Dispenserli salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Kompaniyamiz tomonidan taqdim etilgan bir martalik qog’oz salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi mijozlarimizni eng ko’p qiziqtirgan va ular tomonidan ko’p xarid qilingan uskunalar qatoriga kiradi. Bu daromadli biznesning ko’p qiziqishlarga sabab bo’lishi bu turdagi salfetkalarning kundalik hayotimizda juda keng tarqalganligi va talabning yuqoriligi bilan izohlashimiz mumkin. Huddi shu turdagi salfetkalarni xarid qilgan mijozlarimizning xalq tili bilan aytganda “ketmonlari uchib” o’z bizneslarini kengaytirmoqdalar. Ko’plab mijozlarimiz endi dispenserli salfetka ishlab chiqarishga ham katta qiziqish bildirmoqdalar.

19,800$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Dispenserli salfetkalar ajoyib kashfiyot bo’lib, barchamiz kafe, restoran va boshqa ovqatlanish shahobchalarida bu turdagi salfetkalarni ko’p ko’rganmiz va ulardan foydalanganmiz. Ular maxsus dispenserlarda buklangan holatda bo’ladi. Bu turdagi salfetkalarning odatiy to’rtburchak shakldagi salfetkalardan bir qancha afzalliklari mavjud. Ular maxsus dispenserlarga joylashtiriladi bu esa salfetkalarning toza saqlanishi va yuqori darajadagi gigiyenani ta’minlaydi. Ularning ustunlik tarafi bir urinishda ichidan salfetkani boshqa salfetkalarga tegmay bemalol olish mumkin. Shuningdek salfetkalarning dispenserda turishi va dispenserdan bittalab salfetka olinishi ortiq salfetkaning isrof bo’lishini oldini oladi va kafe, restoran egalari uchun ortiqcha harajatni qisqartiradi. Dispenserlarga esa har qanday reklamalarni ham joylashtirish mumkin.

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Dispenserli salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish