Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
Model | AF-6NF4 |
Ishlash tezligi | 120kg~180kg/soat |
Kuchlanish | 1.5~2.2kw |
Shpindel tezligi | 1400-1600rpm |
Qo’llanish | Guruch, jo’xori maydalash |
O`lchami | 550*380*985mm |
Og’irligi | 65kg |
Guruch tegirmoni AF-6NF4
Buyurtma bo'yicha mavjud
750$
Buyurtma bo'yicha mavjud
Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Guruch tegirmoni AF-6NF4” Javobni bekor qilish
O'xshash mahsulotlar
-
Paypoq to`quv uskunalari, Yengil sanoat
Paypoq ishlab chiqarish liniyasi AF-L003
0 out of 5(0)Koʻplab talablar va qiziqishlar tufayli Paypoq ishlab chiqarish liniyasini sizlarga havola etishga qaror qildik. Quyida nima uchun aynan paypoq uskunasining talabchanligi, unga boʻlgan qiziqishlar va uskunalarning xilma-xil turdagi variantlarini taqdim qilamiz.
“Qish boʻlsin, yoz boʻlsin asosiysi ish boʻlsin“ – deb bekorga aytishmaydi tadbirkorlar . Paypoq ishlab chiqarish liniyasi hech qanday fasl (sezon) tanlamaydi, axir qishda ham yozda ham paypoq kiyishadi! Bozorga kirib olsangiz bas, biznesingiz gullab ketishi aniq.
“Paypoq xaridorgir boʻlishiga sabab nima?! “ – deb oʻylashingiz tayin, buning uchun koʻp bosh qotirish ham shart emas. Statistika natijalariga qaraganda hozirda insonlar oʻlimiga qaraganda tugʻilish koʻp kuzatilarkan. Bu yangi tugʻilgan chaqaloqdan tortib 80-90 yoshli insonlar uchun ham paypoq ehtiyoji boʻlishidan dalolat beradi. Shuning uchun ham bozorda paypoqqa boʻlgan talab kundan-kun yuqorilab bormoqda, albatta sifatga boʻlgan talab undan-da yuqori.
Kuzatgan boʻlsangiz kerak, bozorda sifatsiz paypoqlar koʻp ekanligini?! Bizning uch-xil turdagi uskunamiz va umumiy liniyamiz yordamida bozordagi eng sifatli paypoq turidan da sifatliroq mahsulot yetkazib berishingiz mumkinligiga kafolat beramiz.
Sizga koʻrsatmoqchi boʻlgan uskunalarimizni sevib qolishingiz mumkin desam mubolagʻa boʻlmaydi. Kimga ham pul yoqmaydi?! Agarda xohlasangiz xomashyolarning ulgurji sotuv joyi bilan, malakali mutaxassislar/texnologlar bilan tanishtirishimiz mumkin. Buning uchun biz bilan bogʻlangan yoki ofisimizga tashrif buyurgan holda konsultatsiya xizmatimizdan foydalanishingiz mumkin. Biz biznesingiz rivoji tarafdorimiz.
SKU: AF-L003 -
Oziq ovqat
MUZQAYMOQ FREZER USKUNASI PRE-COOLING TIZIMI BILAN AF-B001
5 bahodan 5.00 berildi(1)Kunlar issiy boshlashi bilan kishilarning salqinlashtiruvchi mahsulotlarga (muzqaymoq, salqin ichimliklar) talabi keskin oshib ketadi. Shu o’rinda yosh tadbirkorlarimiz uchun ajoyib biznes turlaridan biri bu quyma muzqaymoq biznesidir. Ushbu biznes mavsumiy bo’lishiga qaramasdan juda serdaromad biznes hisoblanadi. Ushbu biznes bilan siz bemalol bir yilda 7-8 oy ishlashingiz mumkin. Muzqaymoq biznesi eng rentabelli bizneslar sirasiga kirishini hech kim inkor etmaydi va bu ko’rsatgich sizga tikkan pulingizni 300% gacha qaytib kelishini ta’minlaydi. Eng muhimi sizda risk juda kam bo’ladi. Har qanday biznesni boshlab olish avvalo tavakkalchilikka asoslangan bo’ladi, shuni inobatga olib ushbu biznesda sizning tavakkalga tikkan summangiz kichikligi va uni eplay olmagan taqdiringizda ham uskunani boshqa birovga tez sota olishingizdadir. Yosh va endi biznesga kirayotgan tadbirkorlar eng avvalo o’zidagi mablag’ni yo’qotishdan qo’rqishadi. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz sizga 30 dan oshiq ishlab chiqaruvchilar orasidan eng sifatli, bizning iqlim sharoitlarimizga har tomonlama mos keadigan, yozning issiq kunlarida bemalol ochiq havoda ishlash mumkin bo’lgan, import kompressorga ega frezerni tanladik. Bizning muzqaymoq frezerimiz boshqa uskunalardan nimasi bilan farqlanadi?
SKU: AF-B0011,800$ -
Tayyor liniyalar, Yog'ochga ishlov berish
MDF eshiklar ishlab chiqarish liniyasi AF-L012
0 out of 5(0)Avvallari qo’li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o’z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnologiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o’z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko’rishda murakkab ko’ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, boshlang’ich ko’nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo’yamiz. Yog’och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo’lga qo’yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o’lchamda kesib olib, unga mijozga ma’qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o’rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko’ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo’lmagan mebellar yasashni ham yo’lga qo’yishingiz mumkin.
SKU: AF-L01229,400$
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!