# Ichimliklar uchun bir martalik naychalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L019
> Kundalik hayotimizda har doim ishlatiladigan, talab yuqori bo'lgan bir martalik mahsulotlarni ishlab chiqarish yaxshigina daromad…
Katalog: Tayyor liniyalar
SKU: AF-L019
Yangilangan: 2026-07-14

Kundalik hayotimizda har doim ishlatiladigan, talab yuqori bo'lgan bir martalik mahsulotlarni ishlab chiqarish yaxshigina daromad keltirishi barchamizga ma'lum. "AFEX-GROUP" jamoasi e'tiboringizga havola qilayotgan ichimliklar uchun bir martalik naychalar ham talab yuqori mahsulotlar sirasiga kiradi. Bunday naychalardan kafelar, barlar, restoranlar, anyiqsa fast-food tarmoqlari va uy sharoitida ham keng ko'lamda foydalaniladi. Bunday naychalar ayniqsa onajonlarimiz uchun yaxshigina yordamchi hisoblanadi. Chunki bolajonlar uchun sut mahsulotlari va sharbatlarni bunday naychalarda iste'mol qilish ularning eng sevimli mashg'ulotlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, sut mahsulotlari, sharbatlar va boshqa turdagi ichimliklarni ichishni rad etib xarxasha qilayotgan bolajonlarimizni ko'ndirishda onajonlarimizga har xil rangdagi bejirim, qulay va bolani e'tiborini tortadigan naychalar yordamga keladi.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Model:** AF-ML12
- **Trubochka diametric:** F 3.0-f12mm
- **Kuchlanish:** 380V50Hz
- **O’lchami:** 8000x1200x1600mm
- **Og’irligi:** 2100kg
- **Trubochka qalinligi:** 0.10-0.35mm

## Texnik xususiyatlar

### Ekstruder

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Ishlab chiqarilgan yil | 2019 |
| Model | AF-ML12 |
| Xomashyo turi | PP |
| Trubochka diametric | F 3.0-f12mm |
| Trubochka qalinligi | 0.10-0.35mm |
| Mahsuldorligi | 400-1800 dona/minut |
| Kuchlanish | 380V50Hz |
| Elektr sarfi | 16kv/soat |
| O’lchami | 8000x1200x1600mm |
| Og’irligi | 2100kg |

### Trubochkani bukib berish uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Ishlab chiqarilgan yil | 2019 |
| Model | AF-ML21-5 |
| Mahsuldorligi | 250-280 dona/minut |
| Avtomatik sanab berish funksiyasi | Mavjud |
| Avtomatik to’xtash funksiyasi | Mavjud |
| Kuchlanish | 380V50hz |
| To’g’ri trubochka uzunligi | 190-260mm |
| Bukilgan trubochka uzunligi | 175-245mm |
| Elektr sarfi | 1,5kv/soat |
| O’lchami | 1200x1600mm |
| Og’irligi | 1000kg |

### Qadoqlash uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan yil | Xitoy |
| Model | 2019 |
| Mahsuldorligi | AF-ML31 |
| Avtomatik sanab berish funksiyasi | 350-450 dona/minut |
| Kuchlanish | Mavjud |
| Qadoqlash | 380V50Hz |
| Qadoq eni | Qog’oz yoki paket |
| Elektr sarfi | Qog’oz 25-33,paket 25-60 |
| O’lchami | 1,5kw/soat |
| Og’irligi | 600kg |

## Tavsif

Ushbu liniya quyidagi qismlardan tashkil topgan

Eksturder barcha turdagi, bir va ikki rangdan iborat naychalarni ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan. Ekstruderdagi matritsalarni almashtirish orqali naychalarning o'lchamlarini o'zgartirish mumkin. Shuningdek ekstruder tarkibida suv tankeri yordamida sovutish va kerakli o'lchamda kesib berish uskunasi mavjud.

Ekstruderdan chiqqan to'g\`ri naychalar bukib berish uskunasi yordamida bukiladi. Naychalarni bukishdan maqsad, bunday naychalarda ichimlik ichish qulayroq. Avtomatik sanash funksiyasi mavjud.

Naychalar bukib berish uskunasida bukilgandan so'ng yuqori sifat va tezlikka ega bo'lgan qadoqlash uskunasiga qo'yiladi. Uskuna naychalarni donalab qadoqlashga mo'ljallangan. Qadoq uchun qog'oz yoki paketlardan foydalanish mumkin. Uskunada avtomatik sanash funksiyasi ham mavjud. Albatta, naychalar bir marta ishlatishga mo'ljallangan mahsulot hisoblanganligi uchun uni qadoqlash muhim hisoblanadi.

Ana endi bemalol mahsulotingizni bozorga olib chiqsangiz ham bo'ladi. Barakasini bersin.

## Video

- https://youtu.be/KLY85chkkGE

Teglar: ishlab chiqarish, naychalar, xitoy, xitoydan

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/ichimliklar-uchun-bir-martalik-naychalar-ishlab-chiqarish-liniyasi-af-l019/
uz · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-odnorazovykh-tub-dlya-napitkov-af-l019.md) · [en](https://afex.uz/en/product/production-line-of-disposable-tubes-for-drinks-af-l019.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/susyndarga-arnalgan-bir-rettik-tutiksheler-ondiru-jelisi-af-l019.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-naychahoi-yakkarata-baroi-nushokiho-af-l019.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/yici-xing-yinliao-xiguan-shengchan-xian-af-l019.md)
