Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
Model | AF-GDZ-400 |
Ishlash tezligi | 2-4ta /bir daqiqada |
Kuchlanish | 220V/50HZ/ 0,75KW |
Vakuum kamerasining o’lchami | 400*320mm |
Material | 304 zanglamaydigan po’latdan |
O`lchami | 550×500×950 мм |
Og’irligi | 80kg |
Savatchada mahsulotlar yo'q.
Omborda 1 dona mavjud
Bir kamerali Vakum qadoqlash uskunasi, bir daqiqada 3-4 ta qadoqlash imkoniyati
750$
Omborda 1 dona mavjud
Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
Model | AF-GDZ-400 |
Ishlash tezligi | 2-4ta /bir daqiqada |
Kuchlanish | 220V/50HZ/ 0,75KW |
Vakuum kamerasining o’lchami | 400*320mm |
Material | 304 zanglamaydigan po’latdan |
O`lchami | 550×500×950 мм |
Og’irligi | 80kg |
Tibbiyot sohasida va har birimiz biror dardga chalinganimizda eng ko’p foydalaniladigan mahsulot bu tibbiyot dokasi hisoblanadi. Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish hozirda yuritimizda yo’lga qo’yilgan bizneslar qatorida. Nega unda sizlar bu liniyani taklif etmoqdasizlar degan fikrda bo’lishingiz tabiiy, ammo bizning kuzatuvchilarimiz yaxshi bilishadiki “AFEX-GROUP” LLC doim yangi va kamyob uskunalarni sizga taklif etamiz. Maqsadimiz aniq, sizga ko’p daromad keltiruvchi sohani taklif etish va daromadingiz oshishiga o’z hissamizni qo’shish.
Yurtmizda bunyodkorlik ishlari tobora keng quloch yoymoqda. Yangi binolar, ko’p qavatli turar-joylar madaniy-maishiy obyektlar qad rostlamoqda, tekis-ravon yo’llar, muxtasham va ko’rkam ko’priklar jadal sur’atlarda ko’paymoqda. Albatta bu bunyodkorlik ishlari yurtimizdagi mehnatkash ustalarimizning mashaqqatli mehnatlari evaziga barpo bo’lmoqda. Qish-u, yozda davom etayotgan qurilish ishlarida xo’jalik qo’lqoplari ustalarning eng zarur ximoya vositalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek ish qo’lqoplaridan nafaqat qurilish ishlarida, balki xo’jalikning boshqa yumushlarida ham keng foydalanilmoqda. Shuning uchun xo’jalik qo’lqoplariga talab borgan sari ortib bormoqda.
Bolajonlar ham kattalar ham birdek sevib iste’mol qiladigan snack mahsulotlardan biri bu qotgan non ya’ni suxarikidir. Yurtimizda bu mahsulotga yil sayin talab ortib bormoqda. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarishning 2 xil usuli-Ekstruziya va qolipli nondan tayyorlash usullari mavjud. Biz sizlarga bugun qolipli nondan tayyorlash liniyasini e’tiboringizga havola etamiz. Ushbu biznes bilan siz be’malol uy sharoitida boshlab, sifatli mahsulot tayyorlashingiz mumkin, ya’ni oilaviy korxona yoki xususiy korxona shaklida ro’yhatdan o’tgan holda. Sizga qulay bo’lishi uchun hamma uskunalarni 220v kuchlanishga moslashtirdik. Ushbu liniyada mahsulot tannarxi ancha arzonga tushadi, sababi siz ikki xil uslubdan birini tanlagan holatda mahsulot chiqarishingiz mumkin.
1- usul: Yangi chiqarilgan qolipli non sotib olish, yoki uni o’zingiz ishlab chiqarish
2-usul: do’konlarda olib kelinganiga 2 kundan oshmagan qolipli nonlarni arzonroq narxda xarid qilib olish.
Chuchvara (pelmeni) xalqimiz tomonidan sevib iste’mol qilinadigan mahsulotlardan sanaladi. Har bir xonadonda tayyorlanadigan chuchvara oilaning barcha a’zolariga birdek manzur bo’ladi. Zamonamiz rivojlangani sayin yurtimizda urbanizatsiya darajasi yuqori suratlarda o’sib bormoqda. Shaharda istiqomad qiluvchi oilalarning aksariyat qismini vaqt muammosi qiynaydi. Sizga ma’lumki chuchvara tayyorlash bekalarimiz uchun oddiy taom sanalmaydi va uni tayyorlash boshqa ovqatlarga nisbatan ko’proq vaqt talab etadi. Shu sababdan so’nggi yillarda yurtimizda pishirish uchun tayyor taomlarimiz savdosi anchagina o’sgan. Yuqoridagi talabdan kelib chiqqan holda sizlarga bugun AFEX-GROUP LLC kompaniyasi muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildi. Albatta sizlarga tavsiya etiladigan uskunalarimizni tanlashda bizga kelib tushadigan murojaatlarni inobatga olgan holda taqdim etamiz.
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!