, ,

Gipsokarton profil ishlab chiqarish liniyasi AF-L030

(1 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Zamonaviy qurilish industriyasiga gipsakarton mahsulotlari jadal sur’atlarda kirib keldi va o’z navbatida ushbu mahsulotni o’rnatish uchun kerakli bo’lgan aksessuarlar uchun ham talab anchagina oshdi. Talab oshishi barobarida bozorda yog’och reykalar o’rnini tezlik bilan metall profillar egallay boshladi. Lekin bozorda mavjud gipsokarton profil ishlab chiqarish jarayonida bizning nazarimizda ba’zi kamchiliklar mavjud:

18,700$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

  • Gipsokarton profili yuzasi silliq bo’lganligi uchun unga burama mix ya’ni samorez qotirishda biroz qiyinchilik tug’iladi va ba’zida siz mo’ljallagan joyga emas boshqa joyni teshilib qolishiga olib keladi;
  • Gipsokarton profil standart uzunlikka ega va mijozlarda boshqa uzunlikdagi mahsulot uchun tanlov mavjud emas. Bu esa katta hajmli qurilish ishlarida biroz quyinchilik tug’diradi;
  • Gipsokarton profillarda maxsus o’lchash uchun chiziqlar yo’qligi sababli ular bilan ishlashda doim metrdan foydalanishga to’g’ri keladi va bu qurilish davomida ortiqcha vaqt va mehnat sarflanishiga olib kelmoqda;
  • Siz bir marta yuqori sifatli gipsokarton profillardan foydalandingiz va keyingi safar uni topa olaysiz, chunki ishlab chiqaruvchilar profillarga o’z brendlarini bosib chiqarishmaydi va bu esa mijozlari ularni tanimasligiga olib keladi;
  • Har bir profilda uni o’lchami va metall qalinligi haqida ma’lumot bo’lishi lozim va bu boshqa chet davlatlarda bor, lekin bizda bu yo’lga qo’yilmagan;

Siz avvalo bozorga yangi mahsulot olib kirar ekansiz, sizning mahsulotingiz bozorda tezda o’z o’rnini topishga erishishingiz kerak. Buning uchun bozorda mavjud raqiblaringizni mahsulotini chuqur analiz qiling va raqiblaringizda yo’q bo’lgan yoki odamlarga o’sha mahsulot orqali berish mumkin bo’lgan qulayliklarni unga qo’shing va ishonamizki siz tezda o’z mijozlaringizni topasiz. Ishoning, sifatli va brend mahsulotlarni tanlovchilar doim topiladi.

Keling endi biz sizga yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda sizga yangi turdagi zamonaviy gipsokarton profillar uchun uskuna taklif qilsak.

 

AFEX-GROUP sizga faqat uskuna sotmaydi, biz sizga zamonaviy g’oyalar sotamiz. Shunday ekan biz bilan boshlayotgan biznesingiz albatta o’z natijasini beradi. Ushbu liniyamiz o’ziga xos qulayliklarga ega:

  • Uskuna zamonaviy touch screen PLC contron tizimida ishlaydi;
  • Uskuna yuqori aniqlikda ishlashi uchun INVERTOR bilan ta’minlangan;
  • Uskuna buyruqlarni xotirada saqlay oladi; (masalan uskunaga 5 metrlik 200 ta profil chiqarishni buyursangiz u siz aytgan buyruqni bajaradi);
  • Uskuna cheklanmagan uzunlikdagi profil ishlab chiqara oladi;
  • Uskunaga qo’shimcha yordamchi lazerli markirovkalash uskunasi qo’shilgan bo’lib, u profil yuzasini o’lchash uchun uzunlik chiziqlarini tushirishda ishlatiladi, har 10 sm masofada maxsus chiziq qoldiradi. Shuningdek, ushbu uskuna mahsulot yuzasiga uning texnik parametrlarini kiritadi.
  • Uskuna bo’yalgan va galvanizatsiyalangan metall listlar bilan ishlay oladi.
  • Profilga shurp o’tkazish oson bo’lishi uchun yuzada maxsus kichik teshiksimon botiq iz qoldiradi va bu nuqtalar profilni mustahkamligini ham oshirib beradi.

