# Alyumin folga idish tayyorlash uskunasi
> Alyumin folgadan oziq-ovqat mahsulotlari uchun idish ishlab chiqaruvchi uskuna — bu avtomatlashtirilgan uskuna bo‘lib, bir martalik…
Katalog: Metallga ishlov berish
Yangilangan: 2026-07-14

Alyumin folgadan oziq-ovqat mahsulotlari uchun idish ishlab chiqaruvchi uskuna — bu avtomatlashtirilgan uskuna bo‘lib, bir martalik ishlatiladigan alyumin idishlarni qolip yordamida yuqori aniqlikda va tezlikda ishlab chiqaradi. Uskuna oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi: pishirilgan mahsulotlar, yarim tayyor ovqatlar va tayyor taomlar uchun idish tayyorlashda ideal yechim hisoblanadi. Asosiy afzalliklari: Gigiyenik va xavfsiz mahsulot tayyorlash — oziq-ovqat bilan bevosita aloqada bo‘lishga mos materiallar bilan ishlaydi. Avtomatik ishlash. Moslashuvchanlik — turli o‘lcham va shakldagi qoliplarni o‘rnatish mumkin. Energiya samaradorligi va past xizmat ko‘rsatish xarajatlari bilan ajralib turadi. Mazkur uskuna kichik va o‘rta ishlab chiqarish korxonalari uchun qulay bo‘lib, yuqori unumdorlikni ta'minlaydi.

## Asosiy ko‘rsatkichlar

- **Umumiy quvvati:** 1,5 kVt
- **Og‘irligi:** 580 kg
- **Quvvati:** 5.5 kw
- **Xomashyo material kengligi:** 900 mm
- **Xomashyo material qalinligi:** 0,2 mm
- **Xomaysho yetkazish tezligi:** 20 metr/daq

## Texnik xususiyatlar

### Avtomatik xomashyo yetkazish va moylash uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
| Xomashyo material kengligi | 900 mm |
| Xomashyo material qalinligi | 0,03 – 0,2 mm |
| Xomaysho yetkazish tezligi | 20 metr/daq |
| Xomaysho yetkazish uzunligi | 0,1 dan 9999 mm gacha |
| Shakllantirish tezligi | 50–70 dona/minut |
| Umumiy quvvati | 1,5 kVt |
| Og‘irligi | 580 kg |

### Qolipda shakllantirish uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
| Kuchlanish | 380V |
| Quvvati | 5.5 kw |
| Slayder yurish masofasi | 250 mm |
| Presslash og’irligi | 45 tonna |
| Forma o‘rnatish balandligi | 500 mm |
| Pastki forma balandligi | 250 mm |
| Ish stoli o‘lchami | Chap-o‘ng: 1000 mm, Old-orqa: 1000 mm |

### Taxlash uskunasi

| | |
|---|---|
| Ishlab chiqaruvchi | Xitoy |
| Kuchlanish | 220V |
| Quvvati | 0.75 KW |
| Ishlash tezligi | 20 metr/daq |
| Uskuna o’lchami | 2610x1430x1550 mm |

## Komplektatsiya

### Liniya tarkibidagi uskunalar

- Avtomatik xomashyo yetkazish va moylash uskunasi
- Presslash uskunasi
- Press qolipi
- Taxlash uskunasi

## Tavsif

### Ishlab chiqarish liniyasi ish tartibi (jarayoni)

Avtomatik xomashyo yetkazish va moylash: Ish jarayoni folga rulonini uskuna ichiga joylashtirishdan boshlanadi. Avtomatik yediruvchi qurilma folgani belgilangan tezlikda uzluksiz tarzda qolip tomon yo‘naltiradi. Shu bosqichda folga maxsus moy bilan qoplanadi, bu esa qolipda silliq shakllanish va uzoq xizmat muddati uchun zarur.

Qolipda shakllantirish: Folga press ostiga uzatiladi va bu yerda qolip yordamida aniq shaklga keltiriladi. Ushbu bosqichda idishning o‘lchami, chuqurligi va chetlari shakllanadi. Presslash jarayoni yuqori aniqlik va tezlikda amalga oshiriladi (50–70 dona/min).

Tayyor mahsulotni yig‘ish : Shakllangan idishlar avtomatik yig‘ish moslamasi orqali tartib bilan ustma-ust taxlanadi. Bu jarayon mehnat xarajatlarini kamaytiradi va mahsulotni keyingi qadoqlash bosqichiga tayyorlaydi.

### Press qolipi

Qolip DC53 materialidan tayyorlangan bo‘lib, u uzoq xizmat muddati (yiliga chidamli) va arzon narxi bilan ajralib turadi.

**Narx:** Yetkazib berish, o‘rnatish, kafolat — narxini so‘rang.

---
Sahifa (HTML): https://afex.uz/product/alyumin-folga-idish-tayyorlash-uskunasi/
uz · [ru](https://afex.uz/ru/product/оборудование-для-производства-контейнеров-из-алюминиевой-фольги.md) · [en](https://afex.uz/en/product/aluminum-foil-container-making-machine.md) · [kk](https://afex.uz/kz/product/alyuminii-folgadan-ydys-jasau-jabdygy.md) · [tg](https://afex.uz/tj/product/tajhizoti-tayyor-kardani-zarfho-az-folgai-alyuminiy.md) · [zh-CN](https://afex.uz/cn/product/lvbo-can-he-shengchan-shebei.md)
