Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
Kuchlanish | 380V50hz |
Quvvati | 7.5 kv |
Qadoqlash maydoni | 390*540mm |
Ishlash tezligi | 50-60dona/soat |
Plyonka kengligi | 450mm |
Uskuna o’lchami | 1515*605*1355mm |
Uskuna og’irligi | 180kg |
Savatchada mahsulotlar yo'q.
Omborda 1 dona mavjud
Blister vakuum qadoqlash uskunasi yordamida turli mahsulotlarni blister plyonka yordamida yuqori aniqlikda qadoqlash imkoni mavjud AFEX GROUP bilan o’z biznesingizni daqama-qadam rivojlantiring
2,200$
Omborda 1 dona mavjud
Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
Kuchlanish | 380V50hz |
Quvvati | 7.5 kv |
Qadoqlash maydoni | 390*540mm |
Ishlash tezligi | 50-60dona/soat |
Plyonka kengligi | 450mm |
Uskuna o’lchami | 1515*605*1355mm |
Uskuna og’irligi | 180kg |
Hozirgi Nou-hau lardan biri bo’lgan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi ko’pchilik e’tiboriga sazovor bo’lgani va O’zbekistonda bunday turdagi liniyalar juda kam ekanligi va boshqa shu turdagi liniyalar esa juda ham qimmat bo’lgani sabab ushbu liniyani sizga taqdim qilmoqchimiz.
“Afex-Group” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan bu liniya Xitoydagi hamkorlar zavodlarimiz tomonidan maxsus buyurtma asosida tayyorlanmoqda. Bu turdagi analog liniyalarning boshlang’ich narxi esa 600 000$ – 700 000$ ni tashkil qiladi.
PET idishlar kundan-kunga hayotimizda keng foydalanilmoqda, va ushbu mahsulotlarning chiqindilarini ko’p uchratishimiz mumkin. Xomashyo narxi va tayyor mahsulot narxi o’rtasidagi tafovut 1KG uchun 8 000 – 10 000 so’mni tashkil etadi.
Tasavvur qiling-a, ekologiyamizga foyda beruvchi ushbu liniya yordamida ko’plab global muammolarni hal qilishingiz va shu bilan birga mo’maygina daromad olishingiz mumkin.
Ya’ni PET idishlardan olingan ipak kabi tolalarni issiqlik izolyatsiyalari, asfaltobeton qoplamalarda (geotekstil), yumshoq o’yinchoqlarda, sport qoplarida, issiq va maxsus kiyimlarda, suv va havo filtrlarida, neft mahsulotlarini sorbentlashda va eng keng tarqalgani bu yostiqlar va ko’rpa-to’shak mahsulotlarida keng foydalaniladi.
Chuchvara (pelmeni) xalqimiz tomonidan sevib iste’mol qilinadigan mahsulotlardan sanaladi. Har bir xonadonda tayyorlanadigan chuchvara oilaning barcha a’zolariga birdek manzur bo’ladi. Zamonamiz rivojlangani sayin yurtimizda urbanizatsiya darajasi yuqori suratlarda o’sib bormoqda. Shaharda istiqomad qiluvchi oilalarning aksariyat qismini vaqt muammosi qiynaydi. Sizga ma’lumki chuchvara tayyorlash bekalarimiz uchun oddiy taom sanalmaydi va uni tayyorlash boshqa ovqatlarga nisbatan ko’proq vaqt talab etadi. Shu sababdan so’nggi yillarda yurtimizda pishirish uchun tayyor taomlarimiz savdosi anchagina o’sgan. Yuqoridagi talabdan kelib chiqqan holda sizlarga bugun AFEX-GROUP LLC kompaniyasi muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildi. Albatta sizlarga tavsiya etiladigan uskunalarimizni tanlashda bizga kelib tushadigan murojaatlarni inobatga olgan holda taqdim etamiz.
Bolajonlar sevib isteʼmol qiluvchi Joʻxori qalamchalari bozori chaqqon mahsulotlardan biri ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Bor yoʻgʻi 4ta uskuna va xomashyo yordamida biznesingiz gullab ketishi hech gap emas. Xaridorgir mahsulotlarimizdan biri boʻlgan Joʻxori qalamchalari (kukuruz) ishlab chiqarish liniyasini sizlarga taqdim qilamiz.
Bu liniyaning afzalliklaridan biri shundaki, har bir hududda isteʼmolchilari topilishi, uzoq masofalarga yetkazishdagi noqulayliklar tufayli har bir hududning oʻzida ishlab chiqarishni tashkil etgan maqsadga muvofiq. Sababi hududlarga yetkazilishi jarayonida yengil ammo hajmi katta boʻlgan Shirin Makkajoʻxori qalamchalari transportda koʻp joy egallashi va buning natijasida mahsulot narxining ishlab chiqarishdan uzoq hududlarda keskin farq qilishiga olib keladi.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan uskunalarimiz yuqori texnologik bosqichlar asosida ishlab chiqarilgan boʻlib – avtomatlashgan boshqaruv tizimi, barcha qismlarda zanglamas metalldan foydalanilganligi uni tadbirkorlarimizga koʻp yillar xizmat qilishini kafolatlaydi.
Bu biznesni boshlashga undashimizga asosiy sabab – mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyolarning barchasini mahalliy bozorlarimizdan topish imkoniyati mavjudligidadir. Oʻrta hisobda 1kg joʻxoridan oʻrtacha 20 qadoq atrofida mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Shuning oʻzi ham bu soha naqadar serdaromad ekanligini isbotlab turibdi.
Yog’ochga ishlov berish uchun arra
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!