LISTLARNI BO’LAKLARGA GORIZONTAL KESIB BERISH USKUNASI

Listlarni bo’laklarga gorizontal kesib berish uskunasi
Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Shahar Botou
Tunuka qalinligi 0,3-0,8mm
Rolik materiali 45# xromli metal
Ishlash tezligi 8-12m/min
Asos qalinligi 16mm
Kiruvchi tunuka kengligi 600-1250mm
Kuchlanish 380v50Hz
Og’irligi 600kg
Quvvat sarfi 3kw/soat

 

PROFIL ISHLAB CHIQARISH USKUNASI

Profil ishlab chiqarish uskunasi Xitoyning ilg’or kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib, roliklari tez yedirilmasligi uchun CR12 toblangan metalldan ishlangan. Yangicha tashqi dizayn va boshqaruv panelining alohida ekanligi ishlatishda sizga ko’plab qulayliklar taqdim etadi. Uskunada quyidagi qismlar beriladi:

  • Rulon tunuka uchun ko’tarib turish moslamasi
  • Profilni formalash qismi
  • Gidravlik nasos qismi
  • PLC boshqaruv paneli
  • Tayyor mahsulot uchun maxsus stol
  • Ehtiyot qismlar

 

Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Shahar Botou
Tunuka qalinligi 0,3-0,8mm
Rolik materiali 45# xromli metal
Ishlash tezligi 8-12m/min
Asos qalinligi 16mm
Uskuna o’lchami 5000*1000*1500mm
Kuchlanish 380v50Hz
Og’irligi 2 tonna
Boshqaruv tizimi PLC touch screen

LAZERLI MARKALASH USKUNASI

Lazerli markalash uskunasi bu profilga kerakli ma’lumotlarni tushirish uchun qo’llaniladi. Bu ma’lumotlar ichida profilga o’lchovni kiritish ham mavjud.


 

Ishlab chiqaruvchi Xitoy
Shahar Guanzhou
Sovutish usuli Havo yordamida
Ishlash dasturi EZCAD
Lazer kuchi 20W
Aniqlik darajasi 0,02mm
Markalash tezligi 0-7000mm/s
Kuchlanish 220v50 hz
Quvvat sarfi 500w

Yuqoridagi misol yordamida siz 1 metr uzunlikdagi 0,3mm qalinlikdagi metall profilning  og’irligini hisoblash natijasini ko’rib turibsiz. Endi ulgurji tunuka sotish joyidan narxni aniqlab, 1 metr profilimiz qancha narxga aylanishini hisoblab ko’ramiz. Albatta bu siz uchun muhim sanaladi. Keyinchalik shu hisob kitobga qarab bozorga tovar chiqarishda narx taklif qila olasiz. Albatta soliq, elektr energiyasi va ishchi kuchini ham qo’shishni unutmang.

Hisob-kitob
1000 kg tunuka list narxi 900$
1 kg tunuka list narxi 0,9$
0,28 kg narxi 0,25$
Demak bir metr profil tannarxi 0,25$

 

Sizlarga metall profil ishlatilish sohalaridan ayrim na’munalar:

Narxlar
Listlarni bo’laklarga gorizontal kesib berish uskunasi 2900$
Profil ishlab chiqarish uskunasi 11900$
Lazerli markalash uskunasi 3900$
Jami 18700$

 

1 Izoh qoldirilgan

5.0 umumiy reyting
1
0
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Abduvakil

    Yaxshi biznes har bir viloyat va tumanda yo`lga qo`ysa bo`ladi.. ishlaringga rivoj

    Abduvakil

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish