Donalik nam salfetka ishlab chiqarish usukunasi AF-B003

(1 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Buyurtma bo'yicha mavjud


Biznes yaxshi daromad keltirishida ishlab chiqarish turini tanlash juda muhim. Doimiy iste’moldagi mahsulotni ishlab chiqarish esa eng yaxshi tanlov degani. Hozirgi kunda to’liq iste’molga kirgan, boshqacha qilib aytganda eng ko’p foydalaniladigan mahsulotlardan biri Nam salfetkalardir. Bu turdagi salfetkalar o’zining gigienik ustunligi va universalligi bilan kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shuni hisobga olgan holda “AFEX-GROUP” LLC jamoasi sizlarga nam salfetkalar ishlab chiqaradigan avtomatik uskunani taqdim qiladi.

26,800$

Buyurtma bo'yicha mavjud

Bir qaraganda kichkina bo’lib ko’ringan bu mahsulot aslida eng daromadli biznes turlaridan biri hisoblanadi. Chunki, undan foydalanuvchilar soni kundan kunga ortib bormoqda. Endi esa nima sababdan ushbu biznesni boshlash kerakligi haqida to’xtalib o’tamiz:

  • Doim talabgir bo’lgan mahsulotlar mavsum tanlamaydi. Ularga bo’lgan talab yozda ham, qishda ham bir xil – yuqori. Nam salfetkalar shunday mahsulotlardan biri.
  • Bu biznesni boshlash uchun yuqori tajribaga ega bo’lish shart emas. O’z biznesini endi boshlayotgan tadbirkorlar uchun esa bu ayni muddao.
  • Biz taklif qiladigan uskuna to’liq avtomatlashtirilgan bo’lib, sizdan ko’p harakat talab qilmaydi. Bu esa ishchi kuchini tejashingiz mumkin degani.
  • Mahsulotni sotish bozori chegaralanmagan. Ya’ni siz ularni katta do’konlarda, ovqatlanish joylarida va dorixonalarda ham sotishingiz mumkin.
  • Katta ovqatlanish restoranlari, fast-food shahobchalari va boshqa joylar bilan hamkorlik qilib, buyurtma asosida ishlashingiz ham mumkin.
  • Sizda buyurtmaga ko’ra OEM buyurtma asosida ya’ni buyurtmachining LOGO va nomini qo’yib bergan holda yetqazob berish imkoni mavjud. Bu bilan siz albatta doimiy buyurtmalarga ega bo’lishingiz mumkin.
  • Eng muhimi bu biznesni boshlash uchun juda katta sarmoya talab etilmaydi
  • Qo’shimcha qadoqlash uskunasi (550$) olish orqali siz 10-20-30… donalik qilib qadoqlangan nam salfetkalarni chiqarish imkoniga egasiz. Faqat ichidagi mahsulotning har biri ham qadoqlangan ko’rinishda bo’ladi. Buning yaxshi tomoni olgan xaridorlarda uni qurib qolish xavfi umuman bo’lmaydi.

Uskuna vertikal qadoqda donalik nam salfetkalar ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan va salfetkalar ichki hamda tashqi buklam orqali joylashadi. Uskuna universal bo’lib, ishlab chiqarishdan tortib qadoqlashgacha bo’lgan jarayonni o’zi bajaradi.

Ishlab chiqarilgan                                                        Xitoy
Kuchlanish  
O’lchami 1800*1000*1500mm(L*W*H)
Elektr sarfi 3.5kw
Tayyor mahsulot o’lchami L:60-220mm W:30-110mm H:5-55mm
Ishlab chiqarish quvvati 40-200/minut
Material Zanglamas metal 304
Og’irligi 850kg

Uskunani olgandan so’ng tadbirkorlar o’ylaydigan birinchi savol “Mahsulot uchun qanday xomashyo kerak va uni qayerdan olish mumkin???”

Demak, nam salfetkalar ishlab chiqarish uchun xomashyo – noto’qima mato hisoblanadi va uni topishda “AFEX-Group” kompaniyasi xaridorlarga yaqindan yordam beradi.

NARXI: 17 700$ TOSHKENTDAN QABUL QILIB OLISH.

1 Izoh qoldirilgan

5.0 umumiy reyting
1
0
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Shohruh

    Yaxshi biznes tadbirkorlar uchun

    Shohruh

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish