Gilam yuvish uskunalari (avtomatik hamda yarim avtomat liniya) AF-L013

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Ma’lumotlarga qaraganda rivojlangan davlatlarda xizmat ko’rsatish va servisning davlat iqtisodiyotidagi ulushi 60-70 % ni tashkil qilar ekan. Bugungi kunda yurtimizda ham tadbirkorlik sohalari ichida xizmat ko’rsatish va servis biznesi keng ommalashib, uning iqtisodiyotimizdagi ulushini borgan sari ortib bormoqda. Aholi o`rtasida u yoki bu xizmat ko`rsatish sohasiga murojaat qilishi keskin ko`paymoqda. Chunki xizmat ko`rsatish sohasiga murojaat qilib biz, eng qimmatli bo’lgan vaqtimizni va ma’lum hajmdagi pulimizni tejab qolish imkoniyatiga ega bo’lamiz.

“AFEX-GROUP” jamoasi sizlarga xizmat ko`rsatish sohasidagi eng talabgir va daromadli sohalardan biri bo’lgan avtomatik gilam yuvish liniyasini sizga taqdim qiladi. Ma’lumki yurtimizdagi xonadonlarda bir yilda kamida bir marta gilamlar yuviladi. Bitta xonadonda kamida 3-4 va undan ham ko`p gilamlar mavjudligini hisobga olsak biznesni yo’lga qo’yib siz yaxshigina daromadga ega bo’lishingiz mumkin. Gilamlarni xonadonlardan o’zingiz olib ketib, liniya yordamida yaxshilab yuvib, quritib, yuvilgan gilamlarni yana xonadon egalariga yetkazib berish kabi qulayliklarni yo’lga qo’ysangiz mijozlaringiz yanada ko’payishi turgan gap.

48,900$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Ishni dastlab gilamdagi changlarni tozalashdan boshlaymiz. Ushbu uskuna yordamida gilamdagi changlar qoqib olinib maxsus qopga yig’iladi. Bu uskuna yuvish uskunasiga gilamni tayyorlab beradi. Changidan yaxshilab tozalangan gilam yuvish jarayonida tozalovchi vositalar kamroq ketishini ta’minlaydi va gilamni tozaligi maksimal bo’lishini ta’minlaydi.

Gilam changini qoqib beruvchi uskuna
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Shanghai
Model AF-T5000
Gilam eni max(m) 4,2m
Elektrik qismlari Schneider(Germaniya) brendi
Konveyer tezligi 2 m/minut
Kuchlanish 380V50hz
Quvvat sarfi 3 kw/soat
O’lchami 5000x1000x1600mm
Og’irligi 1050kg

Gilamni qoqib berish uskunasida gilamlar yaxshilab qoqilgandan so’ng, yuvish uchun avtomatik gilam yuvish uskunasida yuviladi. Gilam yuvish uskunasi o’rnatiladigan joy suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga ega bo’lishi lozim. Uskuna avtomatik tarzda ishlaydi hamda tag qismidagi roliklar gilamni bir xilda aynalishini nazorat qiladi. Shotkalarni har kuni ishlatgan holatda 5-6 oyda almashtirish tavsiya etiladi.

Avtomatik gilam yuvish uskunasi
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Shanghai
Model AFG-4200
Kuchlanish 220/380V50Hz
Motor quvvati 13kw
Yuvuvchi shotkalar soni 4 ta
Gilam eni max(m) 4.2 m
Gilam yuvish tezligi 120m/soat
Suv sarfi 30 kg/m
Elektr sarfi 0,075kv/m
Shotkalar tezligi 3000 r.p.m
O’lchami 3300x5000x2000mm
Og’irligi 2100kg

Avtomatik gilam yuvish uskunasida gilamlar yuvilgandan keyingi bosqichda gilamlar maxsus suvni siquvchi sentrafugada suv siqiladi. Ushbu uskuna yordamida yuvilgan gilamlar aylanuvchi barabanda yaxshilan siqiladi. Sentrafuga uskunasi zamonaviy tipda ishlangan bo’lib, gilam deyarli quruq holatda bo’ladi. uni biroz muddatga ilib qoyilsa kifoya. Ushbu uskuna uchun suvga ulanish talab etilmaydi, ammo kanalizatsiya tizimi bo’lgani maqsadga muvofiq.

Gilam suvini siqib beruvchi uskuna
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Shanghai
Model AFG-5000
Kuchlanish 380V50Hz
Material Zanglamas metall
Gilamning maksimal uzunligi 4.2m
Elektrik qismlar Schneider(Germaniya brendi)
Elektr sarfi 7 kv
O’lchami 5000x1000x1200mm
Og’irligi 880kg

Agarda yangi ish boshlayotgan mijozlarimizga avtomatik liniyaga qaraganda ixchamroq va arzonoq uskuna kerak bo’ladigan bo’lsa, u holdga biz quyidagi qo’l yordamida boshqariladigan uskunani taqdim etamiz.

YARIM AVTOMAT GILAM YUVISH LINIYASI

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Gilam yuvish uskunalari (avtomatik hamda yarim avtomat liniya) AF-L013”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish