,

Asfalt ishlab chiqarish zavodi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Qurilishlar va inshootlar har bir davlatning kuch-qudratining ramzidir. Binolar va yo`llarning mukammalligi va sifatliligi yurt obro`siga katta hissa qo`shadi. Yurtimizda so`nggi yillarda ushbu sohada ham sekin-asta ijobiy o`zgarishlar sodir bo`lmoqda.

Yurtimizdagi eng asosiy muammolardan biri bu aksar yo`llarning sifat standartlariga javob bermasligidir. Bunga turli xil omillarni sabab qilib ko`rsatish mumkin. Bizning kompaniyamiz esa siz aziz mijozlarga asosiy qurilish mahsulotlaridan biri bo`lgan-asfalt ishlab chiqarish uchun mini zavodni taklif qiladi. Ushbu zavod orqali sifatli va hamyonbop mahsulot ishlab chiqara olasiz degan umiddamiz.

383,900$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Afzallik tomonlari

  1. Xavfsiz – asfalt qoplamalari yuqori tezlikka chidamlilikni ta’minlaydi, asfalt qoplamasi va yo’l belgilari orasidagi rangning yuqori kontrastini ta’minlaydi va har qanday ob-havo sharoitida haydovchilarga yo’lni yaxshi ko’rinish imkonini beradi. Asfalt yo`llar muz va qorni boshqa yo’laklarga nisbatan tezroq eritadi.
  2. Yumshoq – asfalt qoplamalari boshqa yo’laklarga nisbatan tekisroq sirtni ta’minlaydi. Asfalt yumshoqroq bo`lgani tufayli shinalarning yedirilishini kamaytiradi, bu yoqilg’i tejamkorligini va karbonat angidrid chiqindilarining kamayishini anglatadi.
  3. Shovqinsiz – asfalt yo’llar avtomobil yo’llaridagi shovqinni yetti detsibelgacha kamaytirishi mumkin. Ma`lumot o`rnida shuni eslatib o`tish lozimki, shovqinni atigi uch detsibelga kamaytirish shovqin manbasi va tinglovchi orasidagi masofani ikki baravar oshirishga tengdir.
  4. Ekologik toza – asfalt 100% qayta ishlanadigan mahsulotdir. Asfalt ishlab chiqarish va qurish uchun boshqa yo’lak materiallariga qaraganda 20% kam energiya talab qiladi. Iste’moldan keyin ishlatilgan shinalar va boshqa neft mahsulotlari yangi asfalt qoplamasida qayta ishlatilishi mumkin, bu esa tabiiy resurslarni tejashga imkon beradi.
  5. Chidamli – asfalt qoplamalari uzoq muddatga chidamli. Barcha asfalt qoplamalari birikish va moslashuvchan xususiyatga ega. Bu esa ularning foydalanish sohalari va imkoniyatlarini oshiradi.

Zavodning asosiy qismlari

Quyida siz zavodning eng asosiy ishlab chiqarish qismlarini ko`rishingiz mumkin:

  1. Xom-ashyolarni yetkazib berish tizimi
  2. Xom-ashyolarni quritish-qizitish tizimi
  3. Xom-ashyolarni aralashtirish tizimi
  4. Pnevmatik bosim berish tizimi
  5. Markaziy boshqaruv tizimi
  6. Changdan tozalash tizimi(nam chang)
  7. Mineral kukunlarni saqlash va yetkazib berish tizimi
  8. Asfaltni qizitib berish tizimi(energiyatejamkor)

Umumiy ma`lumotlar

Keling endi ushbu mini zavodimiz haqida yanada batafsilroq ma`lumotlar bilan tanishib chiqsak. Quyida zavodning umumit texnik ko`rsatkichlari bilan tanishib chiqsangiz bo`ladi:

  1. Ishlab chiqarish hajmi: 60tonna/soat
  2. Issiq asfalt temperaturasi: 130°C-165°C
  3. Ishlash shovqini: ≤70 db(A) 
  4. Jarayon boshqaruvi: Qo`lda va to`liq avtomatik
  5. Kuchlanish: 380V, 50Hz
  6. Quvvati: 135.84kw
  7. Zavod o`lchamlari: 36*18*13 m 
  8. Kerakli maydon: 650 metr kvadrat
  9. Xom-ashyolar: karbon, nitrogen, sulfat, vodorod, nikel, metall va boshqa neft qoldiqlari, ko`mir, suv, mineral toshlar.
  10. Asfalt turlari: issiq va sovuq

Shu o`rinda bir ma`lumotni aytib o`tish kerak. Ushbu liniya yordamida ikki xil turdagi asfaltni ishlab chiqarish mumkin. Shu sababli, asfaltning kimyoviy tarkibida o`zgarishlar bo`ladi. Asfaltning xususiyatlari va kerakli zichlikka qarab zavodni sozlash mumkin. Ana endi bizga kerakli uskunalar va jarayonlarga o`tsak ham bo`ladi.

Xom-ashyolarni yetkazib berish tizimi

Ishlab chiqarish bosqichlaridan eng birinchisi bu, avvalo, kerakli xom-ashyolarni saqlab turish va keyingi uskunalarga yetkazib berish kerak. Demak, buning uchun bizga xom-ashyo saqlash tankeri kerak bo`ladi. Ushbu zavod tarkibida bunday tankerlar soni 4ta. Bu degani 4 xil xom-ashyoni saqlash mumkin degani. Xaridor talabiga binoan qo`shimcha haq evaziga tankerlar qo`shib beriladi.

                                                                              Saqlash tankerlari
Sig’imi 4*6,5 m3
Yuklash balandligi 3m
Kengligi 3.2m
Motor quvvati 4*1,5kw
Remen kengligi 500 mm
Vibratsion motor quvvati 2*0,25kw

 

 

Keyingi navbatda bizga ikki turdagi(TK-35 VA TK-45) konveyrlar kerak bo`ladi. Ularning vazifalari tankerlardagi xom-ashyolarni yig`ib, keyingi uskunalarga yetkazib berishdan iborat.

                                                                                       TK-35
Remen kengligi 500mm
Sig’imi 80tonna/soat
Quvvati 4kw
                                                                                       TK-45
Remen kengligi 500mm
Sig’imi 80 tonna/soat
Quvvati 5,5kw

 

Xom-ashyo tarkibida turli xil chiqindilar va ortiqcha mayda toshlar bo`lishi mumkin. Shuning uchun ikkita konveyr o`rtasiga skrin(elab beruvchi uskuna)ni joylashtiramiz.

Xom-ashyolarni quritish-qizitish tizimi

Navbat endi xom-ashyolarni qizitishga keldi. Yuqori haroratda ularni yondirish-qizitish yuqori sifatga olib keladi. Eng birinchi navbatda ularni qizdirish uchun uchta qismga bo`lingan silindr baraban kerak bo`ladi. Silindr baraban ichidagi harorat 400-500 gradus atrofida bo`ladi.

 

                                                       Silindr barabar
Diametri F1,2m
Uzunligi 5,2m
Motor quvvati 11kw
Sig’imi 80 tonna/soat

 

Bizga ko`mirni yoqib beradigan uskuna ham kerak bo`ladi. Ushbu zavodimiz so`nggi vaziyatlarni inobatga olgan holda ko`mirda ishlashga moslashtirilgan. Shu uskuna tarkibida ko`mirni maydalab beruvchi drobilka ham bor. 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun o`rtacha 13-15kg ko`mir kerak bo`ladi. Uskuna umumiy hisobda 45kw elektr toki sarflaydi.

Ko`tarib beruvchi uskunalar

Ushbu zavodimiz o`z ichiga ikkita elevator(ko`tarib beruvchi uskuna)ni oladi. Birinchisi aralashma holatiga kelgan agregatni ko`tarib berish uchun. Ikkinchisi esa agregatlardan qolgan kukun holatidagi xom-ashyolarni ko`tarib beradi. Buni post so`ngidagi videodan batafsil tushunib olish mumkin.

Skrining tizimi

Demak, tayyor mahsulot bo`lgan agregatlarni yuqoriga ko`tarib oldik. Navbatdagi bosqichda 4 qavatli vibrator uskunadan foydalanamiz. Bu uskuna silkinish va turli xil o`lchamdagi elaklari yordamida agregatlarni bir-biridan ajratadi. Uskuna motoring quvvati 7,5kw.

O`lchash tizimi

Bundan oldingi bosqichlarda vibrator skrin yordamida agregatlarni ajratib oldik. Ushbu bosqichda esa ularni bir-biridan ajratib olib o`lchab olamiz. Buning uchun bizga 3 ta o`lchash idishlari kerak bo`ladi: issiq agregat uchun, kukun holatidagi xom-ashyo uchun va asfaltni o`lchash uchun. Ularning har birida 3tadan sensor joylashtirilgan bo`lib, mos ravishda 700kg, 80kg va 50kg sig`imlarga ega.

 

Aralashtirish tizimi

Ishlab chiqarish jarayonimizning eng asosiy qismiga ham yetib keldik-mahsulotlarni aralashtirish. Yarim-tayyor xom-ashyolarni maromida aralashtirish yakuniy mahsulotimiz bo`lgan asfaltning sifatiga katta ta`sir ko`rsatadi. Buning uchun bizga quyidagi uskuna kerak bo`ladi

                                                           Aralashtirgich
Aralashtirish sig’imi 700kg
Aralashtirish davomiyligi <48s
Motor quvvati 30kw
Bo’lmalar soni 4 ta

 

Changdan tozalash tizimi

Ushbu tizimga quyida joylashgan rasmlardagi uskunalar kerak bo`ladi.

Qizil ramka ichidagi qism siklon changini tozalash uskunasi. Yashil qism esa suvli filtr tozalash uskunasi.

Tashish va saqlash tizimi

Ishlab chiqarish jarayonida xom-ashyolar kukun holatiga ham keltiriladi. сhunki kukun holatidagi asfalt ham yo`llarni ta`mirlaganda issiq asfaltga qo`shiladi. Buning uchun bizga ikkita silo va konveyr kerak bo`ladi. Qanday kukun ekanligini so`nggi qismda joylashgan video orqali bilib olishingiz mumkin.

Tayyor bo`lgan asfaltni tashish va saqlashga ham tanker, bunker va nasoslar kerak bo`ladi.

Pnevmatik bosim berish tizimi

Buning uchun bizga bitta havo kompressori va uning boshqa ehtiyot qismlari kerak bo`ladi. Havo kompressorining sig`imi 3metrkub/min turi yetadi. Quvvati 7,5kw.

Boshqaruv tizimi

Liniyamiz o`z ichiga to`liq avtomatlashtirilgan elektron boshqaruv tizimini oladi. Unga quyidagilar kiradi:

                                      Avtomatlashtirilgan electron boshqaruv tizimi
Kabinetlar soni 2 ta
Voltajmetr 1 ta
Ampermetr 1 ta
Boshqaruv ekrani PLC boshqaruv tizimi
Ehtiyot qismlari Schneider,Omnor,Chint
Printer 1 ta
O’lchamlari 6*2,2*2,5 m

 

Quyida joylashtirgan videomiz orqali asfalt zavodning ishlab chiqarish jarayonlarini animatsion ko`rinishda taqdim etamiz.

                                                                          Narxlar
Xom-ashyolarni yetkazib berish tizimi  

 

 

 

 

 

383 900$

Xom-ashyolarni quritish tizimi
Ko’tarib beruvchi uskunalar
Skrining tizimi
O’lchash tizimi
O’lchash tizimi
Aralashtirish tizimi
Changdan tozalash tizimi
Tashish va saqlash tizimi
Pnevmatik bosim berish tizimi
Boshqaruv tizimi

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Asfalt ishlab chiqarish zavodi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish