# Bir martalik qog'oz stakanlar ishlab chiqarish liniyasi
> Bir martalik ishlatiladigan idishlar mahsulotlari oziq-ovqat, uning ko'chma sanitariya, past narxlardagi, shuningdek, biznes va…
Katalog: Qog‘ozni qayta ishlash
SKU: 60a64f010bd70c6bd72cb71f
Yangilangan: 2026-07-15

Qog'oz stakan mahsulotlari turli buyumlar va asosan oziq ovqat va qadoqlash sohalarida alohida afzalliklarga ega: qulay saqlash, qulay ishlov berish, yaxshi sanitariya sharoitlari va boshqa xususiyatlari tufayli mamlakatimizda oziq-ovqat iste'moli, bir marta ishlatiladigan idishlar iste'moli juda katta.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Quvvat sarfi:** 2,2kw/soat
- **Kuchlanish:** 280V50hz
- **O’lchami:** 1500\*1400\*1300mm
- **Og’irligi:** 2200kg
- **Ishlash maydoni:** 750\*520mm
- **Ishlab chiqarish tezligi:** 50-60 dona/min

## Texnik xususiyatlar

### Qutilar uchunyarim avtomatik kesish va bukish uchun iz tushirish uskunasi ML-750

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 280V50hz |
| Quvvat sarfi | 2,2kw/soat |
| Ishlash maydoni | 750*520mm |
| Ishlash tezligi | 0-30 dona/min |
| O’lchami | 1500*1400*1300mm |
| Og’irligi | 2200kg |
| Quti qalinligi | 1,2,3,5,7 qavatli gofra qutilar uchun |
| Avtomatik sanoq funksiyasi | Mavjud |

### Qog’oz stakan chiqarish uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Shahar | Shenzhen |
| Kuchlanish | 380v/220v50hz |
| Quvvat sarfi | 4kw/soat |
| Ishlab chiqarish tezligi | 50-60 dona/min |
| Stakan pastki qismi diametric | 30-75mm |
| Stakan sig’imi | 2.5-12oz |
| Stakan yuqori diametric | 38-94mm |
| Stakan balandligi | 30-111mm |
| Qog’oz balandligi | 150-350gsm |
| O’lchami | 2800*1400*1700mm |
| Og’irligi | 1350kg |

## Tavsif

Ayni paytda, mamlakatimizda oziq-ovqat sanoati jadal rivojlanib borayotgan bir paytda, bir marta ishlatiladigan idishlar sanoatiga tikilgan sarmoya o'zini tez oqlashi bilan bir qatorda uzoq istiqbolga ham ega. Bundan tashqari, odamlarning iste'mol darajasini yaxshilanib borishi ularda gigiyenaga e'tiborni kuchayishiga va ishchilar mehnatini kamaytirishga olib kelishga urinishlar ko'payadi. Biroq, bu sohalarda xomashyo yetkazib berish, turli ishlab chiqarish qo'shimchalarini tadqiq qilish va odamlarimizga keng ommaviy ishlab chiqarishda mamlakatimiz hali nisbatan orqada. Demak shu kabi faktorlarga tayangan holda sizlar uchun qog'oz stakanlar ishlab chiqarish liniyasini tavsiya qilamiz. Eng ko'p qo'llaniladigan sohalar:

- Umumiy ovqatlanish va taom buyurtma qilish servislari;
- Muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar;
- Qaynoq kofe sotish nuqtalari;
- Salqin ichimliklar sotish nuqtalari;
- Popkorn va shunga o'xshash snek mahsulotlar biznesi;
- Boshqa ishlatish mumkin bo'lgan sohalar.

Qog'oz uskunaga qo'yilishidan avval ustiga chop etilib so'ng kesiladi. Shu kabi nostandart shakllarda kesish uchun maxsus kesuvchi uskuna mavjud. Uskuna xalq orasida tigel press nomi bilan ataladi. Ushbu uskunani alohida ham ishlatib yaxshigina daromad topish mumkin. Chunki chop etilgan bir qavatli har xil shirinliklar uchun va bir martalik idishlar uchun aynan shu uskuna yordamida kesib olinadi. Uskunaning standart kattalikdagi xilini sizlarga taqdim etmoqdamiz. Bundan katta va kichik turlari ham mavjud. Uskunaning har bir shakli uchun alohida qolip talab etiladi. Qoliplarni qanday yasash va qayerdan buyurtma berish haqida bizning xodimlarimiz sizga ma'lumot berishadi. Uskunani avtomatik va pedal yordamida harakatlantirish mumkin. Ushbu uskunamiz oxirgi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan bo'lib, tezlik sezilarli yuqori va ishlash davomida kam shovqinligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Eng muhim jihati chiqqan mahsulotlarni sonini nazorat qilish mumkinligidir. Xoxlovchi xaridorlar uchun talablariga binoan rangli rulonli chop etish qurilmasini ham qilib berishimiz mumkin. Ushbu uskuna biroz qimmatroq bo'lganligi va chop etish xizmatini qilib beruvchi firmalar soni ko'p bo'lganligi uchun biz narxlarga qo'shmadik. Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin. Xaridorlar uskunalarini ko'rsatilgan narxlarda Toshkentdagi "AFEX-GROUP" LLC omboridan qabul qilib oladi. (Oʻrnatib berish xarajatlari va yetkazib berish xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

Teglar: coffee uchun stakan, ishlab chiqarish, stakan, xitoydan, оборудование

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/bir-martalik-qogoz-stakanlar-ishlar-ishlar-chiqarish-uskunasi/
uz · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-odnorazovykh-bumazhnykh-stakanchikov.md) · [en](https://afex.uz/en/product/disposable-paper-cups-production-line.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/yici-xing-zhi-bei-shengchan-xian.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-stakanhoi-koghazii-yakkarata.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/bir-rettik-qagaz-staqandar-ondiru-jelisi.md)
