# Antifiriz ishlab chiqarish liniyasi
> Ishlab chiqarish turi: To\`liq avtomat Ishlab chiqarish hajmi: 8-10 tonna Ishchilar soni: 3-4 ta/smena Zavod umumiy quvvati: 30 kw/soat…
Katalog: Tayyor liniyalar
Yangilangan: 2026-07-14

Ishlab chiqarish turi: To\`liq avtomat Ishlab chiqarish hajmi: 8-10 tonna Ishchilar soni: 3-4 ta/smena Zavod umumiy quvvati: 30 kw/soat Kerakli xom-ashyolar: etilen glikol / propilen glikol

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Diametri:** F400mm
- **Elektr isitish quvvati:** 3000w
- **Umumiy quvvati:** 1,1KW
- **Ishlash quvvati:** 0,75kw
- **Quvvati:** 50W
- **Balandligi:** 1400mm

## Texnik xususiyatlar

### Filtr

| | |
|---|---|
| Diametri | F400mm |
| Balandligi | 1400mm |
| Sig’imi | 2m3/soat |
| Ishlash bosimi | 0,6Mpa |
| Material | SUS304 |

### Aktiv ko’mirli filtr

| | |
|---|---|
| Diametri | F400mm |
| Balandligi | 1400mm |
| Sig’imi | 2m3/soat |
| Ishlash bosimi | 0,6Mpa |
| Material | SUS304 |

### Emultsion reaktor

| | |
|---|---|
| Balandligi | 3 m |
| Qalinligi | 3mm |
| Elektr isitish quvvati | 3000w |
| Qizitish plitalari | 3 dona 6000w/dona |

### Avtomatik to’rt boshli to’ldirish uskunasi

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 380V50Hz |
| Umumiy quvvati | 1,1KW |
| Og’irligi | 1,1T |
| Umumiy o’lchamlari | 2000*870*1900mm |
| To’ldirish oralig’i | 50-5000ml |
| To’ldirish aniqligi | ±1.5ml/500ml |
| Bosimi | 0,6-0,6MPa |

### Qopqoq yopish uskunasi

| | |
|---|---|
| Qopqoq yopish qismi | 4 ta |
| Tezligi | 1500 ta/soat |
| Idish balandligi | 120-320mm |
| Idish diametric | F50-F100mm |
| Qopqoq diametric | F22-F32mm |
| Ishlash quvvati | 0,75kw |
| O’lchamlari | 1200*1000*2100mm |

### Lazerli markirovka uskunasi

| | |
|---|---|
| Tezligi | 75m/min |
| Chop etish balandligi | 12,7mm |
| Aniqliligi | 600DPI |
| Ishlatish materiallari | Metall,plstik,aluminiy,karton |
| Kuchlanish | 220V |
| Quvvati | 50W |

### Yorliq yopishtirish uskunasi

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 220V 50Hz |
| Quvvati | 3000W |
| Tezligi | 0-210 ta/minut |
| Material | Zanglamas metal |
| Umumiy o’lchamlari | 1650*630*980mm |

### To’plam qilib qadoqlash uskunasi

| | |
|---|---|
| Kuchlanish | 220V 50Hz |
| Quvvati | 180W |
| Rement kengligi | 48-60mm |
| O’lchamlari | 1000*960*1400mm |
| Tezligi | 18m/min |

## Tavsif

Ishlab chiqarish jarayoni: Suvni filtrlab olish - barcha xom-ashyolarni aralashtirish - aralashmani qaynatish - mahsulotni qadoqlash - sotuvga tayyor Ishlab chiqarish uskunalar ro\`yxati: 1. Suvni qayta ishlash uskunalar to\`plami 2 T/soat 2. Emultsion reactor uskunasi 3. Avtomatik to\`rt boshli to\`ldirish-qadoqlash uskunasi 4. Avtomatik qopqoq yopib berish uskunasi 5. Avtomatik sana qo\`yish printeri 6. Avtomatik yopish uskunasi 7. To\`plam qilib qadoqlash uskunasi Demak endi uskunalarning to\`liq xarakteristikalari bilan tanishib chiqsak ham bo\`ladi.

### Suvni tozalash uskunalari

Demak, eng birinchi bosqichni antifriz uchun kerak bo\`ladigan suvni tozalab olishdan boshlaymiz. Albatta, sifatli toza suv yuqori sifatli antifriz ishlab chiqarishga yordam beradi. Buning uchun bizga suv filtrlar va distillash uskunalari kerak bo\`ladi. Quyidagi rasmda barcha uskunalarni ko\`rishingiz mumkin. O\`ngda ikki xil filtr, tarozi, teskari osmosli filtr va suv tanker. Suvni tozalash uskunalarining barchasi shu rasmda aks topgan. Ushbu filtr suv tarkibidagi ortiqcha organik moddalar va qattiq qorishmalar (qum-tosh)ni ushlab qolish uchun mo\`ljallangan. Toza suv tarkibidan organik moddalar, xlor ionlari va xromni olib tashlab tozalab beradi. Bu filtr, asosan, kimyoviy moddalarni ushlab qolish uchun mo\`ljallangan. Emultsion reaktorning vazifasi barcha xom-ashyo va suvni ma\`lum bir darajada ushlab turib, aralashtirib berishdan iborat. Uskuna vakuum holatda ishlagani tufayli yuqori kuchlanish va bosimni talab qiladi. Barcha qismlari zanglamas metall SUS 304 dan yasalgan.

Uskuna to\`liq avtomatlashtirilgan bo\`lib, hech qanday inson omili qatnashmaydi. Idishlar maxsus konveyor asosida uskunaga yo\`naltiriladi. Uskunada 4 ta quyish liniyasi bo\`lganligi tufayli ishlab chiqarish tezligi oshadi. PLC ekran orqali ishlab chiqarish jarayonini osongina boshqarish mumkin.

Navbatdagi uskuna idishlarning qopqog\`ini yopib beradi. Bir vaqtning o\`zida 4ta idish bilan ishlay oladi. Katta hajmli idishlar bilan ham ishlay oladi. Qopqoq yopilgandan so\`ng konveyor idishlarni avtomatik ravishda keying uskunaga – lazerli markirovkaga yetkaziladi. Uskuna balandligi 1 sm dan baland yozuvlarni ham idish yuzasiga tushirib berishi mumkin. Yuqoridagi uskuna esa plastik va boshqa turdagi idishlar yuzasiga maxsus tayyorlangan yorliqlar (etiketkalar)ni yopishtirib beradi. Uskunaning vazifasi qutilarni qadoqlab berishdan iborat, ya\`ni ularni ochiq qismini yopib beradi. Qadoqlash o\`lchamlari: Uzunligi 150-500 mm Kengligi 150-500 mm Balandligi 120-500 mm

Teglar: afexuz, Antifiriz, ishlab chiqarish, uskunalar bozori, xitoy, оборудование

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/antifiz-ishlab-chiqarish-liniyasi/
uz · [en](https://afex.uz/en/product/antifreeze-production-line.md) · [ru](https://afex.uz/ru/product/liniya-po-proizvodstvu-antifriza.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/antifriz-ondiru-jelisi.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/khati-istehsoli-antifriz.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/fangdong-ye-shengchan-xian.md)
