# Belkurak (lopatka) ishlab chiqarish liniyasi
> Assalomu alaykum, AFEX-GROUP ning qadrli mijozlari.
Katalog: Metallga ishlov berish
SKU: 60a345850bd70c20b3270ac4
Yangilangan: 2026-07-15

Assalomu alaykum, AFEX-GROUP ning qadrli mijozlari. Xalqimizda bir maqol bor: "Ish quroling soz bo\`lsa, mashaqqating oz bo\`lur". Bu maqol naqadar to\`g\`ri ekanligini butun umrimiz davomida ham ko\`rishimiz mumkin. Yurtimizga bahor kirib kelgani tufayli, ushbu faslda xalqimiz tomonidan eng ko\`p ishlatiladigan ish qurollaridan biri bo\`lgan belkurak (lopatka) ishlab chiqarish to\`g\`risida sizlarga ma\`lumot bermoqchimiz. Quyida siz ishlab chiqarish uchun kerak bo\`ladigan uskunalar to\`plami, ishlab chiqarish jarayonlaridan lavhalar va belkurakning eskizlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Asosiy quvvati:** 11kw
- **Ish stoli o’lchami:** 720\*620mm
- **Uskuna o’lchamlari:** 2800\*1500\*3400mm
- **Asosiy motor quvvati:** 4kw
- **Qo’shimcha motor quvvati:** 0,75kw
- **Ishlab chiqarish tezligi:** 5m/min

## Texnik xususiyatlar

### Avtomatik presslash uskunasi

| | |
|---|---|
| Nominal bosim | 1600KN |
| Maks gidravlik bosim | 25mpa |
| Ish stoli o’lchami | 720*620mm |
| Asosiy quvvati | 11kw |
| Uskuna o’lchamlari | 2800*1500*3400mm |

### Yog’ochni dumaloq qilib berish uskunasi

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380V50Hz |
| Asosiy motor quvvati | 4kw |
| Qo’shimcha motor quvvati | 0,75kw |
| Pichoqlar soni | 2 ta |
| Ishlab chiqarish tezligi | 5m/min |
| Yog’och diametric | 20-60mm |
| Min yog’och uzunligi | 500mm |
| Uskuna o’lchamlari | 1470*590*1000mm |
| Og’irligi | 520kg |

### Sayqallash uskunasi

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380V50Hz |
| Asosiy motor quvvati | 2,2kw |
| Qo’shimcha motor quvvati | 0,44kw |
| Ishlash tezligi | 5-10m/min |
| Silliqlash diametric | 10-60m/min |
| Umumiy o’lchamlari | 800*700*1350mm |
| Og’irligi | 210kg |

### Oval qilib berish uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlash diametr oralig’i | 20-40mm |
| Shpindel tezligi | 5000r/min |
| Motor quvvati | 1,5kw |
| Umumiy o’lchamlari | 720*560*820mm |
| Sof og’irligi | 130kg |

## Tavsif

### Umumiy ma\`lumotlar

- Ishlab chiqarish nomi: Belkurak ishlab chiqarish
- Ishlab chiqarish hajmi: 40ta/soat o\`rtacha (o\`lchamlarga bog\`liq)
- Ishlab chiqarish quvvati: 40kw/soat
- Kerakli maydon: 60 metr kvadrat
- Maxsus talablar: Suv va changdan himoyalanganligi, o\`rnatish manzilida 380V kuchlanishli elektr toki mavjud bo\`lishi
- Ishchilar soni: 2ta

### Uskunalar to\`plami

Komplekt to\`plamga quyidagi uskunalar kiradi:

- Avtomatik press uskunasi
- Maxsus qoliplar
- Yog\`ochni dumaloq qilib berish uskunasi
- Dastakni sayqallash uskunasi
- Dastakni oval qilib berish uskunasi

Demak, bizga eng birinchi o\`rinda kerak bo\`ladigan uskuna- bu avtomatik presslab berish uskunasi. Uskuna yordamida siz maxsus kesib olingan metall qismlarini qoliplar yordamida turli xil shakllarga keltirishingiz mumkin. Shu o\`rinda bir ma\`lumotga e\`tibor qaratish lozim. Uskunada 3 xil qolipni ishlatish mumkin. Birinchi qolipning vazifasi- to\`rtburchak metallardan belkurak qismini kesib olish. Kesib olingandan so\`ng metall quyidagi ko\`rinishga keladi. Ikkinchi qolip yordamida endi biz kesib olingan metallarni bukib olamiz. Uchinchi qolip yordamida metall qismning dastak kirish uchi mahkamlanadi. Shu bilan belkuragimizning metall qismi tayyor holatga keldi. E\`tibor bergan bo\`lsangiz ishlab chiqarish jarayonida biz bitta press uskunadan foydalandik, faqatgina qoliplarni almashtirdik. Agarda ishlab chiqarish hajmini oshirishni istasangiz 3ta qolip uchun 3ta press uskuna olganingiz ma\`qul. Quyidagi chizmalarda siz turli xil shakldagi belkuraklar ishlab chiqaris uchun chizmalarni ko\`rishingiz mumkin. Demak, bizga yog\`ochga ishlov berish uchun eng birinchi navbatda yuqoridagi uskuna kerak bo\`ladi. Ushbu uskunaning vazifasi to\`rtburchak shaklidagi yog\`ochlarni bizga kerakli bo\`lgan diametrlarga keltirib berishdan iborat. Keling uskunaning texnik ko\`rsatkichlarini ko\`rib chiqsak: Ishlab chiqarish jarayonidan lavhalar quyidagi videoda ko\`rishingiz mumkin: Navbatdagi bosqichda esa biz dastaklarni ustki qismiga ishlov beramiz, ya\`ni sayqallaymiz. Sayqallash yordamida biz dastaklarimizga chiroy beramiz, ularni ushlash uchun oson qilamiz va har-xil jarohatlarning oldini olgan hisoblanamiz (zirapchlarni olib tashlaydi). Ishlab chiqarish jarayonidan lavha Belkuragimiz bilan ishlash qulay bo\`lishi uchun va ishlagan paytda qo\`lga zarar, noqulayliklar tug\`dirmasligi maqsadida belkurak dastaklarini oval shakliga keltirishimiz lozim. Oval shaklga keltirish uchun ham alohida uskuna talab qilinadi.

## Video

- https://youtu.be/ko8t8k4a-MY
- https://youtu.be/1gajy3NsVfw
- https://youtu.be/7hwVhlkbZ8g
- https://youtu.be/NOhLsounK18

Teglar: belkurar, ishlab chiqarish, kapcha, lopatka, uskuanalar, xitoydan

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/belkurak-lopatka-ishlab-chiqarish-liniyasi/
uz · [en](https://afex.uz/en/product/shovel-shovel-production-line.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/kurek-ondiru-jelisi.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-bel.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-lopaty.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/tie-qiao-shengchan-xian.md)
