# Dispenserli salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi
> Kompaniyamiz tomonidan taqdim etilgan bir martalik qog'oz salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi mijozlarimizni eng ko'p qiziqtirgan va ular…
Katalog: Qog‘ozni qayta ishlash
SKU: 60a65cb70bd70c6d5c339d80
Yangilangan: 2026-07-15

Kompaniyamiz tomonidan taqdim etilgan bir martalik qog'oz salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi mijozlarimizni eng ko'p qiziqtirgan va ular tomonidan ko'p xarid qilingan uskunalar qatoriga kiradi. Bu daromadli biznesning ko'p qiziqishlarga sabab bo'lishi bu turdagi salfetkalarning kundalik hayotimizda juda keng tarqalganligi va talabning yuqoriligi bilan izohlashimiz mumkin. Huddi shu turdagi salfetkalarni xarid qilgan mijozlarimizning xalq tili bilan aytganda "ketmonlari uchib" o'z bizneslarini kengaytirmoqdalar. Ko'plab mijozlarimiz endi dispenserli salfetka ishlab chiqarishga ham katta qiziqish bildirmoqdalar.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Quvvati:** 4,5kw/soat
- **Kuchlanish:** 380v50Hz
- **Ishlab chiqarish hajmi:** 400-600 dona/minut
- **Mahsulot o’lchamlari:** 130\*80mm
- **O’lchami:** 2600\*1500\*1500mm
- **Og’irligi:** 1200kg

## Texnik xususiyatlar

### Dispenserli salfetka ishlab chiqarish uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 380v50Hz |
| Quvvati | 4,5kw/soat |
| Mahsulot o’lchamlari | 130*80mm(mijoz talabiga qarab o’zgarishi mumkin) |
| Ishlab chiqarish hajmi | 400-600 dona/minut |
| Avtomatik sanash funksiyasi | Mavjud |
| O’lchami | 2600*1500*1500mm |
| Og’irligi | 1200kg |

## Tavsif

Dispenserli salfetkalar ajoyib kashfiyot bo'lib, barchamiz kafe, restoran va boshqa ovqatlanish shahobchalarida bu turdagi salfetkalarni ko'p ko'rganmiz va ulardan foydalanganmiz. Ular maxsus dispenserlarda buklangan holatda bo'ladi. Bu turdagi salfetkalarning odatiy to'rtburchak shakldagi salfetkalardan bir qancha afzalliklari mavjud. Ular maxsus dispenserlarga joylashtiriladi bu esa salfetkalarning toza saqlanishi va yuqori darajadagi gigiyenani ta'minlaydi. Ularning ustunlik tarafi bir urinishda ichidan salfetkani boshqa salfetkalarga tegmay bemalol olish mumkin. Shuningdek salfetkalarning dispenserda turishi va dispenserdan bittalab salfetka olinishi ortiq salfetkaning isrof bo'lishini oldini oladi va kafe, restoran egalari uchun ortiqcha harajatni qisqartiradi. Dispenserlarga esa har qanday reklamalarni ham joylashtirish mumkin. DISPENSERLI SALFETKA ISHLAB CHIQARISH USKUNASI Dispenserli salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi ishlash jihatdan odatiy to'rtburchak salfetkalar uskunasi bilan bir xil hisoblanadi. Uskuna uchun kerak bo'ladigan talablar:

- 380 Volt kuchlanishga ega bo'lgan elektr toki
- o'rtacha 20-25 kvadrat metr joy (faqat uskuna uchun, mahsulot va xomashyo uchun kattaroq joy talab etiladi)
- eng kamida 2 nafar ishchi kuchi

Dastlab xomashyo olinib, uskunaga o'rnatiladi va ishga tushiriladi. Shundan so'ng xomashyo vallar orasidan o'tadi va vallardagi naqsh xomashyoda aks etadi. Keyingi bosqichda salfetkalar vertikal va gorizontal tarzda bukiladi. Shundan so'ng salfetkalar bukilib L harfini eslatuvchi holatga keladi. Uskunaga ulangan havo tortish moslamasi salfetkalarining bukib berish vazifasini bajaradi.

HAVO TORTISH MOSLAMASI

Salfetkalar bukligandan so'ng kerakli o'lchamda kesiladi va avtomatik sanoq sistemasida sanaladi. Oxirgi bosqichda avtomatik sanoq sistemasida sanalgandan so'ng dispenserli salfetkalar yarim avtomat qadoqlash uskunasida qadoqlanadi.

Teglar: afex, ishlab chiqarish, qog\`oz sochiq, salfetka, salfetka ishlab chiqarish, uskuna, uskunalar, оборудование

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/dispenserli-salfetkalar-ishlab-chiqarish-uskunasi/
uz · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/chouqu-shi-canjin-zhi-shengchan-shebei.md) · [en](https://afex.uz/en/product/equipment-for-the-production-of-napkins-with-a-dispenser.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/oborudovaniye-dlya-proizvodstva-salfetok-s-dozatorom.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/dispenserli-salfetkalar-ondiru-jabdygy.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/tajhizoti-istehsoli-salfetkahoi-dispenseri.md)
