# Ikki funksiyali muzqaymoq tayyorlash va to‘ldirish uskunasi
> AFEX ICER-300 muzqaymoq ishlab chiqarish uskunasi zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, mahsulotni tayyorlash…
Katalog: Qadoqlash › Dozator
Yangilangan: 2026-07-14

AFEX ICER-300 muzqaymoq ishlab chiqarish uskunasi zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, mahsulotni tayyorlash (muzlatish) va bir vaqtning o‘zida qoliplarga yoki idishlarga to‘ldirish funksiyasini o‘zida birlashtiradi. Ushbu uskuna ishlab chiqarish jarayonini to‘liq avtomatlashtirib, inson omilini kamaytiradi va mahsulot sifatini barqaror darajada ushlab turadi. Uskuna yuqori unumdorlikka ega bo‘lib, turli xil muzqaymoq turlarini — klassik, yumshoq (soft), hamda qo‘shimchali (mevali, shokoladli) mahsulotlarni ishlab chiqarishga moslashgan. Mustahkam konstruktsiya va ishonchli motor tizimi uzoq muddatli va uzluksiz ishlashni ta’minlaydi.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Ishlab chiqarish quvvati:** 180–260 L/soat
- **Kompressor quvvati:** 3.5 kW
- **Model:** ICER-300
- **Asosiy motor:** 2 × 4.5 kW servo motor
- **Aralashtirish motori:** 2.2 kW
- **To‘ldirish motori:** 1.1 kW

## Texnik xususiyatlar

| | |
|---|---|
| Uskuna nomi | Ikki funksiyali muzqaymoq tayyorlash va to‘ldirish uskunasi (Freezer + Filling) |
| Brend | AFEX |
| Model | ICER-300 |
| Ishlash tizimi | Avtomatik freezer + filling kombinatsiyasi |
| Ishlab chiqarish quvvati | 180–260 L/soat |
| Muzlatish harorati | -5°C dan -8°C gacha |
| Mahsulot turi | Yumshoq va qattiq muzqaymoq |
| To‘ldirish hajmi | 50 ml – 500 ml (moslashtiriladi) |
| Xom ashyo turi | Sutli aralashma, mevali va shokoladli massalar |
| Asosiy motor | 2 × 4.5 kW servo motor |
| Aralashtirish motori | 2.2 kW |
| Kompressor quvvati | 3.5 kW |
| To‘ldirish motori | 1.1 kW |
| Sovitish tizimi | Freonli kompressor tizimi |
| Boshqaruv tizimi | PLC + sensorli ekran |
| Kuchlanish | Buyurtma asosida moslashtiriladi |
| O‘lchamlari | 4.2 × 2.2 × 1.7 m |

## Asosiy afzalliklari

- Ishlab chiqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan
- Freezer va filling funksiyasi bitta uskunada
- Yuqori ishlab chiqarish tezligi va samaradorlik
- Energiya tejamkor servo motorlar bilan jihozlangan
- Turli hajm va shakldagi idishlarga moslashuvchan
- Gigiyenik dizayn – oziq-ovqat sanoati talablariga mos

## Tavsif

Bu Freezer + Filling (muzlatish + to‘ldirish) kombinatsiyalangan uskuna hisoblanadi.

Ya’ni:

Aralashmani sovitadi va muzqaymoq holatiga keltiradi

Tayyor mahsulotni avtomatik ravishda idishlarga yoki qoliplarga to‘ldiradi

Bu esa alohida ikkita uskuna olish zaruratini yo‘q qiladi.

## Video

- https://youtube.com/shorts/nUiIYj-6kAc

Teglar: Muzqaymoq, quyish

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/ikki-funksiyali-muzqaymoq-tayyorlash-va-toldirish-uskunasi/
uz · [en](https://afex.uz/en/product/dual-function-ice-cream-freezing-and-filling-machine.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/двухфункциональное-оборудование-для-приготовления-и-фасовки-мороженого.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/eki-funktsiyaly-balmuzdaq-daiyndau-jane-toltyru-jabdygy.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/tajhizoti-dufunksionalii-tayyor-kardan-va-purkunii-yakhmos.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/shuang-gongneng-bingqilin-ning-dong-guan-zhuang-ji.md)
