Bir martalik qog’oz stakanlar ishlab chiqarish liniyasi

(1 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Bir martalik ishlatiladigan idishlar mahsulotlari oziq-ovqat, uning ko’chma sanitariya, past narxlardagi, shuningdek, biznes va iste’molchilar sohasida keng tarqalganligi bilan qo’llaniladi. 

Qog’oz stakan mahsulotlari turli buyumlar va asosan oziq ovqat va qadoqlash sohalarida alohida afzalliklarga ega: qulay saqlash, qulay ishlov berish, yaxshi sanitariya sharoitlari va boshqa xususiyatlari tufayli mamlakatimizda oziq-ovqat iste’moli, bir marta ishlatiladigan idishlar iste’moli juda katta.

21,900$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Ayni paytda, mamlakatimizda oziq-ovqat sanoati jadal rivojlanib borayotgan bir paytda, bir marta ishlatiladigan idishlar sanoatiga tikilgan sarmoya o’zini tez oqlashi bilan bir qatorda uzoq istiqbolga ham ega.

Bundan tashqari, odamlarning iste’mol darajasini yaxshilanib borishi ularda gigiyenaga e’tiborni kuchayishiga va ishchilar mehnatini kamaytirishga olib kelishga urinishlar ko’payadi. Biroq, bu sohalarda xomashyo yetkazib berish, turli ishlab chiqarish qo’shimchalarini tadqiq qilish va odamlarimizga keng ommaviy ishlab chiqarishda mamlakatimiz hali nisbatan orqada.

Demak shu kabi faktorlarga tayangan holda sizlar uchun qog’oz stakanlar ishlab chiqarish liniyasini tavsiya qilamiz.

Eng ko’p qo’llaniladigan sohalar:

  • Umumiy ovqatlanish va taom buyurtma qilish servislari;
  • Muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar;
  • Qaynoq kofe sotish nuqtalari;
  • Salqin ichimliklar sotish nuqtalari;
  • Popkorn va shunga o’xshash snek mahsulotlar biznesi;
  • Boshqa ishlatish mumkin bo’lgan sohalar.

Qog’ozni kesib berish uskunasi

Qog’oz uskunaga qo’yilishidan avval ustiga chop etilib so’ng kesiladi. Shu kabi nostandart shakllarda kesish uchun maxsus kesuvchi uskuna mavjud. Uskuna xalq orasida tigel press nomi bilan ataladi. Ushbu uskunani alohida ham ishlatib yaxshigina daromad topish mumkin. Chunki chop etilgan bir qavatli har xil shirinliklar uchun va bir martalik idishlar uchun aynan shu uskuna yordamida kesib olinadi. Uskunaning standart kattalikdagi xilini sizlarga taqdim etmoqdamiz. Bundan katta va kichik turlari ham mavjud. Uskunaning har bir shakli uchun alohida qolip talab etiladi. Qoliplarni qanday yasash va qayerdan buyurtma berish haqida bizning xodimlarimiz sizga ma’lumot berishadi. Uskunani avtomatik va pedal yordamida harakatlantirish mumkin.

Qutilar uchunyarim avtomatik kesish va bukish uchun iz tushirish uskunasi ML-750
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Kuchlanish 280V50hz
Quvvat sarfi 2,2kw/soat
Ishlash maydoni 750*520mm
Ishlash tezligi 0-30 dona/min
O’lchami 1500*1400*1300mm
Og’irligi 2200kg
Quti qalinligi 1,2,3,5,7 qavatli gofra qutilar uchun
Avtomatik sanoq funksiyasi Mavjud

 

QOG’OZ STAKAN CHIQARISH USKUNASI

Ushbu uskunamiz oxirgi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan bo’lib, tezlik sezilarli yuqori va ishlash davomida kam shovqinligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Eng muhim jihati chiqqan mahsulotlarni sonini nazorat qilish mumkinligidir.

Qog’oz stakan chiqarish uskunasi
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Shenzhen
Kuchlanish 380v/220v50hz
Quvvat sarfi 4kw/soat
Ishlab chiqarish tezligi 50-60 dona/min
Stakan pastki qismi diametric 30-75mm
Stakan sig’imi 2.5-12oz
Stakan yuqori diametric 38-94mm
Stakan balandligi 30-111mm
Qog’oz balandligi 150-350gsm
O’lchami 2800*1400*1700mm
Og’irligi 1350kg

 

Xoxlovchi xaridorlar uchun talablariga binoan rangli rulonli chop etish qurilmasini ham qilib berishimiz mumkin. Ushbu uskuna biroz qimmatroq bo’lganligi va chop etish xizmatini qilib beruvchi firmalar soni ko’p bo’lganligi uchun biz narxlarga qo’shmadik.

 

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov  kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini ko’rsatilgan narxlarda Toshkentdagi “AFEX-GROUP” LLC omboridan qabul qilib oladi.

(Oʻrnatib berish xarajatlari va yetkazib berish xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

1 Izoh qoldirilgan

4.0 umumiy reyting
0
1
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Islomjon

    Avvalo O’zbekistonda ham imkoniyat borligiga shukur ,yana bu stanokni variantga olsa ham bo’ladimi

    Islomjon

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish