# Asfalt ishlab chiqarish zavodi
> Qurilishlar va inshootlar har bir davlatning kuch-qudratining ramzidir.
Katalog: Tayyor liniyalar
SKU: 6189199e23e41005522ff8c0
Yangilangan: 2026-07-15

Qurilishlar va inshootlar har bir davlatning kuch-qudratining ramzidir. Binolar va yo\`llarning mukammalligi va sifatliligi yurt obro\`siga katta hissa qo\`shadi. Yurtimizda so\`nggi yillarda ushbu sohada ham sekin-asta ijobiy o\`zgarishlar sodir bo\`lmoqda. Yurtimizdagi eng asosiy muammolardan biri bu aksar yo\`llarning sifat standartlariga javob bermasligidir. Bunga turli xil omillarni sabab qilib ko\`rsatish mumkin. Bizning kompaniyamiz esa siz aziz mijozlarga asosiy qurilish mahsulotlaridan biri bo\`lgan-asfalt ishlab chiqarish uchun mini zavodni taklif qiladi. Ushbu zavod orqali sifatli va hamyonbop mahsulot ishlab chiqara olasiz degan umiddamiz.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Motor quvvati:** 4\*1,5kw
- **Vibratsion motor quvvati:** 2\*0,25kw
- **Quvvati:** 4kw
- **Yuklash balandligi:** 3m
- **Kengligi:** 3.2m
- **Remen kengligi:** 500 mm

## Texnik xususiyatlar

### Saqlash tankerlari

| | |
|---|---|
| Sig’imi | 4*6,5 m3 |
| Yuklash balandligi | 3m |
| Kengligi | 3.2m |
| Motor quvvati | 4*1,5kw |
| Remen kengligi | 500 mm |
| Vibratsion motor quvvati | 2*0,25kw |

### TK-35

| | |
|---|---|
| Remen kengligi | 500mm |
| Sig’imi | 80tonna/soat |
| Quvvati | 4kw |
| Remen kengligi | 500mm |
| Sig’imi | 80 tonna/soat |
| Quvvati | 5,5kw |

### Silindr barabar

| | |
|---|---|
| Diametri | F1,2m |
| Uzunligi | 5,2m |
| Motor quvvati | 11kw |
| Sig’imi | 80 tonna/soat |

### Aralashtirgich

| | |
|---|---|
| Aralashtirish sig’imi | 700kg |
| Aralashtirish davomiyligi | <48s |
| Motor quvvati | 30kw |
| Bo’lmalar soni | 4 ta |

### Avtomatlashtirilgan electron boshqaruv tizimi

| | |
|---|---|
| Kabinetlar soni | 2 ta |
| Voltajmetr | 1 ta |
| Ampermetr | 1 ta |
| Boshqaruv ekrani | PLC boshqaruv tizimi |
| Ehtiyot qismlari | Schneider,Omnor,Chint |
| Printer | 1 ta |
| O’lchamlari | 6*2,2*2,5 m |

## Tavsif

### Afzallik tomonlari

- Xavfsiz - asfalt qoplamalari yuqori tezlikka chidamlilikni ta'minlaydi, asfalt qoplamasi va yo'l belgilari orasidagi rangning yuqori kontrastini ta'minlaydi va har qanday ob-havo sharoitida haydovchilarga yo'lni yaxshi ko'rinish imkonini beradi. Asfalt yo\`llar muz va qorni boshqa yo'laklarga nisbatan tezroq eritadi.
- Yumshoq - asfalt qoplamalari boshqa yo'laklarga nisbatan tekisroq sirtni ta'minlaydi. Asfalt yumshoqroq bo\`lgani tufayli shinalarning yedirilishini kamaytiradi, bu yoqilg'i tejamkorligini va karbonat angidrid chiqindilarining kamayishini anglatadi.
- Shovqinsiz - asfalt yo'llar avtomobil yo'llaridagi shovqinni yetti detsibelgacha kamaytirishi mumkin. Ma\`lumot o\`rnida shuni eslatib o\`tish lozimki, shovqinni atigi uch detsibelga kamaytirish shovqin manbasi va tinglovchi orasidagi masofani ikki baravar oshirishga tengdir.
- Ekologik toza - asfalt 100% qayta ishlanadigan mahsulotdir. Asfalt ishlab chiqarish va qurish uchun boshqa yo'lak materiallariga qaraganda 20% kam energiya talab qiladi. Iste'moldan keyin ishlatilgan shinalar va boshqa neft mahsulotlari yangi asfalt qoplamasida qayta ishlatilishi mumkin, bu esa tabiiy resurslarni tejashga imkon beradi.
- Chidamli - asfalt qoplamalari uzoq muddatga chidamli. Barcha asfalt qoplamalari birikish va moslashuvchan xususiyatga ega. Bu esa ularning foydalanish sohalari va imkoniyatlarini oshiradi.

