# Atir(духи)ni ikki boshli to'ldirish uskunasi
> Ikki boshli atir to‘ldirish uskunasi atirni ikkita nasadka orqali flakonlarga dozalab quyadi.
Katalog: Qadoqlash › Dozator
Yangilangan: 2026-07-14

Ikki boshli atir to‘ldirish uskunasi atirni ikkita nasadka orqali flakonlarga dozalab quyadi. Tezligi daqiqasiga 30 donagacha, bir dozaning hajmi 1000 ml gacha.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Kuchlanish:** 220V 50/60 Hz
- **Quvvat i:** 10 vat
- **Ishlash tezligi:** 0-30 ta/min
- **Aniqlik darajasi:** ≤±0,5%
- **Havo bosimi:** 0,4-0,8 Mpa
- **Uskuna o’lchami:** 54\*43\*150 sm

## Texnik xususiyatlar

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 220V 50/60 Hz |
| Quvvat i | 10 vat |
| Ishlash tezligi | 0-30 ta/min |
| Aniqlik darajasi | ≤±0,5% |
| To’ldirish hajmi | 1000 ml gacha |
| Havo bosimi | 0,4-0,8 Mpa |
| Uskuna o’lchami | 54*43*150 sm |

## Tavsif

Uskuna siqilgan havo bilan ishlaydi: unga 0,4–0,8 MPa bosimdagi havo beriladi. Ish tezligi 0 dan 30 tagacha sozlanadi, bu kichik partiyalar va turli hajmdagi flakonlar bilan ishlashda qulay. Dozalash aniqligi ±0,5% ichida, ya’ni har bir flakonga deyarli bir xil miqdor tushadi.

Quvvati atigi 10 Vt, 220 V 50/60 Hz tarmoqqa ulanadi. O‘lchamlari 54×43×150 sm — ixcham uskuna kichik xonada ham joylashadi. U atir ishlab chiqarishni endi yo‘lga qo‘yayotgan yoki kichik hajmda ishlaydigan sexlar uchun mos: ikki nasadka qo‘lda quyishdan ko‘ra tezroq va aniqroq natija beradi. Uskuna Xitoyda ishlab chiqarilgan.

AFEX uskunani yetkazib beradi, o‘rnatadi, ishga tushiradi va kafolat xizmatini ko‘rsatadi. Flakon hajmi va kunlik rejangizni yozing — mos sozlamalarni tavsiya qilamiz.

## Video

- https://youtu.be/x8IK3cOwRUE

Teglar: afex, atir, duxi, parfume, parfyum, shisha, to'ldirish, uskunalar, духи

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/atir%d0%b4%d1%83%d1%85%d0%b8ni-ikki-boshli-toldirish-uskunasi/
uz · [ru](https://afex.uz/ru/product/dvukhgolovochnoye-oborudovaniye-dlya-rozliva-parfyumerii.md) · [en](https://afex.uz/en/product/two-head-perfume-filling-equipment.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/atir-quyuga-arnalgan-eki-basty-jabdyq.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/tajhizoti-dusarai-pur-kardani-atr.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/xiangshui-shuang-tou-guan-zhuang-ji.md)
