\`rab olamiz. Bu maxsus o\`ram uskuna yordamida bajariladi.

### Ishlash jarayonidan video lavha

## Video

- https://youtu.be/jU9EcMzgkQY

Teglar: afex, afexuz, issiqxona, plyonka, teplitsa

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/issiqxona-plyonkasini-ishlab-chiqarish-liniyasi/
uz · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-plenki-dlya-teplits.md) · [en](https://afex.uz/en/product/greenhouse-film-production-line.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/jylyjai-plenkasyn-ondiru-jelisi.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-plyonkai-garmkhona.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/wenshi-dapeng-mo-shengchan-xian.md)