### Zavodning asosiy qismlari

Quyida siz zavodning eng asosiy ishlab chiqarish qismlarini ko\`rishingiz mumkin:

- Xom-ashyolarni yetkazib berish tizimi
- Xom-ashyolarni quritish-qizitish tizimi
- Xom-ashyolarni aralashtirish tizimi
- Pnevmatik bosim berish tizimi
- Markaziy boshqaruv tizimi
- Changdan tozalash tizimi(nam chang)
- Mineral kukunlarni saqlash va yetkazib berish tizimi
- Asfaltni qizitib berish tizimi(energiyatejamkor)

### Umumiy ma\`lumotlar

Keling endi ushbu mini zavodimiz haqida yanada batafsilroq ma\`lumotlar bilan tanishib chiqsak. Quyida zavodning umumit texnik ko\`rsatkichlari bilan tanishib chiqsangiz bo\`ladi:

- Ishlab chiqarish hajmi: 60tonna/soat
- Issiq asfalt temperaturasi: 130°C-165°C
- Ishlash shovqini: ≤70 db(A)
- Jarayon boshqaruvi: Qo\`lda va to\`liq avtomatik
- Kuchlanish: 380V, 50Hz
- Quvvati: 135.84kw
- Zavod o\`lchamlari: 36\*18\*13 m
- Kerakli maydon: 650 metr kvadrat
- Xom-ashyolar: karbon, nitrogen, sulfat, vodorod, nikel, metall va boshqa neft qoldiqlari, ko\`mir, suv, mineral toshlar.
- Asfalt turlari: issiq va sovuq

Shu o\`rinda bir ma\`lumotni aytib o\`tish kerak. Ushbu liniya yordamida ikki xil turdagi asfaltni ishlab chiqarish mumkin. Shu sababli, asfaltning kimyoviy tarkibida o\`zgarishlar bo\`ladi. Asfaltning xususiyatlari va kerakli zichlikka qarab zavodni sozlash mumkin. Ana endi bizga kerakli uskunalar va jarayonlarga o\`tsak ham bo\`ladi. Ishlab chiqarish bosqichlaridan eng birinchisi bu, avvalo, kerakli xom-ashyolarni saqlab turish va keyingi uskunalarga yetkazib berish kerak. Demak, buning uchun bizga xom-ashyo saqlash tankeri kerak bo\`ladi. Ushbu zavod tarkibida bunday tankerlar soni 4ta. Bu degani 4 xil xom-ashyoni saqlash mumkin degani. Xaridor talabiga binoan qo\`shimcha haq evaziga tankerlar qo\`shib beriladi. Keyingi navbatda bizga ikki turdagi(TK-35 VA TK-45) konveyrlar kerak bo\`ladi. Ularning vazifalari tankerlardagi xom-ashyolarni yig\`ib, keyingi uskunalarga yetkazib berishdan iborat. Xom-ashyo tarkibida turli xil chiqindilar va ortiqcha mayda toshlar bo\`lishi mumkin. Shuning uchun ikkita konveyr o\`rtasiga skrin(elab beruvchi uskuna)ni joylashtiramiz. Navbat endi xom-ashyolarni qizitishga keldi. Yuqori haroratda ularni yondirish-qizitish yuqori sifatga olib keladi. Eng birinchi navbatda ularni qizdirish uchun uchta qismga bo\`lingan silindr baraban kerak bo\`ladi. Silindr baraban ichidagi harorat 400-500 gradus atrofida bo\`ladi. Bizga ko\`mirni yoqib beradigan uskuna ham kerak bo\`ladi. Ushbu zavodimiz so\`nggi vaziyatlarni inobatga olgan holda ko\`mirda ishlashga moslashtirilgan. Shu uskuna tarkibida ko\`mirni maydalab beruvchi drobilka ham bor. 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun o\`rtacha 13-15kg ko\`mir kerak bo\`ladi. Uskuna umumiy hisobda 45kw elektr toki sarflaydi.

### Ko\`tarib beruvchi uskunalar

Ushbu zavodimiz o\`z ichiga ikkita elevator(ko\`tarib beruvchi uskuna)ni oladi. Birinchisi aralashma holatiga kelgan agregatni ko\`tarib berish uchun. Ikkinchisi esa agregatlardan qolgan kukun holatidagi xom-ashyolarni ko\`tarib beradi. Buni post so\`ngidagi videodan batafsil tushunib olish mumkin.

### Skrining tizimi

Demak, tayyor mahsulot bo\`lgan agregatlarni yuqoriga ko\`tarib oldik. Navbatdagi bosqichda 4 qavatli vibrator uskunadan foydalanamiz. Bu uskuna silkinish va turli xil o\`lchamdagi elaklari yordamida agregatlarni bir-biridan ajratadi. Uskuna motoring quvvati 7,5kw.

### O\`lchash tizimi

Bundan oldingi bosqichlarda vibrator skrin yordamida agregatlarni ajratib oldik. Ushbu bosqichda esa ularni bir-biridan ajratib olib o\`lchab olamiz. Buning uchun bizga 3 ta o\`lchash idishlari kerak bo\`ladi: issiq agregat uchun, kukun holatidagi xom-ashyo uchun va asfaltni o\`lchash uchun. Ularning har birida 3tadan sensor joylashtirilgan bo\`lib, mos ravishda 700kg, 80kg va 50kg sig\`imlarga ega. Ishlab chiqarish jarayonimizning eng asosiy qismiga ham yetib keldik-mahsulotlarni aralashtirish. Yarim-tayyor xom-ashyolarni maromida aralashtirish yakuniy mahsulotimiz bo\`lgan asfaltning sifatiga katta ta\`sir ko\`rsatadi. Buning uchun bizga quyidagi uskuna kerak bo\`ladi

### Changdan tozalash tizimi

Ushbu tizimga quyida joylashgan rasmlardagi uskunalar kerak bo\`ladi. Qizil ramka ichidagi qism siklon changini tozalash uskunasi. Yashil qism esa suvli filtr tozalash uskunasi.

### Tashish va saqlash tizimi

Ishlab chiqarish jarayonida xom-ashyolar kukun holatiga ham keltiriladi. сhunki kukun holatidagi asfalt ham yo\`llarni ta\`mirlaganda issiq asfaltga qo\`shiladi. Buning uchun bizga ikkita silo va konveyr kerak bo\`ladi. Qanday kukun ekanligini so\`nggi qismda joylashgan video orqali bilib olishingiz mumkin. Tayyor bo\`lgan asfaltni tashish va saqlashga ham tanker, bunker va nasoslar kerak bo\`ladi.

### Pnevmatik bosim berish tizimi

Buning uchun bizga bitta havo kompressori va uning boshqa ehtiyot qismlari kerak bo\`ladi. Havo kompressorining sig\`imi 3metrkub/min turi yetadi. Quvvati 7,5kw. Liniyamiz o\`z ichiga to\`liq avtomatlashtirilgan elektron boshqaruv tizimini oladi. Unga quyidagilar kiradi: Quyida joylashtirgan videomiz orqali asfalt zavodning ishlab chiqarish jarayonlarini animatsion ko\`rinishda taqdim etamiz.

## Video

- https://youtu.be/DgbM9QPnTy4

Teglar: afex uz, Asfalt ishlab chiqarish, uskunalar, uskunalar bozori, uskunalar savdo markazi, xitoy, Производство асфальта

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/asfalt-ishlab-chiqarish-zavodi/
uz · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/liqing-jiaoban-zhan.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/asfalt-ondiru-zauyty.md) · [en](https://afex.uz/en/product/asphalt-production-plant.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/zavodi-istehsoli-asfalt.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/zavod-po-proizvodstvu-asfalta.md)
